Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
514 subscribers
845 photos
172 videos
5 files
679 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
Forwarded from Orif Tolib
Nufus va nufuz

Nufus
soʻzi arabchadan kirgan, asliyatda aholi, xalq maʼnolarini bildiradi. Oʻzbek tilida aholi maʼnosida qoʻllanadi.

Shahrimiz nufusi uch millionga yaqinlashdi. ➡️ Shahrimiz aholisi uch millionga yaqinlashdi.

Shahar nufusi
yildan yilga oshib boryapti. ➡️ Shahar aholisi yildan yilga oshib boryapti.

Nufuz soʻzi ham arabchadan olingan, obroʻ-eʼtibor va taʼsir maʼnolariga ega.

Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi oshishi kerak. ➡️ Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi obroʻ-eʼtibori oshishi kerak.

Bu olimning soʻzi katta nufuzga ega.
➡️ Bu olimning soʻzi katta taʼsirga ega.

@oriftolib
“Oʻtkan kunlar” arab tilida nashr qilindi

Kitob taqdimoti Oʻzbekistonning Misrdagi elchixonasida boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/22431

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X
#Yashil_makon #Davlat_tili

🌱Mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

🌱Ushbu loyiha yuzasidan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Toshkent shahar va Sergeli tumani hokimliklari hamkorligida 28-aprel Sergeli tumani Xontepa mahallasida "O‘ZBEK TILI" bog‘ini yaratish maqsadida hashar uyushtirildi.

🌱Hasharda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishdi.

🌱Departament mudiri yig‘ilganlarni daraxt ekish va obodonlashtirish ishlarida uyushqoqlik bilan ishtirok etishga chorladi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#tilingni_asra

Oʻzbekchada “YAYOV”, “PIYODA” boʻladi, oʻzbek uni “peshkom” deydi!
Oʻzbekchada “BOSHLANDI”, oʻzbek “start oldi” deydi!
Oʻzbekchada “BURILISH”, oʻzbek “povorot” deydi!
Oʻzbekchada “QAYRILISH”, oʻzbek “razvorot” deydi!
Oʻzbekchada “SARIMSOQ”, oʻzbek “chesnok” deydi!
Oʻzbekchada “OSHNA”, “OGʻAYNI“, oʻzbek ”brat“, ”bro“ deydi!
Oʻzbekchada ”SAQICH“, oʻzbek ”jvachka“ deydi!
Oʻzbekchada “BOLALAR XONASI”, oʻzbek “detskiy” deydi!
Oʻzbekchada “YOTOQXONA”, oʻzbek “spalniy” deydi!
Oʻzbekchada ”OʻCHOQBOSHI“, ”OSHXONA“, oʻzbek ”kuxnya" deydi!
Oʻzbekchada “YOʻLAK”, oʻzbek “koridor” deydi.
Oʻzbekchada “AYVON”, oʻzbek “teras”, “naves” deydi!
Oʻzbekchada “BOQCHA”, oʻzbek “detsad” deydi!

Bunday misollardan minglab keltirsa boʻladi! Bu qanaqa millat, bu qanaqa til?

Ayrim “madaniyatli” oilalar bor, otasini “papa”, onasini “mama” deydi, kundalik oilaviy tili chulchutcha!
Butun millat ularga oʻxshab “papa-mama” deya boshlasa, tilning, millatning oʻlgani oʻsha boʻladi!

Nurulloh Muhammad Raufxon

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

GO‘SAM

folk. 1 Qo‘ylarni ergashtirib yuradigan katta qari serka.


2 shv. Boqib semirtirilgan (qo‘y yoki echki); bo‘rdoqi.

Chavandozlar-ov, eshitmadim demanglar, ustiga yana bir go‘sam serka qo‘yildi! Chavandozlar chuh-chuh, deya otlarini uloqqa chorladi. T.Murod, Ot kishnagan oqshom.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#maqolni_toʻldiring / #kinoya

Bu maqolni birov nima qilsa, shuni qilgisi, birov nima kiysa, shuni kiygisi keladigan, birovga koʻr-koʻrona yetishishga harakat qiladigan odamlarga nisbatan kinoya tariqasida qoʻllaydilar.

Otga taqa qoqqanda,
qurbaqa oyogʻini koʻtarar.

Ziyolilar uchun 👉 @mening_tilim