Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
507 subscribers
849 photos
178 videos
5 files
692 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#Taqdimot

🔰“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

🔰Joriy yilning 1-iyun kuni Fanlar akademiyasida yangilangan va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ilk bor chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

🔰Unda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi vakillari, tilshunos olimlar va mutaxassislar, vazirlik va idoralarning davlat tili boʻyicha maslahatchilari, keng jamoatchilik, yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

🔰Lug‘atning dastlabki jildlarini tayyorlashda marhum olimlar – akademik Azim Hojiyev, akademik To‘ra Mirzayev, akademik Ernest Begmatov bevosita ishtirok etgan.

🔰Shuningdek, loyihada filologiya fanlari doktori professorl Nizomiddin Mahmudov rahbarligida profeesor, olimlar mutaxassislar ishtirok etdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Yangi O'zbekiston №107 Lotin.pdf
17 MB
🔰“Yangi O‘zbekiston” gazetasi endi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida.

📝Bugun, 2023-yil 2-iyundan boshlab gazetxonlarga qulaylik yaratish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” gazetasi lotin alifbosida ham sahifalanib, elektron gazeta sifatida o‘quvchilarga taqdim etib boriladi.

👆Yuqorida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi “Yangi O‘zbekiston” elektron gazetasining dastlabki sonini o‘qishingiz mumkin.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili

📜O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilini yanada tivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni 3-ilovasi 11-bandi boʻyicha tasdiqlangan nazorat rejasining 24-bandi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 117-son qarori to‘g‘risida”gi 170-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida "O‘ZBEK ADABIY TILI ME’YORLARI VA NUTQ MADANIYATI KURSI" tashkil etilgan edi.

📝Navbatdagi o‘quv kursini tamomlagan O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi suxandon-boshlovchilari va sharhlovchilari sertifikatlar topshirildi.

🔰Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov va O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A. Eminovlar ham tinglovchilarni kurs yakuni bilan tabriklab esdalik sovg‘alari topshirdilar.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Forwarded from Gazetalar sharhi
Narzulla Joʻrayev:
– Xorijiy tilni oʻrganaman deb ona tilini unutish fojia!

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/posts/17065

〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_tili

"ALIFBO TARTIBIDAGI OLAM"

📘 “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning yaratilishi haqida qisqa videorolik

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#yangi_nashr

🔰YANGI NASHRLAR RUKNI: ilk bor “Areal lingvistika” darsligi nashr qilindi

🔰Samixon Ashirboyev
ning “Areal lingvistika” darsligi sharhi

🔰Oʻzbek tilshunosligida areal lingvistika nisbatan yosh fan hisoblanadi. Bu fan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida shakllangan bo‘lsa-da, u keyinchalik dialektologiya bilan birga rivojlandi va uning natijalariga asoslandi. Endilikda u mustaqil fan darajasiga ko‘tarildi.

🔰Areal lingvistika oliy ta’limning “Lingvistika (oʻzbek tili)”, “Folklorshunoslik va dialektologiya” magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalarida majburiy fanlar blokidan joy oldi va uning ta’limi bo‘yicha tajribalar to‘plandi.

👉davomi

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰 ERKIN VOHIDOV "So'z latofati"

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#joy_nomlari

PESHKU – Buxoro viloyati tarkibidagi shahar va tuman nomi.

Mahalliy aholi peshku so‘zini ikki xil talqin qiladi. Birinchisi, tuman nomi fors-tojik tilidagi peshiko‘y – “katta yo‘l ustidagi joy” ma’nosini bildiradi va shu nomdagi qishloqqa nisbatan ishlatilgan. Nom dastlab aholi punktining geografik o‘rniga nisbatan ishlatilgan va keyinchalik tuman ham shu nom bilan atalgan.

Ikkinchi talqin bo‘yicha, nom tojik tilidagi pesh – “old” va ko‘h – “tog‘” so‘zlaridan iborat. Nom qo‘llanish jarayonida ixchamlashgan va talaffuzda qulay bo‘lgan peshku shakliga aylangan.

✔️Ikkinchi talqin ishonchliroq ko‘rinadi va u tuman hududining geografik joylashuviga ham mos keladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#maqollar_tavsifi

🔰BITTA EDI MOYAM, IKKITA BO‘LDI DASTMOYAM

✔️Ona tovuqqa moyak qo‘yadilar. U shu moyakni bosib yotib, tuxum qoʻyadi. So‘ng bitta tuxum ikkita bo‘ladi. Bu maqol o‘zining tashvishi yetmay turganday, yana birovning ham tashvishiga sherik bo‘lishga majbur bo‘lgan odam tomonidan majoziy maʼnoda aytiladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
⚠️ KUN SO‘ZI

🔅JINGIRTOB
– Jaziramada oftobda yoki o‘tda obdan qizigan, qaqragan, qayishgan, qovjiragan.

📖Saraton jingirtob-jingirtob kuydirmish bir mahal yoʻldan ajabtovur ovozlar eshitiladi. "Otamdan qolgan dalalar" Tog‘ay Murod

🔰“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Forwarded from Orif Tolib
Dandon sopli pichogʻingiz...

Shum bola boy otani boplab laqillatgan sahna yodingizdadir-a? Qoravoy boyni yigʻlatgan dahshatli hikoyasini shunday boshlaydi: “Eee, haligi, anuvi... Dandon sopli pichogʻiz bor-u, oʻsha sinib qoldi, oʻshani aytgani keluvdim...”

Xoʻsh, Shum bola qanaqa pichoqni aytyapti? Nima uchun bu pichoq ahamiyatli? Nega bu gapni eshitgan boy ota: “Roʻzgʻorda mening pichogʻimdan boshqa pichoq qurib ketgan ekanmi?” deya asabiylashish tomon qadam tashlaydi?

Dandon soʻzi asli forscha, tish maʼnosiga ega. Biroq bu oʻrinda fil suyagidan yasalgan degan maʼnoni anglatadi. Gap sopi fil suyagidan yasalgan, yaʼni qimmatbaho pichoq haqida ketyapti. Shum bola ana shu qimmatbaho pichoq bilan boyning suyukli tozi iti soʻyilib, terisi shilinganini aytadi va boyning ham asablarini shilishga kirishadi...

@oriftolib
#So‘z tarifi

🔰 ERKIN VOHIDOV "So'z latofati"

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram