Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
514 subscribers
845 photos
172 videos
5 files
679 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#Davlat_tili

🔰2020-yil 10-aprel-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  tomonidan «O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun imzolangan kun.

🔰Ushbu qonunda 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi va shu yildan buyon bayram sifatida nishonlab kelinmoqda.

🔰Shu munosabat bilan bugun "O‘zbektelekom" AKda O‘zbek tili taraqqiyoti va rivojiga bag‘ishlangani davra suhbati o‘tkazildi.

🔰Suhbatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, "O‘zbektelekom" AK markaziy apparati hamda tarkibidagi filial xodimlari ishtirok etishdi.

🔰Kompaniya kutubxonasiga Jamg‘arma tomonidan chop ettirilgan kitoblar taqdim etildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#til

Tilim-tilim tilingan tilim. Koshg‘ariydan qolgan til sadolari

... “qo‘mita”ni – “ko‘mita”, “bog‘cha”ni – “bogcha” (yoki undan ham yomoni – “sadik”), “xo‘ja”ni – “xodja”, “haj”ni – “xadj” deydiganlar shundoq ham ko‘payib bormoqda. Agar singarmonizmni inkor qilib yuraversak, ziyolilarimiz orasida “qi”lab, “g‘i”lab, “ji”lab, “ng”lab gapiradigan; “ni” bilan “ning”ning farqiga boradigan odamning o‘zi qolmaydi.

Batafsil:

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
Avtomobil(ulov)larning o‘zbekchadagi ma’nolarini bilasizmi?

Daewoo – Bepoyon koinot (koreyscha);

Nexia – Yorqin (ispancha);

Damas – Jilovlovchi (yunoncha);

Cielo – Osmon (ispancha);

Espero – Umid (ispancha):

Matiz – Alvon rang (ispancha - matisse).

Chevrolet – Lui Shevrole (kompaniya asoschisi) ismi:

Lacetti – Lotincha "Lacertus" dan olingan, ya’ni yoshlikka xos;

Captiva – "Maxliyo" (inglizcha Captivate dan);

Epica – Epik;

Tacuma – Braziliyadagi xurmo daraxti nomi;

Spark – Uchqun;

Malibu – Kaliforniya shtatida joylashgan shahar;

Cobalt – Kobalt kimyoviy element;

Gentra – "Gentle" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, xushmuomalalik,  nafislikni anglatadi;

Orlando – Florida shtatida joylashgan yirik shahar;

Tahoe – Qo‘shma Shtatlardagi eng katta chuchuk suvli ko‘lning nomi;

Traverse – O‘nqir-cho‘nqir joydan o‘tish;

Impala – Kiyik (antilopalar turi);

Equinox – Tengkunlik;

TrailBlazer – Kashshof (kashfiyotchi);

Tracker – Izquvar.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
G‘O‘RA [f. غوره – pishmagan xom uzum yoki boshqa meva]

1 O‘rikning pishib yetilmagan mevasi, dovuchcha.

Suvonjon og‘zidagi g‘o‘rani u lunjidan bu lunjiga o‘tkazarkan, hayron qoldi. Yong‘oqda o‘rik bitmaydi-ku? S.Anorboyev, Oqsoy.

2 Umuman, pishib yetilmagan meva, g‘o‘r meva.

Sabr qilsang, g‘o‘radan halvo bitar. Maqol.

3 ko‘chma ayn. g‘o‘r 3. (Hayot tajribasi kam, turmush qiyinchiliklarini ko‘rmagan).

Nurmat hali pishmagan – g‘o‘ra, Yetgani yo‘q hali tobiga. D.Fayziy

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Dovuchcha - gʻoʻraning shevalardagi nomi.

Siz tomonlarda go’ra qanday ataladi?

Ushbu manzil(@Davlat_tili_jamgarmaa_bot)ga fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ