Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
521 subscribers
832 photos
164 videos
5 files
657 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#ona_tilim_mangu_makonim

TILINGNI XORLAMA


Til o‘rgan, mayli, ammo o‘z tilingni xorlama,
Go‘zal o‘z gulzoringni hech qachon mozorlama.

Yor-yor aytib bo‘lmaydi o‘zga tilda, anglagin,
Yor-yor bilsang beri kel, bilmasang «yor-yor»lama.

Ona tilim – jon tilim, onajonim allasi,
Ranjitma bu allani, behuda ozorlama.

Bag‘ringga bos onangni, onajoning tilingni,
Bilib-bilmay onangni ko‘ksingdan «bor-bor»lama.

Qara u o‘zga tilda o‘z so‘zimiz yozig‘liq,
Til o‘rgan, mayli, ammo o‘z tilingni xorlama.

Mehring to‘ldirib so‘zla, mehring to‘ldirib yozgin,
Farid kabi tilingni ardoqla, hech xorlama.


✍️Farid Usmon

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Forwarded from Jadid.uz
👉
ESKI O‘ZBEK TILI OBIDALARIDA MO‘G‘ULCHA SO‘ZLAR

Eski o‘zbek tili obidalari tilida ish­latilgan mo‘g‘ulcha o‘zlashtirmalar­ning ko‘p­chi­ligini harbiy ish, ma’muriy lavozim va chorvachilikka oid terminlar tashkil etadi.

Batafsil: jadid-media.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Hujjatni oluvchi»
zaruriy qismi hujjatning O‘NG BURCHAGI YUQORISIGA qo‘yiladi.

✔️Hujjat tashkilot, uning tarkibiy bo‘linmasiga yoki aniq mansabdor shaxsga yo‘naltiriladi.

Bunda tashkilot nomi, tarkibiy bo‘linma va mansabdor shaxs
lavozimi bosh kelishikda, familiyasi esa jo‘nalish kelishigida
ko‘rsatiladi.

Masalan:
Dehqonobod kaliy zavodi
Axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i
Omon Hamroyevga


✔️Hujjat tashkilot rahbariga jo‘natilganda, tashkilot nomi oluvchi lavozimi tarkibiga kiradi.

Masalan:
«O‘zdavyerloyiha»
instituti direktori
S. Qayumovga

✔️Yuqorida ko‘rsatilgan tartib tashkilot ichidagi yozishmalarda, xususan, tashkilot yoki bo‘linma rahbari nomiga bildirishnoma, tushuntirish xati va sh.k. tayyorlanayotganda ham qo‘llanadi.
Agar hujjat bir turdagi bir necha tashkilotlarga jo‘natilayotgan bo‘lsa, ularni umumlashgan holda ko‘rsatish lozim.

Masalan:
Bosh boshqarmalar,
boshqarmalar va bo‘limlar
boshliqlariga

✔️Hujjat turli tashkilotlarga jo‘natilayotganda, «Oluvchilar» rekviziti to‘rttadan oshmasligi kerak. «Nusxa» so‘zi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi oluvchilar oldida ko‘rsatilmaydi. Hujjatni to‘rttadan ko‘p manzilga jo‘natganda, tarqatish (yuborish) ro‘yxati tuziladi va har qaysi hujjatda faqat bitta oluvchi
ko‘rsatiladi.

Hujjatni xususiy shaxsga jo‘natayotganda, avval pochta manzili, keyin ismi va otaismi (bosh harflari), familiyasi yoziladi.

Masalan:
100000. Toshkent sh.,
Hamid Olimjon ko‘chasi,
5-uy,18-xonadon,
T. Ahmedovga

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBЕK TILI


O‘zbek tili mening uchun asosiy til,
Bugun, erta-indin, kecha... huvv, moziy til.
O‘zin hurmat etar odam o‘zin bilar,
O‘z tilida o‘ylab, aytar so‘zin bilar.

Kecha paydo bo‘lgan emas o‘zbek tilim,
Oltoy tillar oilasida o‘zdek tilim.
Turkiy tillar ichida o‘z o‘rni bordir,
Hayajoni, xotirasi, qo‘ri bordir.

Ona-ota, Vatan, millat yagonadir,
Din, e’tiqod iymonliga bir donadir.
Fors, arab, rus tillaridek jozibador.
Millat ruhi.
Ruh oldida o‘zbek qarzdor!


✍️Umida Abduazimova

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#maqollar_tavsifi

🔰BITTA EDI MOYAM, IKKITA BO‘LDI DASTMOYAM

✔️Ona tovuqqa moyak qo‘yadilar. U shu moyakni bosib yotib, tuxum qoʻyadi. So‘ng bitta tuxum ikkita bo‘ladi. Bu maqol o‘zining tashvishi yetmay turganday, yana birovning ham tashvishiga sherik bo‘lishga majbur bo‘lgan odam tomonidan majoziy maʼnoda aytiladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
“Davlat tili va taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusidagi IV respublika an’anaviy ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plamining to‘liq shakli e’lon qilindi.

Yuklab olish👈

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Narzulla Joʻrayev:
– Xorijiy tilni oʻrganaman deb ona tilini unutish fojia!

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/posts/17065

〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Tasdiqlash ustxati


Ushbu zaruriy qism «Tasdiqlayman» so‘zidan, hujjatni tasdiqlayotgan shaxs lavozimining nomi, shaxsiy imzosi, imzosining yoyilmasi va sanadan iborat bo‘ladi. Masalan:

Tasdiqlayman
Institut direktori
_________S. Rahimov
(imzo)

2018-yil 16-dekabr

Agar hujjat blankaga yozilmasa, lavozim oldiga tashkilot
nomi qo‘yiladi. Hujjat yuqori yoki begona tashkilot rahbari
tomonidan tasdiqlanganda ham, lavozim nomiga tashkilot
nomi qo‘yiladi. Masalan:

Tasdiqlayman
O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi
O‘zbek tili, adabiyoti va
folklori instituti direktori
____________ N. Mahmudov
(imzo)
2018-yil 19-dekabr

Agar hujjat qaror, buyruq yoki bayonnoma bilan tasdiqlanayotgan bo‘lsa, u holda tasdiqlash ustxati: «TASDIQLANDI» so‘zidan, bosh kelishikdagi hujjat nomidan, uning sana va tartib raqamidan iborat bo‘ladi.

Masalan:
Institut direktorining
2018-yil 27-dekabrdagi 5-sonli
buyrug‘i bilan
Tasdiqlandi

yoki
Mehnat jamoasi yig‘ilishining
2018-yil 26-dekabrdagi
3-son bayonnomasi bilan
Tasdiqlandi

Tasdiqlash ustxati hujjatning yuqori o‘ng burchagiga
qo‘yiladi. Shtat tuzilmasi va soni, shtat jadvali hujjatlarida
tasdiqlash ustxati ustiga muhr qo‘yiladi.

Ayrim hujjat turlari (dalolatnoma, shartnoma, ustav, yo‘riqnoma, hisobotlar, rejalar va b.) uchun tasdiqlash ustxati
majburiy zaruriy qism hisoblanadi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
​​#bilib_oling

✔️BAYROQ HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

🏳️Turkiy tillarda bayroq bilan bog‘liq terminologiya juda rivojlangani qiziq fenomendir. Aslida har qanday davlatning o‘z ramzlari, bayroqlari bo‘lgan qadimdan. Lekin ko‘chmanchilar bunday simvolikaga ko‘proq murojaat etgan. Davlatning ramzi bo‘lmish bayroq turli jabhalarda ishlatilgan: xon chodiriga o‘rnatilgan, egallangan shaharlar qo‘rg‘oniga yoki bosh maydoniga tikilgan, janglarda ko‘tarib yurilgan. Ko‘p xon ko‘rgan, ko‘p shahar zabt etgan, ko‘p jang qilgan turkiy qabilalardan shu sababdan bo‘lsa kerak, bayroqlarning turlari va ularga qo‘llanadigan atamalar ko‘p bo‘lgan.

🏳️Bugun asosiyga aylangan “bayroq” so‘zi sanchib qo‘yiladigan bayroqni anglatgan. Yaʼni tepasiga bayroq ilingan nayzani. Uning qadimgi shakli – batraq/batruq, +bat “botmoq, botirmoq” o‘zagidan. Xuddi shu tushunchani ifodalaydigan boshqa so‘z – sancaq bugungi Turkiya turkchasida saqlangan. Uning o‘zagi, ko‘rinib turganidek, +sanç “sanchmoq”, qadimgi shakli esa sançğaq. Sançğaq va batraq jang chog‘ida ko‘taib yurilgan va g‘alaba qozonilishi bilan tikib qo‘yilgan.

🏳️Urushdan tashqari vaqtda yerga qadab qo‘yiladigan bayroq tuğ deb yuritilgan. Bu so‘z bugungi o‘zbek adabiy tilida ham bor, “tug‘” shaklida, lekin kam ishlatiladi. Baʼzi etimologlar uning ildizini tuğığ “tikik, tikilgan” deb rekonstruksiya qiladi, baʼzilar esa xitoycha va mo‘g‘ulcha etimonlar qidiradi.

🏳️Lekin turkiy tillarda bayroq maʼnosini ifodalovchi asosiy so‘z boshqa edi: bonçuq. Hozir u “munchoq” shaklida (boshqa maʼnoda) o‘zbek tilida ishlatiladi. Bonçuq deganda xon chodirida turadigan, hokimiyatni ifodalaydigan rasmiy davlat bayrog‘i tushunilgan. U odatda uzun yog‘och boshiga osilgan ot dumidan iborat bo‘lgan. Dumlar soni bittadan to‘qqiztagacha bo‘lgan (to‘qqiz muqaddas son hisoblangan).

🏳️Oxirgi so‘z – “yalov”. Uning o‘zagi tushunarli – yalmaq “hilpiramoq”. Etimologiyasidan ham anglagan bo‘lsangiz kerak, bugungi shaklga yaqin, hilpirab turadigan bayroq nazarda tutilgan. U odatda janglarda ko‘tarib yurilmagan, uzun nayzaga ilinmagan, kalta tayoqqa mustahkamlanib, o‘tovlar va binolar tepasiga osib qo‘yilgan.

Tilshunos Eldar Asanovning
“Telegram”dagi sahifasidan olindi.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#til_tarixi

✔️Hоzirgi oʻzbеk tili uchtа – qarluq-chigil-uygʻur, qipchоq hаmdа oʻgʻuz lаhjаlаridаn tаrkib tоpgаn.

✔️Oʻzbеk tili gеnеаlоgik jihаtdаn turkiy tillаr qarluq guruhining qarluq guruhchаsigа mаnsub dеb qаrаlаdi.

✔️Hоzirgi oʻzbеk tili – turkiy tillаrning qarluq guruhigа mаnsub tillаrdаn; yangi uygʻur tili bilаn birgаlikdа qarluq guruhchаsini tаshkil qilаdi.

✔️Ilmiy аdаbiyotlаr, qоmus vа mа’lumоtnоmаlаrdа qаyd qilinishichа, hоzirgi oʻzbеk tiligа qarluq vа qipchоq lаhjаsining Tоshkеnt vа Fаrgʻоnа shеvаlаri аsоs qilib оlingаn.

✔️Tаrixаn hоzirgi Oʻzbеkistоn hududidа qаdimdаn turkiy xаlqlаrning eng yirik boʻgʻinlаri boʻlmish qarluq, qipchоq vа oʻgʻuz qаbilаlаri yashаb kеlishgаn. Ushbu qаbilаlаr pirоvаrdidа oʻzbеk xаlqi vа oʻzbеk tilining rivоjlаnishidа muhim oʻrin tutgаn. Аmmо oʻzbеk tilining shаkllаnish ildizlаri judа qаdim zаmоnlаrgа bоrib tаqаlаdi.

"OʻZBЕK TILINING SHАKLLАNISHI VА RIVОJLАNISHI TАRIXI" kitobidan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim

“SO‘Z DURLARIN TERMOQ..."


Iqbol MIRZO,
O‘zbekiston xalq shoiri.

“So‘z ham tirik mavjudot. Uning chaqaloqlik bolalik, o‘smirlik hamda balog‘at chog‘lari bo‘ladi. So‘zda mansub xalqning ruhi, fe’l-atvori aks etadi. O‘z so‘zingni qo‘yib, o‘zganing zaboniga suyanish - o‘z jigaringni uyingdan haydab, begonani yetaklab yurishdek gap..”

(Erkin Vohidov suhbatlaridan)

So‘z xiyoboni (Adiblar so‘z tarifida) kitobidan.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ