Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
522 subscribers
832 photos
164 videos
5 files
657 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Tashkilotning manzil ma’lumotlar
i

"Tashkilotning manzil ma’lumotlari"dan faqat yozishmalarda foydalaniladi, ichki hujjatlarda umuman qo‘yilmaydi.

Tashkilotning manzil ma’lumotlari korxonalar bilan pochta, telegraf, telefon aloqalari uchun, shuningdek, banklarda pul-hisob muomalalari (hujjatda hisobraqami ko‘rsatilgan bo‘ladi) o‘tkazish, moliyaviy va statistik kodlar uchun zarur bo‘ladi.

Pochta va telegraf manzili O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining pochta qoidalari talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi, ya’ni pochta aloqa bo‘limi raqami, respublika, o‘lka, viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, uy va ofis raqami qo‘yiladi.

Tezkor aloqalar uchun telefon, telefaks, teleks, veb-sayt, elektron pochtalardan foydalaniladi.

Bank rekvizitlari, moliyaviy va statistik kodlari faqat pulhisob muomalalari masalalari bo‘yicha xatlarda, masalan, kafolat xatlarida qo‘yiladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Manglay – peshona

XII–XIII asrlarda tilimizga oʻrinlashgan manglay soʻzi moʻgʻulchada peshona, oldingi, ilgʻor kabi maʼnolarni anglatgan. Bu soʻzni Navoiy asarlarida uchratish mumkin. U XIV asrga oid “At-tuhfa” lugʻatiga ham kiritilgan.

Xoʻsh, manglayning asl turkiy varianti boʻlganmi? Boʻlgan: alin.

Manglay bugun tilimizda nisbatan kam qoʻllanadi, alin esa mutlaqo isteʼmoldan chiqib ketgan. Ularning oʻrnini forscha peshona egallagan. Baʼzan shunaqa – asl soʻzlarimiz, asrlar boʻyi yashab kelgan nodir iboralarimiz tilimizning peshonasiga sigʻmay qoladi.

oriftolib
Forwarded from Jadid.uz
❗️
HAFSALANI PIR QILMANG, PIR TUTING!

Lug‘atlarda yozilishicha, “hafsala” inson irodasining mehnat yoki hara­katga moyilligini, biron-bir ishni chin dildan ado etish istagini ifoda etadi. Kundalik hayotimizda “shu ishga hafsalasizlik qildim” yoki “bu yumushni astoydil, hafsala bilan bajardim”, “agar hafsala qilib, jon-dildan kirishmasang, bu hayotda biror natijaga erisholmaysan” kabi gaplarni ko‘p eshitamiz.

📱 To‘liq maqola: jadid-media.uz/hafsalani-pir-qilmang-pir-tuting
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Matn sarlavhasi».

✔️Aksariyat hujjatlar uchun uning mazmunini aks ettiruvchi qisqa va aniq sarlavha bo‘lishi kerak.

✔️Tashkilot nomidan so‘ng katta harflar bilan yoziladi. Masalan: «QOMUSLAR BOSH TAHRIRIYATI» NOMINI VA TUZILMASINI QAYTA TASHKIL ETISH HAQIDA». Hujjatning chap tomonidagi yuqori burchakda (ba’zi hollarda o‘rtaga) blanka rekvizitlaridan so‘ng qo‘yiladi.

✔️A 5 (148x210) o‘lchamidagi hujjatlarda va telegrammalarda matnga sarlavha qo‘yilmasligi mumkin.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Forwarded from Jadid.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

Rim raqamlari quyidagi holatlarda ishlatiladi:

1. Asrlarni ifodalashda: XXI asr, miloddan avvalgi IV asr.

2. Kengash, qurultoy, syezd, majlis va hokazolar raqamlarini ifodalash uchun: Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida tasdiqlangan.

3. Davomiy musobaqalar va tanlovlar raqamlarida: XXII Qishki Olimpiada oʻyinlari.

4. Qirol, podshoh, imperatorlar nomlaridagi raqamlar: Doro I, Napoleon III, Yelizaveta II.

5. Asar yoki qonun boblari, boʻlimlarini ifodalashda: IV bob, XIII boʻlim.

6. Kvartal (chorak — yilning toʻrtdan bir qismi)ni ifodalash uchun: 2020-yilning III choragi.

7. Soatlarda rim raqamlarini ishlatish holati keng tarqalgan — qoʻl soatlarida ham, devoriy soatlarda ham.


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Shartli raqam» («Indeks») qaydlov raqami bo‘lib, har bir kelayotgan yoki chiqayotgan hujjat rasmiy indekslash tizimiga muvofiq ro‘yxatga olinganda qo‘yiladi.


«Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola».
Bu rekvizit faqat yuborilayotgan javob xatlarida bo‘ladi; «sana» va «shartli raqam»dan pastga qo‘yiladi.


«Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi». Bu zaruriy qism pochta manzili qo‘yilgan xatdan tashqari har bir hujjatda bo‘ladi; «sana» va «shartli raqam»dan pastga joylashtiriladi.

Uni yozishda mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi
e’tiborga olinadi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ