Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
508 subscribers
849 photos
177 videos
5 files
690 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#savol ❗️.... tili turkiy tillarning qipchoq tili guruhiga mansub bo‘lib, XX asrning 30-yillariga qadar Kavkazdagi barcha xalqlar o‘zaro muloqot uchun ushbu tildan foydalanishgan. ❗️Hozirda Dog‘istonda rus tili bilan bir qatorda 14 ta davlat tili maqomiga…
#javob

JAVOB - QOʻMIQ TILI


Qoʻmiqlar – Shimoliy Kavkazdagi eng ko‘p sonli turkiy xalq.

Qoʻmiq tili turkiy tilning qipchoq lahjasiga mansub.

O‘zbekistonda ham 2021-yil 1300 nafar qoʻmiqlar yashashi qayd etilgan.

Lev Tolstoy qoʻmiq tilini juda yaxshi bilgan va uning Kavkaz bilan bog‘liq asarlaridagi asosiy qahramonlarning aksariyati qumiqlar bo‘lishgan.

M.Y.Lermontov ham o‘rgangan. Uning “Zamonamiz qahramoni” romanidagi ko‘plab qahramonlar qoʻmiqlar.

Qoʻmiq tilining asosini qipchoq so‘zlari tashkil qiladi.

👉davomi

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
👨‍🏫 O‘zbek tilida gapirish ko‘nikmasini tekshirish bilan imtihonning ikkinchi qismi ham yakunlandi.

🔰 Imtihon so‘ngida YTB Ankara ofisi hamda o‘zbek tili o‘rganuvchi talabalarga Markazning esdalik sovg‘alari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining kitoblar jamlanmasi taqdim qilindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#yangilik

O‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Bu haqida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali(regulation.gov.uz)da Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi e’lon qilindi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#seminar

🔰Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” hamda Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlarida tilshunoslikning dolzarb masalalari yoritilishi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Ilmiy-amaliy seminarda yuqoridagi asarlarning o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotidagi yuksak o‘rni, ularning matniy tadqiqi va o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z bormoqda.

🔰Ushbu seminarda Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, vazirlik-idoralarning davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari hamda qator tilshunos olimlar ishtirok etmoqdalar.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
Tilmoch — o‘zbek va qoraqalpoq tillari uchun sifatli tarjimon!

Uzoq tadqiqotlardan so‘ng jamoamiz Tilmoch loyihasini taqdim etadi! Boshqa tarjimonlarga nisbatan ancha ravon va sifatli tarjima qiladigan model o‘zbek va qoraqalpoq tillari uchun maxsus o‘rgatilgan.

Tilmochda har xil til yo‘nalishlari bo‘yicha lug‘atlar taniqli manbalarga asoslanib dasturga integratsiya qilingan. Tarjima qilingan so‘z sizga yoqmasa, uning ustiga bosib variant va sinonimlar bilan almashtirishingiz mumkin. Bu bilan birga biz qoraqalpoq tilini ham maxsus tarzda tarjimonga qo‘shdik.

Hoziroq sinab ko‘ring: https://tahrirchi.uz/translator
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DAVLAT_TILI

🟤2024-yilning 27-iyul kuni Alfraganus universiteti rektori M.Mahmudov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminovlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🟤Uchrashuvda, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar, yaratiladigan adabiyotlar yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi. Alfraganus universiteti taraqqiyot strategiyasida milliy ma’naviyatimiz, ona tili va adabiyoti ta’limi va targ‘ibi borasidagi ishlar asosiy o‘rinlardan biri sanalishi, kelgusidagi hamkorlik ushbu ishlarning amaliy natijasida muhim omillardan biri bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari

✔️Buxoro nomining kelib chiqishi tarixi.

✔️Markaziy Osiyodagi qadimgi shaharlardan, shu nomdagi viloyatning markazi.

✔️U shahar sifatida yangi era davridan ma’lum. VI–VIII asrlarda feodal buxarxudotlar (“buxorolik hukmdorlar”) davlatining poytaxti bo‘lgan.

👉batafsil

📖"O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#bilib_oling

“Ishing o‘ngidan kelsin” – “o‘ng”ning o‘ngligi nimada?

O‘ng qo‘l, chap qo‘l deymiz. “Ishing o‘ngidan kelsin” deb niyat bildiramiz. “Bugun o‘ng yonidan turgan”, “Xudo yo‘lini o‘nglabdi” kabi iboralarni ishlatamiz. Xo‘sh, nima uchun o‘ng? O‘ngning afzalligi nimada? Nega biz o‘ng so‘zini yaxshi ko‘ramiz? Bu so‘z asli qanday ma’noni anglatadi?

Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida o‘ng – ong so‘zi “qulay, oson” ma’nosida izohlangan. Demak, o‘ng tomon degani aslida “qulay tomon” degani, o‘ng qo‘l ham qulay qo‘l degani. Darhaqiqat, dunyoning 95 foiz aholisiga o‘ng taraf qulay keladi.

✍️Eshqobil SHUKUR

📘“Boboso‘z izidan” kitobidan.


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#savol

Ana-mana deguncha, kampir shaftoli yeguncha, Avazxon qo‘rg‘ondan o‘tdi.

Islom shoir. Zulfizar va Avazxon

Gapdagi ajratilgan ibora qanday ma’noda ishlatilgan?
Fikringizni ushbu manzilga yuborishingiz mumkin.

Faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari

QIBRAY

✔️Toshkent viloyati tarkibidagi shahar va tuman nomi. Mahalliy rivoyatlarga ko‘ra Qibray (qadimda Qibiray) nomi qadimiy turkiy urug‘ nomidan kelib chiqqan.

✔️Demak, etnik guruhning nomi shahar va tuman nomiga asos bo‘lgan.

👉batafsil

📖"O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI"

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ