Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
514 subscribers
845 photos
172 videos
5 files
679 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
Forwarded from Orif Tolib
​​Qilgan ishing oʻzingga qaytadi

Quyidagi hikoyani koʻpchilik afsona deb hisoblaydi. Bu voqea balki boʻlgandir, balki toʻqimadir. Lekin unda katta ibrat borligi aniq.

Yigirmanchi asr boshlari. Shotlandiyalik bir dehqon daladan qaytayotib bir botqoqlik yonidan oʻtadi. Uning qulogʻiga kimningdir yordam soʻrab baqirayotgan tovushi eshitiladi. Dehqon ovoz kelgan tomonga shoshib yoʻl oladi va vahshatli botqoqlik qaʼriga choʻkib borayotgan bolani koʻradi. Bola qutulishga urinib chiranar, lekin bu urinishlar uni yanayam ichkari tortardi. Dehqon katta bir daraxt shoxini sindirib oladi va botqoqqa ehtiyotkorlik bilan yaqinlashib, shoxni bolaga uzatadi. U bir amallab xavfsiz joyga chiqadi. Bechora gapira olmas, tishlari takillar, oʻzi dagʻ-dagʻ qaltirar edi. Lekin qoʻrquv ortda qolgan, xavfdan ozod boʻlgandi.

– Bizning uyga boramiz. Oʻsha yerda qurinib, oʻzingga kelib olasan, oʻgʻlim, – deydi unga dehqon.

– Yoʻq, yoʻq... – deb rad etadi bola, – meni dadam kutyapti. Rosa xavotir olayotgan boʻlsa kerak.

Soʻng dehqonga koʻzlarida mehr-minnatdorlik bilan boqib, yugurganicha yoʻlga tushadi.

Ertasiga ertalab dehqonning eshigi oldiga otlari turli zeb-ziynatlar bilan bezatilgan arava kelib toʻxtaydi. Undan qimmatbaho kiyimlar kiygan bir kibor kishi tushib keladi.

– Kecha mening oʻgʻlimni qutqargan kishi sizmi? – deb soʻraydi u dehqondan.

– Ha, men, – deb javob beradi dehqon.

– Sizga qancha berishim kerak?

– Meni xafa qilyapsiz, taqsir. Siz mendan umuman qarzdor emassiz. Men oʻzini inson deb hisoblaydigan kishi qilishi kerak boʻlgan ishni qildim xolos.

– Yoʻq, men bu yaxshilikni eʼtiborsiz qoldira olmayman. Oʻgʻlim men uchun juda qadrli. Istagan pulingizni ayting.

– Bu mavzuda ortiq gaplashishni istamayman. Salomat boʻling.

Dehqon ortiga buriladi. Shu payt ostonada uning oʻgʻli paydo boʻladi.

– Bu sizning oʻgʻlingizmi? – deb soʻraydi kibor mehmon.

– Ha, – deydi dehqon faxrlanib, oʻgʻlining boshini silarkan.

– Keling, bundoq qilamiz. Men oʻgʻlingizni oʻzim bilan Londonga olib ketaman va uning oʻqishiga homiylik qilaman. Agar u otasiga oʻxshagan halol odam boʻlsa, bu qarordan siz ham, men ham afsuslanmaymiz.

Oradan bir necha yil oʻtadi. Dehqonning oʻgʻli oldin maktabni, soʻng tibbiyot universitetini tugatadi. Uning nomi penitsillin ixtirochisi sifatida tez orada butun dunyoga taniladi. Bu mashhur olimning ismi Aleksandr Flemingdir.

Aleksandr Flemingning oliy taʼlim olishiga sababchi boʻlgan kishining nomi esa lord Randolf Cherchilldir. Uning oʻgʻli keyinchalik Angliya bosh vaziri boʻladi va butun dunyoga Uinston Cherchill nomi bilan taniladi. Bu mashhur siyosatchi nutqlaridan birida: “Qilgan ishing oʻzingga qaytadi”, degandi. Haqiqatan shunday. Bunga hayotdan juda koʻp misol topish mumkin.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
#loyiha

📻“Oriat Dono”da davlat tili bo‘yicha bilimingizni sinab ko‘ring!

⚠️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatilmoqda.

🏅Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab sovg‘alarni qo‘lga kiriting!
(FM 106.5, +998712251065)

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
“Abu Rayhon Beruniy” Turkiyada.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romani Beruniy: Abu Rayhonning siymolari” nomi bilan Turkiyada bosilib chiqdi.

Romanni Istanbuldagi nufuzli “Ketebe” nashriyoti chop etdi. Unga xalqaro Nobel mukofoti sohibi, professor Aziz Sanjar so‘zboshi yozgan.

Hajmi 360 betlik ushbu asar mart oyidan boshlab Turkiyaning barcha kitob do‘konlarida va xalqaro sotuv maydonchalarida sotuvga chiqarildi.

Asar buyuk allomaning o‘smirlik davridan to hayotining oxirigacha bo‘lgan davrni, shuningdek, o‘sha davr hukmron sulolalaridan xorazmshohlar, somoniylar, ziyoriylar, buvayhiylar, g‘aznaviylar va saljuqiylar tarixi haqida ham qiziqarli ma’lumotlarni qamrab olgan.

♻️Romanni iqtidorli tarjimon Hamza O‘zturkchi turk tiliga tarjima qilgan.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

DUDBURON


1 Ship yoki devor orqali tashqariga chiqarilgan tutun yo‘li; mo‘ri, mo‘rkon.

Onam baland, dudburoni bor oshxonada kuymanar edi. Oybek, Bolalik.

2 Temirchilar ko‘rasi yoki kulollar xumdonining tutunni tashqariga tortadigan karnaysimon qismi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#bilasizmi

Mevalarning bandi, ya’ni “dumcha” si “SAVAQ” deb yuritiladi. Olma savag‘idan uzilar (Maqol).

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

Qisqartmalar

Qisqartmalar — bu barqaror soʻz birikmalarining ixchamlikka erishish maqsadida qisqartirilgan shakli:

- Oʻzbekiston milliy universiteti — OʻzMU;
- Ommaviy axborot vositalari — ОАV;
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti — BМТ;
- Amerika Qoʻshma Shtatlari — АQSH;
- Turar joy majmuasi — TJM.

Qisqartmalarga qoʻshiladigan qoʻshimchalar ajratilmay qoʻshib yoziladi:

OʻzMUga, AQSHdagi, OAVning, TJMda.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
62%
Qorongʻu kecha
38%
Qorongʻi kecha
#diqqat #tanlov

💠 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilayotgan Sohibqiron Amir Temur viktorinasida qatnashib, kitoblar to‘plami va qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling!

🔹1-o‘rin – Artel Smart TV 43;
🔹2-o‘rin – Samsung planshet Tab A8;
🔹3-o‘rin – Samsung smartfon A14;
🔹4-10-o‘rinlar – kitoblar to‘plami;
🔸“Tanlovning eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Smartwatch (Realme TechLife S100).

Tanlovda ishtirok etish👇

https://t.iss.one/oyinatanlovbot?start=5089167159
📚 So'zlar bilan so'zlashuv

“Oltin”dagi “ol” va “tun”

Tilimizda qimmatbaho metall maʼnosini ang­latgan “oltin” soʼzining paydo boʼlishi haqida manbalarda turli fikrlar bildirilgan. Baʼzi manbalarda “oltin” soʼzi ikki soʼzning, “al” va “tun” soʼzlarining qoʼshilishidan hosil boʼlgan, undagi “al” (“ol”) – “qizil”, “tun”“mis” mazmunini ifodalashi taʼkidlangan. Yana baʼzi manbalarda “oltin” soʼzining dastlabki qismi “ol” yaltirash maʼnosidagi “yal” soʼzidan kelib chiqqan deyiladi.

“Oltin” soʼzi tilimizda obraz darajasiga koʼtarilgan soʼz. Bu daraja unga qimmatbaho metall maʼnosidan keyin ham oʼnlab maʼnolarni ifodalash huquqini bergan. “Oltin suv”, “oltin soʼz”, “oltin davr”, “oltin bosh” kabi qator birikma va iboralar “oltin” soʼzi bilan zarhallangan.

✍️ Eshqobil Shukur, "Boboso‘z izidan".

Kanalga
ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#jarayon

Davlat tilining mavqeini ko‘tarish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
HAYIT [a.– bayram, tantana]

1 din. Musulmonlarning bir yilda ikki marta – hijriy zulhijja oyi, ya’ni qurbon oyining o‘ninchi kuni hamda hijriy ramazon oyi tugashi bilan ertasiga, ya’ni shavvol oyining birinchi kuni bo‘ladigan diniy bayrami.

To‘y tegishliniki, hayit barchaniki. Maqol.

Qurbon hayiti (yoki Katta hayit) Musulmonlarning hijriy zulhijja oyi, ya’ni qurbon oyining o‘ninchi kuni bo‘ladigan diniy bayrami.

Qurbon hayiti arafasida qishloqi murid Tillaboy yana bir qo‘y keltirib tashladi. P.Tursun, O‘qituvchi.

Ramazon hayiti (yoki Kichik hayit) Musulmonlarning hijriy ramazon
oyi tugashi bilan ertasiga, ya’ni shavvol oyining birinchi kuni bo‘ladigan diniy bayrami.

Buning ustiga kichik hayitning bahor fasliga to‘g‘ri kelgani nur [ustiga] a’lo nur bo‘ldi. Mirmuhsin, Me’mor.

2 etn. Vafotiga yil to‘lmagan kishini hayit kunlari yo‘qlab aza tutish, eslash marosimi; ma’raka.

Onasining hayiti yaqinlashgan kunlar edi. Hademay akasining hayiti ham keladi.


3 ko‘chma Biror muvaffaqiyat, g‘alaba munosabati bilan bo‘ladigan umumiy shodlik, bayram.

-Echkiga jon qayg‘usi, qassobga moy qayg‘usi. Men nima g‘amda-yu, sizga hayit ekan-da? – dedi Akmal Qudratga. J.Abdullaxonov, Yo‘l.

4 Hayit (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#Davlat_tili

🔰2020-yil 10-aprel-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  tomonidan «O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun imzolangan kun.

🔰Ushbu qonunda 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi va shu yildan buyon bayram sifatida nishonlab kelinmoqda.

🔰Shu munosabat bilan bugun "O‘zbektelekom" AKda O‘zbek tili taraqqiyoti va rivojiga bag‘ishlangani davra suhbati o‘tkazildi.

🔰Suhbatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, "O‘zbektelekom" AK markaziy apparati hamda tarkibidagi filial xodimlari ishtirok etishdi.

🔰Kompaniya kutubxonasiga Jamg‘arma tomonidan chop ettirilgan kitoblar taqdim etildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep