Ulug'nor tuman hokimligi matbuot xizmati
1.6K subscribers
26.2K photos
2.44K videos
3 files
6.65K links
Download Telegram
#Live

Ayni damda Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov boshchiligida Shahrixon massivida dalalardagi agrotexnik tadbirlar va g‘o‘za parvarishiga oid ishlar holati o‘rganilmoqda.

Hududdagi dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan uchrashilib, g‘o‘za parvarishining hozirgi bosqichidagi ishlar, suv ta’minoti, begona o‘tga qarshi kurashish va o‘g‘itlash jarayonlari yuzasidan joyida tanishuv ishlari olib borilmoqda. Hokim mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berib, mavjud muammolarni joyida hal etish choralarini ko‘rmoqda

@Ulugnorpressa
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Мўғулистонга олий даражадаги ташриф давомида қишлоқ хўжалиги ва озиқ-овқат соҳаларида эришилган келишувларни амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О мерах по реализации договоренностей в сельскохозяйственной и продовольственной сферах, достигнутых в ходе визита на высшем уровне в Монголию"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Aholini ro‘yxatga olish barchaga tegishli

Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ish, qayta ishlash, tahlil etish, taxrirlash, umumiy ma’lumotlarni shakllantirish hamda aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor shakllantirish maqsadida ishlab chiqildi.

Aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e’lon qilishning yagona jarayonini o‘z ichiga olib, aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai hisoblanadi va u kelgusi 10 – 30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi.

Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Хонобод шаҳри халқаро тадбирга ҳозирланмоқда

Юртимизнинг энг гўзал гўшаларидан бири бўлган Хонобод шаҳри юртбошимиз ташаббуси ила янги давр эшигини очиб ўтганди.

Бугунгача сайёҳлар шаҳри сифатида танилган бу маскан ўз бағрида “Дунё садолари” анъанавий фестивалини ўтказиши билан бутун дунёдан меҳмонларни қарши олмоқда. Ҳозирги кунларда халқаро тадбирнинг бу йилги мавсумига тайёргарлик ишлари қизғин тус олган.

Саҳифа: @sh_abdurahmonov
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanining 4 ta sektorlaridan g‘olib bo‘lgan 30 yoshdan yuqori aholisi o‘rtasida “Mahalla ligasi” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Bugun Ulug‘nor tumani sport maktabida mahallalarda yashovchi 30 yoshdan yuqori aholi o‘rtasida “Mahalla ligasi” sport musobaqalari tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirning asosiy maqsadi – mahallalarda yashayotgan o‘rta va katta yoshdagi aholining ommaviy sportga jalb etilishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviylik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashdan iborat.

@Ulugnorpressa