Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-sonli “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan 2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish dasturining 4-bandida “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga toʻliq oʻtishni ta’minlash” deb belgilab qoʻyilgan.
Bu band ijrosi boʻyicha ancha ishlar amalga oshirildi. Alifboga oʻzgartirish kiritish boʻyicha tuzilgan ishchi guruh tomonidan takliflar tayyorlandi, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Muhokamada bildirilgan fikrlar tahlil ham qilindi. Alifbo islohi oʻz yoʻliga, lekin amaldagi ikki yozuvli masalasi jamiyatning savodxonligi masalasiga ham salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Shuning uchun birinchi navbatda, yagona yozuvga oʻtish masalasi kun tartibidagi asosiy masala boʻlib turibdi.
Hayriyatki, bu muammoga yana yurtboshimiz tomonidan e’tibor qaratildi. Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5-iyul kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi: “Mana, keyingi paytda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiryapmiz.
Ayni paytda, oldimizda yangi, yanada muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”.
Mustaqillikdan keyin 2001-yilgacha Ozarbayjon ham bizdagi hozirgi holatni boshdan kechirgan, ya’ni ikki yozuv amaliyoti (buni avval ham yozgandim). Prezident Haydar Aliyevning 2001-yil 18-iyunda “Davlat tilini tatbiq etishni takomillashtirish haqida”gi farmoni bilan 1-avgustdan mamlakat boʻylab lotin alifbosini joriy etish belgilab qoʻyilgan. 2001-yil 1-avgustdan Ozarbayjon hech qanday ikkilanishlarsiz toʻliq lotin yozuviga oʻtgan.
Endi bizda ham bir qarorga kelish payti keldi. Yurtboshimizning gaplaridan soʻng haligacha kirill yozuvidan voz kecha olmayotgan tashkilotlar rahbarlari ham fikrini oʻzgartiradi deya yaxshi umid qilib qolamiz.
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori f.f.n., dots. I.Azimov
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

July 7, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim
✨Qadring baland bo'lsin, Ona tilim!
Sherzod Qudratxo‘jayev
Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

July 11, 2023
#Taqdimot
🔰Yangi loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi
🔰Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovasini yaratish” loyihasi yakuniy hisoboti hamda taqdimoti o‘tkazildi.
🔰Oʻzbek tilining yangi avlod elektron lugʻatini ishlab chiqishdan maqsad, oʻzbek tilidagi omonimlar, paronimlar va soʻzlarni asos va qoʻshimchalarga ajratgan holda soʻzlar lugʻatini tashkil qilish, mashq va vazifalarni onlayn holda yaratish maqsadida yangi avlod lugʻatlarini veb sahifasini hamda mobil ilovasini yaratishni amalga oshirishdan iborat.
🔰Ushbu loyiha ona tili o‘qituvchilariga foydali qo‘llanma, o‘quvchilarga esa keng imkoniyatlarga ega manba bo‘ladi.

Forwarded from DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#Davlat_tili
Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun: xorijda qanday?
🇦🇿OZARBAYJON
✔️Konstitutsiyaga koʻra, davlat tili ozarbayjon tili hisoblanadi. “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, tashkilotlarda ish yuritish davlat tilida olib boriladi. Qonun talabiga rioya qilmaslik tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.
🇩🇪GERMANIYA
✔️“Maʼmuriy amaliyotlar toʻgʻrisida“gi qonunga koʻra, maʼmuriy amaliyotlar uchun rasmiy til sifatida nemis tili belgilangan. Agar masʼul idoraga nemis tilidan boshqa tilda murojaat qilinsa, organ darhol uning nemis tiliga tarjimasini talab qilishi kerak. Nemis tilidan boshqa tilda murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.
🇶🇦QATAR
✔️2019-yilda qabul qilingan yangi qonunga koʻra, Qatarda barcha davlat organlari va rasmiy hujjatlarda arab tilidan majburiy foydalaniladi. Qonun talablariga amal qilmaganlik uchun 50 000 qatar riali (14 000 AQSH dollari atrofida) miqdorida jarima belgilangan.
🇹🇷TURKIYA
✔️Barcha yozishmalar, yozuv va hisob-kitoblar hech qanday istisnolarsiz turk tilida olib borilishi talab etiladi. Ushbu talabga rioya qilmaganlik maʼmuriy jarimaga tortilishga sabab boʻladi. Turk yuridik shaxslari oʻrtasida tuzilgan turk tilida boʻlmagan shartnomalar bekor qilinadi.
🇷🇺ROSSIYA
✔️“Davlat tili toʻgʻrisida”gi Rossiya Federal qonuniga koʻra, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Rossiya hududida faoliyat yurituvchi har qanday tashkilot davlat tili (rus tili)da ish yuritishi, tashkilotni nomlashda ham davlat tilidan foydalanishi belgilangan.
🇮🇪IRLANDIYA
✔️Davlat tili sifatida irland va ingliz tili qabul qilingan. Davlat organlarida davlat tillari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinayotganini tekshirish boʻyicha alohida organ mavjud. Agar davlat organi ushbu tashkilotga hujjatlarni taqdim qilmasa, ular bilan hamkorlik qilmasa, ushbu organ mansabdor shaxsi uchun 2000 yevrogacha jarima yoki 6 oy qamoq jazosi belgilangan. Bu tekshiruvlar natijasida til toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgani aniqlansa, davlat organi mansabdor shaxsi javobgarlikka tortilishi mumkin.
🇬🇪GRUZIYA
✔️“Davlat tili toʻgʻrisida“gi qonunga koʻra, davlat korxona va tashkilotlarida faqat gruzin tilida ish yuritiladi, zarurat tugʻilsa, hujjatlar boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin, ammo bu tarjimalar rasmiy hujjat hisoblanmaydi.

July 12, 2023
#Davlat_tili
🔰Navbatdagi g‘olibga kitoblar to‘plami topshirildi.
🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dona” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatilmoqda.

🔰Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_tili
🔰Qadring baland bo'lsin ona tilim!
✍️Sayyora Samandarova she'ri
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰Qadring baland bo'lsin ona tilim!
✍️Sayyora Samandarova she'ri
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
July 13, 2023
Forwarded from DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#Davlat_tili
Diqqat tanlov!
❗️O‘zingizni sinab ko‘ring hamda o'zbek tili bo‘yicha bilimlaringizni yanada oshiring. Sizda qimmatli sovg‘alar to'plamini qo‘lga kiritish imkoni bor.
❕O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan sahifamizda o‘zbek tiliga oid savollar berib boriladi.
❗️21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” arafasida savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob yo‘llagan ishtirokchilar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan kitoblar to‘plami, shu jumladan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (lotin yozuviga asoslangan) to‘plami bilan taqdirlanadi.
(Sovg‘alar o‘z egalariga yetkaziladi)
⚠️Javobingizni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin.👉
https://t.iss.one/Davlat_tili_jamgarmaa_bot

#savollar
Savol 1
❓Qaysi tinish belgisi hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh berish zarurati bo‘lganda qo‘llanadi?
Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi, mablag‘ yoki miqdoriy ko‘rsatkichni ifodalovchi raqam shu tinish belgi bilan ajaratilishi lozim.
⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Forwarded from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
July 14, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Vaqti_keldi
⚠️ Davlat tilimizdagi muammolar har joyda, har doim aytib oʻtiladi, yechimga kelganda juda kam gapiramiz.
⚠️ Ishoning! Takrorlab aytamiz ISHONING yechim oʻzimizda.
⚠️ Rahbar Qodir akamiz oʻz xodimlaridan oʻzga tilda hamda kirill yozuvida maʼlumot talab qilmasa.
⚠️ Kompyuterchi Qobil akamiz buyurtmachiga oʻzga tilda hamda kirill yozuvida reklama, afisha, tarqatma maʼlumotlarni tayyorlab berishni rad etib, oʻz ona tilimizga goʻzal mahsulotlar yaratsa.
⚠️"Siti" larni qurayotgan Murod akamiz binolarni nomini OʻZBEKCHA qoʻysa, investor Mehmet akamizga bino nomlari qoʻyish uchun oʻzimizni milliy nomlar taklif etilsa.
⚠️Oshpaz Sobir akamiz oʻz oshxonasini "chicken food" nomidan "Doʻmboq joʻja"ga oʻzgartirsa.
⚠️ Chet elda ishlaydigan Abdurahim akamiz "zemlyak" soʻzi oʻrnida vatandosh soʻzini ishlatsa.
❗️❗️❗️Oʻzimizdagi millat, vatan gʻururi har qanday qonunlardan kuchliroqdir!!!

July 15, 2023
Forwarded from DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim
🍀 "Bir tilning chegarasi qisqargan sari uning kuchi ham kamayadi, bir tilning imkoniyatlari qisqargani sari u tilda gapirayotgan insonlarning, davlatning ham imkoniyatlari kamayib boradi".
🎙Abdukarim Mirzayevning til bayramida so‘zlagan nutqidan.
👉To'liq video
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🍀 "Bir tilning chegarasi qisqargan sari uning kuchi ham kamayadi, bir tilning imkoniyatlari qisqargani sari u tilda gapirayotgan insonlarning, davlatning ham imkoniyatlari kamayib boradi".
🎙Abdukarim Mirzayevning til bayramida so‘zlagan nutqidan.
👉To'liq video
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
July 18, 2023
#Davlat_tili
🔰Ekologiya vazirligida davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔰Tadbirda Ekologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Аzimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Аzizjon Eminov, davlat tili masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi Matnazar Elmurodov hamda vazirlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirok etishdi.
🔰Vazirlikdagi olib borilayotgan ishlar va hujjatlarning davlat tilida yuritilishi haqida, bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilishi zarurligini ta’kidlandi.
🔰Ekologiya vazirligiga Jamg‘arma tomonidan chop ettirilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” to‘plami, "O‘zbek xalq so‘zlari", “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati", “O‘zbek tili frazeologik lug‘ati", “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati” kitoblari taqdim qilindi.
👉batafsil