Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
521 subscribers
833 photos
168 videos
5 files
667 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#bilib_oling

Chiziqchaning turlari

Bugun siz hamma mutaxassislar ham bilavermaydigan muhim maʼlumotga ega boʻlasiz. Quyida keltiriladigan qoidalarga qonun hujjatlarida ham, nufuzli kitoblar nashrida ham, ommaviy axborot vositalari maqolalarida ham koʻpincha rioya qilinmaydi.

Umuman olganda, chiziqchalarning oʻndan ziyod turi bor, lekin biz eng asosiy uchtasini bilib olsak, shuning oʻzi yetarli boʻladi.

1. Defis (-)
Defis — bu soʻzlarni ajratish uchun ishlatiladigan biz bilgan kichkina chiziqcha. Juft soʻzlar, takror soʻzlar orasida, baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) bilan keladi. Boʻgʻin koʻchirish uchun ham defis qoʻllanadi. Defisning ikki tomonidan ham joy qoldirmay yoziladi.

Misol:
Oldi-berdi, uy-joy, asta-sekin, aytdim-ku, yaxshi-da.

Telefon yoki kompyuter klaviaturalarining hammasida bu belgini osongina topib olasiz.



2. Tire (katta tire) (—)
Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tinish belgisi. Bu belgini yana “em-desh” (ing. m-dash) ham deyishadi, chunki uning uzunligi m harfining eni bilan bir kattalikda. Tire har ikki tomondan boʻsh joy bilan ajratib yoziladi.

Misol:
Til — bu millat gʻururi.
Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni.
Toshkent — Samarqand yoʻnalishi.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, oʻng tarafdagi raqamlar blokidan 0151 sonlar ketma-ketligini tering.



3. Qisqa tire (oʻrtacha tire yoki raqamli tire) (–)
Inglizlardan kirib kelgan bu belgining paydo boʻlganiga 10-15 yil boʻldi. Bu belgining uzunligi n harfining eni bilan teng boʻlgani uchun “en-desh” (ing. n-dash) ham deyishadi. Nima uchun “raqamli tire” deyilishiga sabab esa uning raqamlar koʻlamini ifodalashi uchun ishlatilishida. Avval raqamlar orasida katta tire ishlatilgan, hozirda bu kichik tirega almashtirilgan. Kichik tire ham ikki tomondan boʻsh joy tashlamay yoziladi.

Misol:
3–4 dona, 1941–1945-yillar, 10–15 daqiqa, 10:00–18:00.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, oʻng tarafdagi raqamlar blokidan 0150 sonlar ketma-ketligini tering.


manba

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Sana


✔️Imzo chekilish sanasi, tasdiqlash sanasi, rozilik sanasi, shuningdek, matn ichidagi sanalar so‘z bilan ifodalangan sana usulida rasmiylashtiriladi. Sanalar arab raqamlarida alohida satrda ko‘rsatiladi.
Masalan: 2024-yil 17-iyul; 1989-yil 21-oktabr.

✔️Moliyaviy ma’lumotlardan iborat bo‘lgan hujjatlar matnida sana ko‘rsatilganda ham so‘z bilan ifodalangan sana qo‘yiladi.
Masalan: 2020-yil 10-aprel; 2024-yil 21-oktabr.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#tanlov_savollar

18-savol


“Qudaning oshi bilan qudag‘ayni siylabdi” maqolidagi qudag‘ayda qanday ma’no ifodalangan?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#MAQOLA

«Cправка», «рапорт», «инструкция», «акт», «характеристика» kabi ko‘plab hujjat nomlari uchun tegishli o‘zbekcha muqobil so‘zlar yo‘qmidi?!


«Qutadg‘u bilig» (XI asr) asarida «yorliq, noma» ma’nosidagi «bildirguluk» so‘zi bor.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#tanlov_savollar

19-savol


Xalq orasida (Qashqadaryo) ishlatiladigan Algov so‘zini ma’nosi qanday?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#yangilik

Turkiyaning Anqara shahrida 26-27-sentabr kunlari Xalqaro turk tili qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Turk tili jamiyati tomonidan 1932-yildan beri an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan qurultoyda o‘zbekistonlik bir guruh tilshunos olimlar ham ishtirok etdilar.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#tanlov_savollar

20-savol

Dunyo xalqlari necha-xil yozuvdan foydalanadilar?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰"Ustoz otangDAN ulug‘"mi yoki "Ustoz otangDEK ulug‘"mi?

🔰Rahmatli ustozimiz Omonillaxon Madayev ushbu maqolning nozik maʼnosi to‘g‘risida quyidagi videolavhada so‘z yuritganlar.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#maqola

Balchiq, Balxash, Bolqon gidronim va toponimlari buloq so‘zidan yasalganmi?

👉maqolani_oʻqish

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ