Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
514 subscribers
845 photos
172 videos
5 files
678 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#bilib_oling

SАHHОF – gаzetа sоtuvchi; muqоvаchi, muqоvа yasоvchi


1 Kitоblаrni muqоvаlоvchi ustа; muqоvаsоz.

[Ilgаri] Bаdiiy bezаkli qo‘lyozmа kitоblаrni yarаtishdа nаqqоsh vа sаhhоf singаri bir qаncha mutаxаssislаr ishtirоk etgаn. “Fаn vа turmush”.

2 esk. Kitоb sоtuvchi, kitоbfurush.

Sehrli so‘z. Bоbur sаhhоflаrni chaqirib, bu kitоbning eng bаlаnd nаrxi qаncha bo‘lishini so‘rаdi. P.Qоdirоv, Yulduzli tunlаr.

Sаhhоf bоzоr tаr. Sаhhоflаr kitоb sаvdоsi bilаn shug‘ullаnаdigаn bоzоr.

Husаyn shu bugun ertаlаb sаhhоf bоzоrini аylаnib chiqib, kitоb ushlаb turgаn bir kаmpirgа ko‘zi tushib qоlgаn edi. M.Оsim, Kаrvоn yo‘llаridа.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#Jarayon

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi faoliyati haqida to‘liq ma'lumot olishingiz mumkin.

🎥Havola

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_tili

🔰Ichki ishlar vazirligida “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish – muhim vazifa” mavzusida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi boʻlib oʻtdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
O‘ZBЕK NAVOIYNI O‘QIMAY QO‘YSA

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
Bedil qolib, Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.
Ma’rifatdan ayri o‘ynasa, kulsa,
Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Aldangani, alla bo‘lgani shudir.
Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,
Paytavaning salla bo‘lgani shudir.

El komil bo‘lmasa yurt bo‘lmas ulug‘,
Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.
Qalb to‘lanur xalqning rizqi ham to‘lug‘,
Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.

O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,
Uning «Barakalla» bo‘lgani shudir.
Olamga: «Navoiy nasliman», degan
Ovozi baralla bo‘lgani shudir.


✍️ Erkin Vohidov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun (1441-1501)

Bugun Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan erta tongdan shoir nomi bilan ataluvchi bog’da qad rostlagan ulug‘ ajdodimiz haykali oldida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda xorijdan tashrif buyurgan olimlar, shoirlar, Navoiy ijodini o‘rganayotgan talabalar ishtirok etdilar va o‘zbek tilida nutq so‘zladilar.

Buyuk shoir va mutafakkir haykali poyiga gulchambar qo'yildi.

Bugun Adiblar xiyobonida ajoyib muhit hukm surmoqda.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

✔️PUSHTA


1 Yonma-yon jo‘yaklar orasidagi, odatda qator qilib ekin ekiladigan uzun yеr bo‘lagi, ekin palak otishi uchun qoldirilgan bo‘sh joy.

Sherzod hovli о‘rtasidagi kо‘kpiyoz pushtalari orasida о‘toq qilayotgan ayasini darrov kо‘rdi. О‘.Hoshimov, Nurli dunyo.

2 Ikki tok qatori orasidagi yoki ishkom o‘rtasidagi bo‘sh joy.

Bog‘da sakkiz uzun ishkom, hammasining poyalari yaxshi ishlangan, pushtalari chopilgan. Oybеk, Tanlangan asarlar.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Tole yo‘qi jonimg'a balolig' bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig' bo‘ldi.

✍️Zahiriddin Muhammad Bobur

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Navoiy bo‘lmoq uchun,
Patdan qalam yo‘ndirdim.
Chopon kiydim sal uzun,
Boshga salla qo‘ndirdim.
Sotib oldim bir juft sham,
Vazirbop par yostiqcha.
...Endi faqat talant kam,
Va xotin ham ortiqcha.

© Anvar Obidjon

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#bilib_oling

ARIZA

✔️Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga
biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat.

⚠️Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi
asosida tuziladi.

✔️Arizaning zaruriy qismlari:
1. Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
2. Ariza yozuvchining turarjoyi, vazifasi, ismi, otaismi va
familiyasi.
3. Hujjatning nomi (Ariza).
4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb
topilsa).
6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otaismi bosh harflari, familiyasi.
7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).

⚠️Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari
barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan,
xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya.

✔️Shuningdek, ko‘pchilik arizalar
uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.

✔️Yuqorida sanab o‘tilgan zaruriy qismlarning odatdagi joylashuvi 1-ilovada ko‘rsatildi.

⚠️Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli qilib yozilishi kerak.

📖"DAVLAT TILIDA
ISH YURITISH"
kitobidan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
O‘ZBEK TILINI BEPUL O‘RGANING!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalarida o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan o‘zga millat vakillari uchun “O‘zbek tili” kursi faoliyat olib bormoqda. 

“O‘zbek  tili”  kursining o‘quv dasturi 144 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, davomiyligi 3 oyni tashkil etadi. O‘quv dasturi orqali tinglovchilarga o‘zbek tilini o‘rganish, amalda qo‘llash, gapirish, yozish, tinglab tushunish, o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘zbek madaniyatidan xabardor bo‘lish kabi vazifalar qo‘yilgan.
2024-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Toshkent issiqlik elektr markazi, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zagrolizing” AJ, “Toshkent metropoliteni”, “Uzbekistan airways” AJ, “UMS” MChJ, “O‘zinjiniring” respublika loyiha instituti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va yana bir qancha davlat tashkilotlarining 326 nafar xodimi hamda 14 nafar chet el fuqarolari ushbu o‘quv kursini muvafaqqiyatli bitirib, sertifikatlarga ega bo‘lgan. 
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 8 nafar xodimi “O‘zbek tili” kursi bo‘yicha bepul o‘qitildi. Shuningdek, Farg‘ona davlat universitetining xorijlik talabalari uchun ham “O‘zbek tili” bo‘yicha bepul o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bundan tashqari, ishsiz aholi qatlami vakillari uchun ham “O‘zbek tili” kursi bepul tashkil etib kelinmoqda. 
Hozirda Turkiya Respublikasida Ozarbayjon, Eron, Turkmaniston, Qozog‘iston, Iroq davlatlarining fuqarolari uchun “O‘zbek tili” kursi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
“O‘zbek tili” kursiga tinglovchilar qamrovini kengaytirish maqsadida ijtimoiy tarmoqda(https://www.facebook.com/dtrmuz/posts/pfbid0tSGiT8CcsKx7gNBifimDYZpQaxocRY6pmFmCZE1igRT7XrywSyzrB9u1wk5teSeel) o‘quv kursi haqida e’lonlar joylashtirilgan. O‘zbek tilini o‘rganishni xohlagan fuqarolarni ushbu o‘quv kursiga taklif etib qolamiz. 

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish 
va malaka oshirish markazi
#bilib_oling

YAХОB


1 q.х. Hоsildоrlikni оshirish, sho‘r yuvish, yеrni zаrаrli hаshаrоtlаrdаn tоzаlаsh uchun ekin mаydоnigа qishdа, ertа bаhоrdа qo‘yilаdigаn suv; qаvs suvi.

Hаdеmаy yеrlаrgа yaхоb suvi bеrish pаllаsi bоshlаnаdi. Sho‘rni yuvish turibdi оldimizdа. S.Kаrоmаtоv, So‘nggi bаrхаn.

Yaхоb bеrmоq Yaхоb (suvi) оqizmоq, yaхоb suvigа bоstirmоq.

Bоg‘lаr vа tоkzоrlаrgа qishdа yaхоb bеrilishi judа yaхshi nаtijаlаr bеrаdi. Gаzеtаdаn.

2 shv. Muzli suv; muzdаy suv

O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
ONA TILIMIZ — QADRIMIZ, SHA’NIMIZ IFODASI
uning himoyasi haqida tinimsiz qayg‘urishimiz lozim

Globallashuv insoniyat uchun beqiyos imkoniyatlar bilan birga kutilmagan xatarlarni ham keltirib chiqaryapti. Ayniqsa, qadriyatlarning qadrsizlanishi, milliy an’ana va urf-odatlar ildizining zaharlanishi, eng yomoni, milliy tillarga bo‘lgan munosabatlarning sun’iylashtirilishi ko‘plab millat va elatlarning ona tilidan ayrilib qolish ehtimolini kuchaytirmoqda.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#loyiha

📻“Oriat Dono”da davlat tili bo‘yicha bilimingizni sinab ko‘ring!

⚠️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatilmoqda.

🏅Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!
(FM 106.5, +998712251065)

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram