Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
507 subscribers
849 photos
178 videos
5 files
692 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#loyiha 📻“Oriat Dono”da davlat tili bo‘yicha bilimingizni sinab ko‘ring! ⚠️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba…
#Davlat_tili

🔰G‘oliblarga sovg‘alar to‘plami topshirilib kelinmoqda.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” (106.5) radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatiladi.

🔰Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#savol

❗️.... tili turkiy tillarning qipchoq tili guruhiga mansub bo‘lib, XX asrning 30-yillariga qadar Kavkazdagi barcha xalqlar o‘zaro muloqot uchun ushbu tildan foydalanishgan.

❗️Hozirda Dog‘istonda rus tili bilan bir qatorda 14 ta davlat tili maqomiga ega tillardan eng ko‘p kishi so‘zlashadigan til sanaladi.

Ushbu qaysi til?

Fikringizni ushbu manzilga yuborishingiz mumkin.

Faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Avtobiografiya – biror shaxsning o‘zi yozgan tarjimayi holi.

Tаrjimаyi hоl – kishining o‘z shaxsiy hаyoti vа fаоliyati hаqidа yozilgаn bаyon; аvtоbiоgrаfiya.

Kechmishnoma – kam qoʻllaniladi hasbi hol, avtobiografiya.
(Kechmish – oʻtgan hayot, oʻtmish.)

Sizning tanlovingiz qanday?

🔥Avtobiografiya
👍Tаrjimаyi hоl
❤️Kechmishnoma

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#savol ❗️.... tili turkiy tillarning qipchoq tili guruhiga mansub bo‘lib, XX asrning 30-yillariga qadar Kavkazdagi barcha xalqlar o‘zaro muloqot uchun ushbu tildan foydalanishgan. ❗️Hozirda Dog‘istonda rus tili bilan bir qatorda 14 ta davlat tili maqomiga…
#javob

JAVOB - QOʻMIQ TILI


Qoʻmiqlar – Shimoliy Kavkazdagi eng ko‘p sonli turkiy xalq.

Qoʻmiq tili turkiy tilning qipchoq lahjasiga mansub.

O‘zbekistonda ham 2021-yil 1300 nafar qoʻmiqlar yashashi qayd etilgan.

Lev Tolstoy qoʻmiq tilini juda yaxshi bilgan va uning Kavkaz bilan bog‘liq asarlaridagi asosiy qahramonlarning aksariyati qumiqlar bo‘lishgan.

M.Y.Lermontov ham o‘rgangan. Uning “Zamonamiz qahramoni” romanidagi ko‘plab qahramonlar qoʻmiqlar.

Qoʻmiq tilining asosini qipchoq so‘zlari tashkil qiladi.

👉davomi

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
👨‍🏫 O‘zbek tilida gapirish ko‘nikmasini tekshirish bilan imtihonning ikkinchi qismi ham yakunlandi.

🔰 Imtihon so‘ngida YTB Ankara ofisi hamda o‘zbek tili o‘rganuvchi talabalarga Markazning esdalik sovg‘alari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining kitoblar jamlanmasi taqdim qilindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#yangilik

O‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Bu haqida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali(regulation.gov.uz)da Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi e’lon qilindi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#seminar

🔰Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” hamda Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlarida tilshunoslikning dolzarb masalalari yoritilishi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Ilmiy-amaliy seminarda yuqoridagi asarlarning o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotidagi yuksak o‘rni, ularning matniy tadqiqi va o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z bormoqda.

🔰Ushbu seminarda Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, vazirlik-idoralarning davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari hamda qator tilshunos olimlar ishtirok etmoqdalar.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep