Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
514 subscribers
845 photos
172 videos
5 files
678 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#onatilimfaxrim

🔰Odam o‘zligini unutmasligi uchun uch narsani qo‘ldan bermasligi kerak: Vatanini, dinini va tilini.

✍️Alixonto‘ra Sog‘uniy
“Turkiston qayg‘usi” asari muallifi

Хозтовары - XO‘JALIK MOLLARI
Холодильник - MUZLATGICH
Хорош - DURUST
Хулиган - BEZORI
Цвет - RANG
Центр - MARKAZ
Через - ORQALI
Чеснок - SARIMSOQ
Чехол - G‘ILOF
Шанс - IMKON
Шофёр - HAYDOVCHI
Штраф - JARIMA
Экономный - KAMXARJ
Этаж - QAVAT
Этап - BOSQICH

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Tilbuzarlar
(Yarmi hazil)

Yurtbuzarlar bo‘lardi,
Bo‘lardi dil buzarlar.
Bugun paydo bo‘lgandir,
Madaniy tilbuzarlar.

Ota-bobosi o‘zbek,
O‘rischa chuldiraydi.
Na yarar o‘zbekchaga,
Na ruschaga yaraydi.

Обед deydi tushlikni
Kechki ovqatni – ужин.
Nonushtani – завтрак
Tilini chalganmi jin?

Подвадить qilding, deydi,
Gar  birovdan pand yesa.
“Gap yo‘q, классный” der
Shirinroq bir qand yesa.

“Давай” desam sensirab,
Xafa bo‘lar deb katta –
Deydi: “aka, давайинг”
Bilet der, demas patta.

Tashqi reklama degan,
Balo-yu ofat chiqdi.
Tilni to‘qsonga buklab,
Tiriklay go‘rga tiqdi.

Har bir so‘zda o‘n xato,
Tilga beradi zarba.
Oddiygina fe’lni ham,
Yozishadi bosh harfda.

Televizor va kompyuter,
Tilning kushandasidir.
Bugun Navoiy tili
Tilning sharmandasidir.

Kinolarni ko‘rsangiz,
Qiynalib, bosadi ter.
“Votti” der buxorolik,
Qo‘qonlik ham “votti” der.

Короче, братишка,
Gapimni quloqqa quy:
Раз tilni bilmaysanmi
Вабше gapirmagin, qo‘y!

Abdunabi  Hamro

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_tili

⚠️UYG‘OQ SO‘Z ||
"Ona tiliga e’tiborni hammamiz o‘zimizdan boshlashimiz kerak!"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Orif Tolib
“Madaniyat va maʼrifat” telekanalida til mavzusidagi koʻrsatuv boshlanish arafasida. Jonli efirda uzatiladi.

Vaqt-imkon boʻlsa, koʻring.

@oriftolib
21-FEVRAL — XALQARO ONA TILI KUNI

21-fevral — Xalqaro ona tili kuni sifatida dunyo hamjamiyati tomonidan keng nishonlanadi.

Xalqaro ona tili kuni Bangladesh tashabbusi bilan e’lon qilingan va 1999-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasida tasdiqlangan. Ona tili kuni 2000-yildan buyon butun dunyoda nishonlanadi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

GAJAK


1 Yuzning ikki chekkasiga yoki peshonaga husn uchun tushirib qo‘yiladigan yarim halqa shaklidagi soch; zulf.

▬ Begimjon ikki chekkasidagi gajagini silkitib, mushtlarini beliga tirab turgan edi, Adolat o‘shqirib berdi. I.Rahim, Chin muhabbat.

2 etn. Oltin, kumush va sh.k. dan egik holda yasalib, chakkaga taqiladigan bezak buyumi.

Suxsur olib boqmaydi, Gajagini taqmaydi, Ishlamagan dangasa Ko‘pchilikka yoqmaydi. “Qo‘shiqlar”.

3 sft. Egilgan, qayrilgan.

Dumi gajak o‘rdak. Kamolxonov, iltimosiga “xo‘p” degan javobni kutib, savol alomatiday gajak bo‘lib turganida, telefon jiringlab qoldi. A.Qahhor, Ikki yorti – bir butun

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#tanlov

🔰“ENG YAXSHI BILIMDON MAKTAB RAHBARI” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_tili

Qozon shahrida “Kelajak o’yinlari” birinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida prezidentimiz o’zbek tilida nutq so’zladi.

“Kelajak o’yinlari” musobaqasini 2026-yilda O’zbekistonda o’tkazish taklifi berildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook