Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
522 subscribers
832 photos
165 videos
5 files
658 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#bilib_oling

MEZANA

Masjid minorasining muazzin azon aytadigan yuqori qismi.


Yaqin oradagi masjid mezanasidan muazzinning azon aytayotgan ovozi eshitildi. “Fan va turmush”.

So‘fi azon aytadigan mezana buzilganida men kelinchak edim. Sh.Xolmirzayev, Saylanma.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#tanlov_savollar

15-savol


BIR QOP YONG‘OQDAY SHALDIR-SHULDUR iborasining ma’nosi qanday?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2024-yil 20-sentyabrdagi 39-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

Akademik Ahmadali Asqarov bilan suhbat:
"O‘tmish va kelajak tutashgan nuqtada"
Elmurod NISHONOV:
"Arminiy Vamberi o‘zbek diyori va allomalari haqida"
Shuhrat EGAMBERDIYEV:
"Millat iftixoriga aylangan daho"
Ro‘zimboy HASAN:
"Qars ikki qo‘ldan... Qarz-chi?"
Bahodir KARIM:
"O‘zbek adabiyotining Olmoniyadagi targ‘ibotchisi"
Odiljon SATTOROV:
"Vatan ko‘ngildadir, ko‘ngil Vatanda"
Sultonmurod OLIM:
"Nafs, jism va ruh"
Normurod MUSOMOV:
"Mangulik shu’lasi"
Gulasal QODIROVA:
"Zamonaviy mutolaa"
Rustambek SHAMSUTDINOV:
"Tadqiqotlarda yangi bosqich"
Nargiza SOBIROVA:
"Ma’rifatparvar muallimlar: Rahimiylar"
Oybek BARZIYEV:
"Vodilning jadid shoiri"
Gulchehra UMAROVA:
"Kitob – bitmas xazina"
Otabek BAKIROV:
"Duoning ijobati"
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Hujjatning muayyan turiga muvofiq ravishda bu qismlarning ayrim bir turkumi huquqiy talablarni ta’minlash darajasida qo‘llanadi.

Shu narsa ham muhimki, ayni qismlarning hujjatda joylashishida qat’iy tartib mavjud, ular joylashishidagi qat’iy ketma-ketlik hujjatning huquqiy kuchini ta’minlash, hujjatni zudlik bilan ishlash, bajarish, undan osonlik bilan foydalanish uchun muhimdir.

Mazkur 28 ta zaruriy qismning o‘ntasi nisbatan ko‘p qo‘llanadi, shuning uchun asosiy zaruriy qismlar deb ham yuritiladi: hujjat muallifi (muassasa nomi yoki shaxsiy hujjatda imzo qo‘yuvchi shaxs), hujjat turining nomi, sarlavha, hujjatni oluvchi (adresat), kelishuv va rozilik belgilari, matn, tasdiqlash, imzo, muhr, ilova mavjudligi haqidagi qayd.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Forwarded from OYINA.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻzbekcha_gapiramiz

Siz-chi, bu soʻzlar oʻzbekchada qanday qoʻllanishini bilarmidingiz?

Loyihaning suratli shakllari bilan tanishish:
1, 2, 3, 4, 5

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
71%
Chopag'on
29%
Chopog'on
#tanlov_savollar

16-savol


Qo‘y-echki to‘dasi nima deb ataladi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Audio
#Davlat_tili

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Vatanni yovdan himoya qilgandek o‘zbek tilini ham himoya qilishimiz, asrashimiz kerak” nomli maqolaning audio variantini tinglashingiz mumkin.

✍️ Bekzod Shukurov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

Dakki nima?

✔️Oʻrinsiz, nojoʻya ish, xatti-harakat uchun aytilgan qattiq tanbeh, taʼzir, koyishdir.
Qizigʻi shundaki, manbalar bu soʻzning tarixini hind tilidagi zarb, turtki, iztirob maʼnosidagi dhakka soʻziga olib boradi.

✔️Buni "dakki eshitmoq", "dakki yemoq" iboralarida koʻp eshitganmiz. Yoshligimizda bobolarimiz, ustozlarimiz bizga dars berishlari bilan bir qatorda dakki ham berishgan. Shunday maqol bor: Chakki yursang, dakki yersan.

shevashunos
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#ona_tilim_mangu_makonim


KOSHG‘ARIY


1
Olis-olislarda, ko‘k yorug‘ida
Tovlangan adirda surgancha xayol,
Osmon-u zaminning oralig‘ida
Chol turar – soqolin qo‘mitar shamol.

U daftarning oppoq varag‘i kabi
Moviyrang samoni tekislab, shaylab,
Qalamni olovga botirib olib,
«Quyosh» degan so‘zni bitar avaylab.

Shunda daryolarda to‘lib suv oqar,
Qirlarga tomchilar gullar quyoshdan.
Ufqlarga qarab chopar so‘qmoqlar,
Maysalar sakrashib o‘tadi toshdan.

2
Olis-olislarda, yillar qa’rida
So‘zlarni uyg‘otar o‘ychan ko‘zli chol.
Quyoshning tafti bor yurak qo‘rida,
So‘zlarning changidan oqargan soqol.

Chol bilar, ona til – xalqning yuragi,
Xalq o‘lmas – so‘zini o‘ldirolmasang.
Ona tilda jodir xalqning tilagi,
Har so‘zida yashar qadimiy ohang.

Xira ko‘zin uzmay oppoq varaqdan
Bitarkan eng oddiy ulug‘ so‘zlarni,
U so‘zlarni emas, zabun bo‘lmoq

Aslida qutqarib qoldi bizlarni…

✍️Xurshid Davron

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#tanlov_savollar

17-savol


Hujjatlar matni nechanchi shaxs tilidan yozilmaydi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#Davlat_tili

🔰G‘oliblarga sovg‘alar to‘plami topshirilib kelinmoqda.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” (106.5) radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatiladi.

🔰Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram