Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
505 subscribers
851 photos
178 videos
5 files
695 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavallud

🪷"Bahor keldi seni so‘roqlab"
✍️Zulfiyaxonim

💐 Bahorning ilk kuni taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun.

👉Zulfiya ijodidan boshqa she'rlarni tinglash uchun shu yerga bosing.👈

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot

📚To‘rtko‘l tumanida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop ettirilgan kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
BOLDOQ (baldoq) so‘zining ma’nosi…
#bilib_oling

BOLDOQ (baldoq)


1 Ko‘zsiz silliq uzuk.

2 ayn. zirak.

Naziraning yelkalari, boshidagi zar ro‘moli, quloqlaridagi boldoqlari yaltiradi.
S.Ahmad, Ufq.

3 ko‘chma O‘simlik va daraxtlarning boldoq kabi osilib turgan qismi (ko‘sak, yaproq va b.).

U [Mamat] ning o‘tkir ko‘zlari oldida bepoyon paxtazorlar kumush boldoqlari bilan jilmayib ko‘rinadi. “Sharq yulduzi”.

4 Ba’zi narsalarni mahkamlash uchun ularga kiydiriladigan halqa.

Qilich boldog‘i.


5 shv. Hassa, qo‘ltiqtayoq.

Boldoqqa suyanib yurmoq.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Bilarmidingiz?

Burunning ikki qosh oʻrtasidagi yuqori qismi qanshar deyiladi.

Hind odatiga koʻra, qanshardagi qizil nuqta kishining turmush qurganligini bildiradi.

@mening_tilim

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#sinonimlar

GULZOR
soʻzining maʼnodoshlari:

-GULSHAN,
-GULISTON,
-GULBOG‘,
-BO‘STON,
-CHAMANZOR,
-CHECHAKZOR

“O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
“Yosh kitobxon” tanloviga 2024-yil uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi 

Tanlovning 10 – 14 yosh toifasi uchun mo‘ljallangan adabiyotlar ro‘yxatida “Galaktikada bir kun” asarining har ikki qismi ham kiritilgan.

“Yosh kitobxon” tanlovi uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.
#taqdimot

🔰O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek lug‘atshunosligiga oid kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔰O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorlikda “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”, “Xalqaro terminelementlarining izohli-illyustrativ lug‘ati”, “Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati” kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Aziz ayollar! Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

🌺Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etamiz.

🌺Oila va hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat hisoblanadi.

🌺Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, bahoriy kayfiyat va go‘zallikni tilab qolamiz.

🌺Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz opa-singillar!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

POLKA
[chеx. polka – polyak:]

1 Davra bo‘ylab juft-juft bo‘lib, tеz, sakrab-sakrab o‘ynaladigan chеx xalq raqsi.

2 “Andijon polkasi” musiqasi uchun sahnalashtirilgan raqs.

▬ U [Qiyomxon] uzoq o‘ynadi. “Andijon polkasi”, “Lazgi”, “Dilxiroj” kuylariga xirom aylab, dam boshliqqa, dam Islom otaga, dam yubilyar – Faya opaga qosh uchirib, tilla tishlarini yiltiratib im qoqardi. N.Aminov, Qahqaha.

3 Shu raqs ritmidagi musiqa asari.

4 Erkaklarning soch qo‘yish turlaridan biri (bunda soch chakka va orqadan sal olib tеkislanadi).

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

⚠️Bahoriy kayfiyat barchangizga hamroh bo‘lsin!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Ramazon, ro'za va sahar

Ramazon
- kelib chiqishi arabchadir, "quruq issiq" maʼnosini anglatuvchi ramad soʻzidan olingan. İslomdan avval Arablarda iyul/avgust oylariga teng kelgan bu oy İslomiy oylarning toʻqqizinchisi sanaladi.

Ro'za - fors-tojikcha kun so'zidan olingan. Ramazonda sahardan og'izochargacha yeb-ichmasdan qilingan ibodatga aytiladi. Turkcha va Ozarchada ro'za so'zi o'rniga oruç so'zi ishlatiladi. Qolgan qardosh xalqlarda, jumladan Qozoqchada - oraza, Qirg'izchada - orozo, Turkmanchada- agız beklemek, Tatarchada- uraza, Uyg'urchada- Ruza tutish kabi atamalar ishlatiladi.

Sahar - Arabcha soʻz. Kun yorishishi, tongning oqarishi, kabi ma'nolarni bildiradi. Saharda yeyiladigan taom, yemek ham deyiladi. Ro'zadorlar ro'zaga sahar vaqti turadilar va ro'zaga niyat qiladilar. Oromi va Suryoni tillarida ham ayni maʼnoda ishlatiladi. Akkad tilida "sheru" deyiladi.

@shevashunos

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#bilib_oling

✔️Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidagi “Beshta” nomli qishloq nomining ma’nosi, paydo bo‘lishi haqida turlicha qarashlar mavjud.

✔️Aslida “Beshta” toponimi besh soni bilan bog‘liq emas, u 2500 yillik tarixga ega bo‘lgan tarixiy nom sanaladi. U Xorazmiycha “pesh”, ya’ni “old tomon” degan ma’noni anglatadi va “ta” qismi esa “daha” so‘zining qisqartirilgan
dialektal variantidir.

✔️Demak, “Beshta” aslida “Peshdaha”, ya’ni old qishloq deganidir.

📖"O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI"

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram