Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
525 subscribers
833 photos
167 videos
5 files
662 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#taqdimot

Viloyatlardagi taqdimot tadbirlari davom etmoqda
.

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Fanlar akademiyasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda taqdimot tadbiri o‘tkazildi.

2024-yilning 18-iyul kuni Qarshi shahridagi Ma’naviyat maskani zalida “Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”,“O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#maqola

G‘araz, minnat va qasd: ikki ma’noga ega o‘zbekcha so‘zlar


👉maqolani_oʻqish

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Faxr

Temuriylar keldi... Boburiylar keldi... O‘zbekiston… O‘zbekiston… O‘zbekiston…
(Parij 2024)

OMAD!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Hordiq dam olishmi yoki charchash?

“Yoshlik”chilar bilan Tohir Malik domlani yoʻqlab borganimizda til tozaligi, soʻz qoʻllash masalasida ham suhbat qurgan edik. Oʻshanda domla hordiq soʻzini yanglish ishlatish ommalashib ketganini aytgandi. Hordiq – horish, charchash. U chiqariladi, olinmaydi. Hordiq chiqarish – charchoqni chiqarish, yaʼni dam olish. Hordiq olish esa – charchoq olish, yaʼni charchash, toliqish.

Biroq baʼzi soʻzlar oʻziga oʻzi antonim maʼnoda ham qoʻllanadi. Ayrim soʻzlardagi xatolar esa ommalashadi, lugʻatlarga kiradi va toʻgʻri deb qabul qilinadigan boʻladi. Qisqacha aytganda, gʻalati mashhurga aylanadi. Hordiq ham shundaylardan.

Izohli lugʻat hordiq soʻzini ikki xil maʼnoda sharhlaydi:

1️⃣ Ish-mehnat, harakat qilib charchagan, tolgan holat; horgʻinlik, charchoq.

2️⃣ Dam.

Demak, bu soʻzni dam, dam olish, charchoq chiqarish maʼnosida ham qoʻllash mumkin. Xato emas.

@oriftolib
Davlat tilida ish yuritish – ustuvor vazifa

Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sohadagi islohotlar barcha vazirlik va idoralar faoliyatida to‘liq davlat tilida ish yuritilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Transport vazirligida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.

Batafsil