Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
510 subscribers
849 photos
177 videos
5 files
690 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#Yashil_makon #Davlat_tili

🌱Mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

🌱Ushbu loyiha yuzasidan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Toshkent shahar va Sergeli tumani hokimliklari hamkorligida 28-aprel Sergeli tumani Xontepa mahallasida "O‘ZBEK TILI" bog‘ini yaratish maqsadida hashar uyushtirildi.

🌱Hasharda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishdi.

🌱Departament mudiri yig‘ilganlarni daraxt ekish va obodonlashtirish ishlarida uyushqoqlik bilan ishtirok etishga chorladi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#tilingni_asra

Oʻzbekchada “YAYOV”, “PIYODA” boʻladi, oʻzbek uni “peshkom” deydi!
Oʻzbekchada “BOSHLANDI”, oʻzbek “start oldi” deydi!
Oʻzbekchada “BURILISH”, oʻzbek “povorot” deydi!
Oʻzbekchada “QAYRILISH”, oʻzbek “razvorot” deydi!
Oʻzbekchada “SARIMSOQ”, oʻzbek “chesnok” deydi!
Oʻzbekchada “OSHNA”, “OGʻAYNI“, oʻzbek ”brat“, ”bro“ deydi!
Oʻzbekchada ”SAQICH“, oʻzbek ”jvachka“ deydi!
Oʻzbekchada “BOLALAR XONASI”, oʻzbek “detskiy” deydi!
Oʻzbekchada “YOTOQXONA”, oʻzbek “spalniy” deydi!
Oʻzbekchada ”OʻCHOQBOSHI“, ”OSHXONA“, oʻzbek ”kuxnya" deydi!
Oʻzbekchada “YOʻLAK”, oʻzbek “koridor” deydi.
Oʻzbekchada “AYVON”, oʻzbek “teras”, “naves” deydi!
Oʻzbekchada “BOQCHA”, oʻzbek “detsad” deydi!

Bunday misollardan minglab keltirsa boʻladi! Bu qanaqa millat, bu qanaqa til?

Ayrim “madaniyatli” oilalar bor, otasini “papa”, onasini “mama” deydi, kundalik oilaviy tili chulchutcha!
Butun millat ularga oʻxshab “papa-mama” deya boshlasa, tilning, millatning oʻlgani oʻsha boʻladi!

Nurulloh Muhammad Raufxon

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

GO‘SAM

folk. 1 Qo‘ylarni ergashtirib yuradigan katta qari serka.


2 shv. Boqib semirtirilgan (qo‘y yoki echki); bo‘rdoqi.

Chavandozlar-ov, eshitmadim demanglar, ustiga yana bir go‘sam serka qo‘yildi! Chavandozlar chuh-chuh, deya otlarini uloqqa chorladi. T.Murod, Ot kishnagan oqshom.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#maqolni_toʻldiring / #kinoya

Bu maqolni birov nima qilsa, shuni qilgisi, birov nima kiysa, shuni kiygisi keladigan, birovga koʻr-koʻrona yetishishga harakat qiladigan odamlarga nisbatan kinoya tariqasida qoʻllaydilar.

Otga taqa qoqqanda,
qurbaqa oyogʻini koʻtarar.

Ziyolilar uchun 👉 @mening_tilim
“Ona” ma’nosidagi so’zlar va “oyi/aya/oya” so’zi qayerdan keladi?

Ögäy so’zi haqidagi yoyinda aytilganidek tilimizda eng eski “ona” ma’nosidagi so’z – ög. Hozirda faqat bizda ögäy so’zida va turk tilida “yetim” ma’nosidagi öksüz so’zida saqlanib qolgan. Uyg’ur harfli matnlardan, ayniqsa islomiy davrdan e’tiboran ona so’zining qo’llanuv doirasi kengaydi, natijada ög bora-bora o’tmishga aylandi.
Etimologlarning umumiy fikriga ko’ra ona so'zi bola tilidagi takroriy bo’g’inlardan (na-na > ana) yuzaga kelgan. Bola tilidagi jiji “chaqaloq”, quq(q)u “qush”, qaq(q)a “qand”, nan(n)a “non”, alla kabi takroriy bo’g’inli so’zlarni kattalar ham ishlatib turadi.
Ona so’zi turli fonetik hodisalar natijasida boshqa bichimlar ham olib, tilimizni boyitgan. Ena, enaga so’zlari bunga misol bo’la oladi. Etimologik jihatdan ena, onaning fonetik shaklidan boshqasi emas. Enaga haqida esa alohida yoritish kerak.

Etimologiya burchagi

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
​​#bilib_oling

Dunyodagi eng qadimgi kutubxonalar

1. Ashshurbanipal kutubxonasi.

📘Dunyodagi eng qadimgi kutubxonasiga miloddan avvalgi VII asrda asos solingan. Ossuriya hukmdori Ashurbanipalning buyrug‘i bilan qurilgan. Ushbu kutubxona Iroqda joylashgan. Kutubxona 30000 ga yaqin mixxatlardan iborat. Unda arxiv hujjatlar, diniy afsonalar va ilmiy matnlar saqlangan. Shu jumladan 4000 yillik “Gilgamish eposi” ham saqlangan.

2. Aleksandriya kutubxonasi.

📗Miloddan avvalgi 323-yilda Buyuk Iskandarning o‘limidan keyin Misr ustidan nazorat uning sobiq generali Ptolomey I qo‘liga o‘tdi va u Iskandariya shahrida ta’lim markazini yaratmoqchi bo‘ldi. Natijada Iskandariya kutubxonasini qurdirdi. Ushbu kutibxona qadimgi dunyoning intellektual marvaridiga aylangan. Unda 500 mingdan ziyod papirus varaqlari saqlangan bo‘lib, unda adabiyot asarlari, tarix, huquq, matematika va boshqa fanlarga oid matnlar mavjud.

3. Pergamum kutubxonasi.

📕Kutubxona miloddan avvalgi III asrda qurilgan. U Turkiya hududida joylashgan. Unda 200 mingga yaqin kitoblar xazinasi joylashgan edi. Kutubxona to‘rtta xonani o'z ichiga olgan bo‘lib, uchta xona kutubxona tarkibi uchun, to‘rtinchisi esa ziyofatlar va ilmiy anjumanlar uchun uchrashuv maydoni bo‘lib xizmat qilgan.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili

✍️Markaziy bankda Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat tili toʼgʼrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʼzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʼliq oʼtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda “Ommaviy diktant” loyihasi oʼtkazildi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram