Forwarded from «Maxam-Chirchiq» AJ | Rasmiy kanal
#Davlat_tili
#Jarayon
♻️ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Ishchi guruhi tomonidan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi doirasida “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalari o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida korxonada davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, ish yuritishning to‘liq davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi, davlat tili targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi, kerakli tavsiyalar berildi.
"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati

#Maqollar_taʼrifi
Novvoy chaqirishga ham kekirdak kerak
Oʻtmishda shaharlarning bozorlarida novvoylar non solingan savatni boshlariga qoʻyib, tumonat odam orasida baland ovoz bilan: “Issiq non, shirmoy non!” — degancha nonlarini maqtab oʻtaverganlar. Olomon ichida, olagʻovurda ketayotgan novvoyning nonidan olishni istagan odam “Novvoy, hoy novvoy!”, deb unga tovush yetkazishi uchun uni baland ovoz bilan chaqirishi, yaʼni “kekirdak choʻzishi” kerak boʻlardi. Shu holat misolga olib aytilgan “Novvoy chaqirishga ham kekirdak kerak” maqolini majozan bu ishni qilish oson emas, koʻp kuch sarflash kerak boʻladi, degan maʼnoda qoʻllaydilar.
Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan
Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#tanlov_savollar 10-savol Qora-qora, deyvermanglar yorimni, Qora munjiq hinji bilan aralash. (“O‘zbek xalq qo‘shiqlari”). ❓Gapdagi ajratilgan so‘z (hinji) qanday ma’noda ishlatilgan? ⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin. Javob yoʻllash…
Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#tanlov_savollar
11-savol
❓Tashkiliy-farmoyish hujjatlarining zaruriy qismlari nechta?
⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.
Javob yoʻllash
Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
11-savol
❓Tashkiliy-farmoyish hujjatlarining zaruriy qismlari nechta?
⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.
Javob yoʻllash
Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#yangilik
Turkiy mamlakatlarning umumiy alifbosi qabul qilindi.
👉batafsil
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

#bilib_oling
O‘zbek tilida «qo‘rqmoq” maʼnosini beruvchi 40 ta so‘z va ibora
qo‘rqdi
seskandi
xavotirlandi
hadiksiradi
hayiqdi
hurkidi
xavfsiradi
rangi oqardi
yuragi orqaga tortdi
kapalagi uchdi
yuragi yorildi
o‘takasi yorildi
cho‘chib ketdi
ichi o‘tib ketdi
tahlikaga tushdi
dahshatga tushdi
vahimaga tushdi
sarosimaga tushdi
titrab ketdi
yuragi taka-puka bo‘ldi
ishtonini ho‘llab qo‘ydi
qo‘rquvdan qaltiradi
dag‘-dag‘ titradi
ko‘zi kosasidan chiqdi
joyidan jilolmay qoldi
tili kalimaga aylanmay qoldi
kayfi uchib ketdi
ichiga g‘ulg‘ula tushdi
rangi dokadek oqardi
yuragi shuvilladi
oyog‘iga qaltiroq turdi
nafasi chiqmay qoldi
sovuq ter bosdi
labiga uchiq chiqdi
yuragi tushdi
rangida rang qolmadi
bir sakrab tushdi
dami ichiga tushdi
yuragi tovoniga tushdi
©Mavlon Marasulov
Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
O‘zbek tilida «qo‘rqmoq” maʼnosini beruvchi 40 ta so‘z va ibora
qo‘rqdi
seskandi
xavotirlandi
hadiksiradi
hayiqdi
hurkidi
xavfsiradi
rangi oqardi
yuragi orqaga tortdi
kapalagi uchdi
yuragi yorildi
o‘takasi yorildi
cho‘chib ketdi
ichi o‘tib ketdi
tahlikaga tushdi
dahshatga tushdi
vahimaga tushdi
sarosimaga tushdi
titrab ketdi
yuragi taka-puka bo‘ldi
ishtonini ho‘llab qo‘ydi
qo‘rquvdan qaltiradi
dag‘-dag‘ titradi
ko‘zi kosasidan chiqdi
joyidan jilolmay qoldi
tili kalimaga aylanmay qoldi
kayfi uchib ketdi
ichiga g‘ulg‘ula tushdi
rangi dokadek oqardi
yuragi shuvilladi
oyog‘iga qaltiroq turdi
nafasi chiqmay qoldi
sovuq ter bosdi
labiga uchiq chiqdi
yuragi tushdi
rangida rang qolmadi
bir sakrab tushdi
dami ichiga tushdi
yuragi tovoniga tushdi
©Mavlon Marasulov
Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#tanlov_savollar 11-savol ❓Tashkiliy-farmoyish hujjatlarining zaruriy qismlari nechta? ⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin. Javob yoʻllash Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#tanlov_savollar
12-savol
❓“Quda-anda” juft so‘zidagi anda qanday ma’no anglatadi?
⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.
Javob yoʻllash
Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
12-savol
❓“Quda-anda” juft so‘zidagi anda qanday ma’no anglatadi?
⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.
Javob yoʻllash
Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim
TIL
Mungli qushim, sayrab-sayrab kel, anglat,
Kimlar erur turk tilini sotg‘uchi?
Bulbul kabi sayrab turg‘on bu tilni
Uyalmayin bu o‘lkadan otg‘uchi?
Bolday totli, jondan aziz turkchani
Tushunmayin, xo‘rlab-xo‘rlab yotg‘uchi?
Mungli qushim, ularni qo‘y, sen sayra!
Turk tilining dong‘in chiqar ko‘klarga!
Qo‘y ularni, ular yo‘ldan ozsunlar,
El ichida bo‘sh-bo‘g‘uozliq sotsinlar!
Elbеk
(1898 – 1939)

Forwarded from Orif Tolib
Foydalanib, tayanib, asoslanib: vergul kerak emas
Ravishdosh shakli -b, -ib bilan doim vergul ishlatilavermasligi haqida oldinroq yozgan edim.
Bu holat uyushiq boʻlaklar bilan vergul qoʻllashga oʻxshaydi: ketma-ket yoki birdan ortiq harakat boʻlishi zarur. Agar bitta harakat ifodalansa, ravishdosh shu harakatni sifatlasa, vergul kerak emas:
Tayyor fotosuratdan foydalanib rasm chizamiz.
Tajriba va kuzatishlarimizga tayanib xulosa qilamiz.
Koʻzingiz oʻrganganiga asoslanib hukm chiqarmang.
🟢 Vergul qoʻyish toʻgʻri boʻlgan holatlar:
Qalamdan foydalanib, ora-orada ruchka ishlatib rasm chizamiz.
Tajribaga tayanib, oʻqib-oʻrganganlarimizni mushohada qilib xulosa yasaymiz.
Koʻzingiz oʻrganganiga asoslanib, mohiyatini tushunmay turib hukm chiqarmang.
@oriftolib