Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
522 subscribers
831 photos
164 videos
5 files
655 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
Davlat tilida ish yuritish – ustuvor vazifa

Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sohadagi islohotlar barcha vazirlik va idoralar faoliyatida to‘liq davlat tilida ish yuritilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Transport vazirligida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.

Batafsil
JIZZAXDA KITOB TAQDIMOTI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-sonli va 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6084-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida 2024-yil 2-avgust kuni soat 10-00 da Jizzax viloyati Sharof Rashidov nomli Axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi direktori Azizjon Eminov va “Ona tilim – mangu makonim” she’riy to‘plami mas’ul muharriri, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi - Faxriddin Xayitov hamda Jizzax viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Baxodir Mavlyanov rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan nashr etilgan “Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati”, “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”. “Ona tilim mangu makonim”, “Davlat tilida ish yuritish” kitoblarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot marosimida Jizzax viloyatidagi shahar va tumanlar hokimlarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari, Jizzax viloyati Sharof Rashidov nomli Axborot-kutubxona markazi va uning tuman (shahr) bo‘limlari xodimlari, Oliy ta’lim muassasalari Axborot-resurs markazlarining rahbarlari va xodimlari hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining o‘qituvchilari ishtirok eishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklarilari

"Qadring baland bo'lsin-Ona tilim" shiori ostida kitoblar taqdimoti

Bizni kuzatib boring:📲
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram
DIQQAT E'LON!

“DAVLAT TILI TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI IV RESPUBLIKA AN’ANAVIY ILMIY-AMALIY ANJUMANI bo‘lib o‘tadi

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan 2024-yilning 22-oktabr sanasida o‘tkaziladi.

Axborot xati bilan tanishish uchun shu yerga bosing 👈

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#Davlat_tili_tanlov

Diqqat tanlov!

❗️Sizda qimmatli sovg‘alar toʻplamini qo‘lga kiritish imkoni bor.

❗️O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tanlov eʼlon qilinadi.

❗️Sahifalarimizda (dtrdep , UZTRJ ) o‘zbek tiliga oid boʻlgan 35 ta savol taqdim etiladi. (Har hafta 3 ta savol, 21-oktabrgacha)

❗️O‘zingizni sinab ko‘ring hamda oʻzbek tili bo‘yicha bilimlaringizni yanada oshiring.

❗️21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob yoʻllagan ishtirokchilar sovgʻalar bilan taqdirlanadilar!

⚠️Javobingizni @Davlat_tili_jamgarmaa_bot manziliga yuborishingiz mumkin.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#tanlov_savollar

1-savol

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan dastlab qachon foydalanilgan?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#tanlov_savollar

2-savol

Gunogun
noz-ne’matga to‘ldirib dasturxonni,
Boplab mehmon qilishga chog‘lanmish beimonni
.
(To‘ra Sulaymon, Mo‘rchamiyon).

Gapdagi ajratilgan so‘z (Gunogun) qanday ma’noda qo‘llanilgan?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Filologiya fanlari doktori, dotsent Inomjon Azimovning "XX ASR BOSHLARIDA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGINING RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI" nomli monografiyasi nashr etildi.

Monografiyada jadid ma'rifatparvarlarining adabiy til, alifbo, imlo sohasidagi faoliyati, arab yozuvining isloh qilinishi, singarmonizmga munosabat, o'zbek tilida unlilar miqdorining belgilanishi, lotin alifbosi asosidagi o'zbek yozuvi uchun yaratilgan alifbolar, adabiy til uchun tayanch dialekt masalasi, dastlabki imlo qoidalarining ishlab chiqilishi kabi masalalar tahlilga tortilgan.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#tanlov_savollar

3-savol

Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat qanday nomlanadi?


⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani hokimligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan O‘zmilliybank tuman filialida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Xodimlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorining talablari hamda Ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Hujjatlar bilan ishlovchi xodimlar uchun yangi nashr etilgan “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitoblari ish jarayonida qo‘llash uchun tavsiya etildi.