Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
516 subscribers
790 photos
150 videos
4 files
602 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#onatilimfaxrim

“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘aldir. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”

Pereval emas - DOVON!
Kuxnya emas - OSHXONA!
Spalnya emas - YOTOQXONA!
Dvor emas - HOVLI!
Lesnitsa emas - ZINA!
Dom emas - UY!
Koridor emas - YO‘LAK!
Trotuar emas - YO‘LKA!
Perekryostka emas - TO‘RTKO‘CHA, CHORRAHA!
Povorot emas - BURILISH!
Razvorot emas - QAYRILISH!...

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#seminar

🔰Joriy yilning 15-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasida “O‘zbek tilini chuqur o‘rgatish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar va lug‘atlar yaratish bo‘yicha” respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

🔰Tadbirda Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri N.XOLBO‘TAEV, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, f.f.d., prof. N.MAHMUDOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi I.SULTONOV hamda professor-olimlar, soha vakillari ishtirok etishdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#savollar ⚠️Tanlov davom etadi! 6-savol Oyoq yuzasining baland (do‘ng) joyi o'zbek tilida nima deb ataladi? ⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin. 📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi. Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep…
#javoblar

✔️6-savolning javobi:

✔️ Oyoq yuzasining baland (do‘ng) joyi “BEBILCHAK” deb ataladi.

Tufli bebilchagimni siqyapti.
Daho yonboshlamish ko‘yi otasi chap oyog‘i panjalariga qaradi, bebilchagiga qaradi, tovoniga qaradi...
T.Murod, Momo yer qo‘shig‘i. "O'zbek tilining izohli lug'ati"

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Shoirning onasi

Ona kelib olis qishloqdan,
O‘g‘li bilan yashay boshladi.
Va dasturxon yozilgan choqda
Shirmoy nonning chetin tishladi.

Yuvib berdi bir bozor kirni,
Suvlar quydi so‘lgan gullarga.
Nevaralar bog‘chadan qaytgach,
Ertak aytib berdi ularga.

Ammo tunlar xona burchida
Suygan o‘g‘li pichir-pichirlab
She’r yozgan payt tutun ichida
O‘tirardi yurak hovuchlab,

O‘tirardi xavotir bilan,
Qo‘rqar edi nafas olishga.
Xurrak tortib qo‘ymayin deya
Bosh qo‘yardi tongda bolishga.

Ammo bir kun mazasi qochib,
Ko‘z oldida yorug‘lik so‘ndi.
Qo‘llaridan tushib ketdi-yu,
Chil-chil bo‘lib piyola sindi.

O‘sha zahot hushiga qaytdi,
Chayqalardi o‘ngida olam.
U yugurib chiqqan o‘g‘liga
Shivirladi: “Ketaymi, bolam?”

Xurshid Davron

#Sheʼriy_lahza

@oriftolib
#etimologiya

ICHKARI ‘ich tomonda joylashgan’. Ichkari xonada mehmonlar o‘tirishibdi. Bu so‘z qadimgi turkiy tilda ich otiga jo‘nalish kelishigining qadimgi –karo‘ qo‘shimchasini qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan. Keyinchalik bu kelishik shakli iste’moldan chiqqan va bu so‘z yaxlit sifatga aylangan. O‘zbek tilida so‘z oxiridagi o‘ unlisi i unlisiga alamashgan: ich+karo‘= ichkaro‘ > ichkari.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#onatilimfaxrim

«Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi».
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi»
.
✍️Erkin Vohidov

Аптека-DORIXONA
дежур - NAVBATCHI
действительно - DARHAQIQAT, HAQIQATDAN
багаж - YUKXONA
Анализ - TAHLIL
бритва - USTARA
Буханка - BO‘LKA NON
вешалка – ILGAK
Вилка-SANCHQI
вино - MUSALLAS
Даже - HATTOKI
Дача - DALA HOVLI

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#savollar

7-savol

Ertalab bilan tush payti orasi o'zbek tilida nima deb ataladi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

⚠️Hujjat nomlarini o‘zbek tilining o‘z imkoniyatlari
asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi so‘z va iboralarning o‘zbekcha muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir.

✔️"Aкт" shunday hujjatki, unda aniqlangan muayyan hodisa yoki biron-bir faktning to‘g‘riligi tasdiqlanadi va bunga bir necha kishining guvohligi keltiriladi.

✔️Shunday ekan, bu hujjatni o‘zbek tilida "dalolatnoma" so‘zi bilan atayverish mumkin, bu so‘z mazkur hujjatning mohiyatini to‘g‘ri va to‘liq aks ettira oladi. Mazkur so‘zdagi "noma" qismi hujjatning yozma shaklda ekanligiga ishora qiladi.

✔️«Инструкция» so‘zi o‘rnida o‘zbekcha «yo‘riqnoma» so‘zini bemalol ishlatish mumkin.

📖"DAVLAT TILIDA
ISH YURITISH"

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram