Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
520 subscribers
832 photos
165 videos
5 files
658 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
“Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin, avval, o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”.

(Is’hoqxon Ibrat)

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari

✔️Toshkent chekkasidagi joy. H.Hasanov uni quyilik – “pastlik”, “soy” sifatida tushuntiradi (H.Hasanov. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. 57-b.).

✔️Qo‘shish mumkinki, durmen urug‘i bo‘linmalaridan biri qo‘yli (qo‘yli – qo‘yliq) deb nomlangan. Bundan tashqari, mo‘g‘ul sarkardalaridan biri Qo‘yliq deb nomlangan, mo‘g‘ul generallarining nomlari Markaziy Osiyo toponimlarida kam uchraydi (Чигатай, Бука и т.д.).

✔️Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda Qo‘yliq nomi bir necha bor takrorlangan.

📖"O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI" dan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
5%
Hunik
11%
Xunik
28%
Hunuk
56%
Xunuk
#bilib_oling

GIRISH


folk. Yoyning o‘qni qadab otadigan ipi.

Shu yoyni har kimsa ko‘tarib tursa, Girishin to‘g‘rilab nishonga
ursa...
“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Farzandingga qaysi tilda bilim bersang bir kun kelib shu millatga xizmat qiladi!


Mustafo Cho‘qay

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#tanlov_savollar

8-savol

Hujjatlar tilida qaysi turkumga oid so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Forwarded from OYINA.UZ
#oʻzbekcha_gapiramiz

Oyina.uz” boshqa tildagi muqobili qo’llaniladigan o’zbekcha so’zlarni eslatib o’tishda davom etadi.

Avvalgi postlarni ko’rish: 1, 2, 3, 4, 5

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🔰Til – dil kaliti!

🍀 Ona tilimizni qancha mukammal bilsak bu faqat ezgulikka yo'l ochadi.


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#tanlov_savollar

9-savol

BO‘ZCHINING MOKISIDAY iborasining ma’nosi qanday?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bu_qiziq

Forscha "joma" - libos soʻzidan yasalib oʻzbek tiliga oʻzlashgan soʻzlar

JOMA – [f. – libos] libos.
Ipak galstukka endi ijozat, Yigitga munosib yigit jomasi.
G'.G'ulom.

KORJOMA - [f. – ish + –ko'ylak, kiyim] baʼzida JOMAKOR.
Ish kiyimi.
Shiypon chetidagi traktor g'ildiraklari ostida korjoma kiygan yosh yigit timirskilanib, o'zicha goh u, goh bu yerni tiqirlatib qo'yardi.
R. Po'latov, Oltin kalit.

JOMASHOV – [f. – (kir) yuvadigan idish] Kir yuvadigan tog'ora.
U kirni buvilardan qolgan rasm bilan jomashovda, cho'nqayib o'tirib yuvmaydi.
Shuhrat, Shinelli yillar.

JOMADON - [f. kiyim solinadigan idish] aynan chemodan.
Psixologiyada jomadon kayfiyati degan tushuncha bor.
Gazetadan.


JOMADOʻZ - [f. kiyim tikuvchi] kiyim tikuvchi usta.
Samarqand taraflarda tikuvchilarni jomadoʻz deyish saqlanib qolgan.

Poyjoma - [f. oyoq libosi] aynan pijama.
Irlandiyalik yozuvchi Jon Boyn qalamiga mansub “Yoʻl-yoʻl poyjoma kiygan bolakay” romani dunyoning best-seller asarlaridan.
Internetdan.


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
29%
Madomiki
71%
Modomiki
#bilib_oling

BO‘LJOR (pozitsiya)

✔️12–19-asrlarda Movarounnahr va Xurosondagi turkiy saltanatlar harbiy qismlarining kelishuv asosida to‘planadigan joyi; va’dagoh; harbiy pozitsiya.

Qo‘shin qismlarini bo‘ljarga joylashtirish vazifasi bo‘ljorbegi zimmasida bo‘lgan. "O‘ZBEK HARBIY TERMINOLOGIYASI" H.DADABOYEV, H.YODGOROV

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zni belgilang.
Anonymous Quiz
9%
Manapoliya
9%
Manopoliya
81%
Monopoliya