Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
507 subscribers
849 photos
178 videos
5 files
692 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
⚠️ E'LON

🔰
2023-yilning 1-iyun kuni soat 11:00 da Fanlar akademiyasida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida) kitobining TAQDIMOTI tadbiri bo'lib o'tadi.

🔰Taqdimotda kitob yaralishida ishtirok etgan olimlar hamda kitob mualliflari ishtirok etadi.

🔰Tadbir Fanlar akademiyasi 2-qavatidagi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Hamkorlikda:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#Taqdimot

🔰“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

🔰Joriy yilning 1-iyun kuni Fanlar akademiyasida yangilangan va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ilk bor chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

🔰Unda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi vakillari, tilshunos olimlar va mutaxassislar, vazirlik va idoralarning davlat tili boʻyicha maslahatchilari, keng jamoatchilik, yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

🔰Lug‘atning dastlabki jildlarini tayyorlashda marhum olimlar – akademik Azim Hojiyev, akademik To‘ra Mirzayev, akademik Ernest Begmatov bevosita ishtirok etgan.

🔰Shuningdek, loyihada filologiya fanlari doktori professorl Nizomiddin Mahmudov rahbarligida profeesor, olimlar mutaxassislar ishtirok etdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Yangi O'zbekiston №107 Lotin.pdf
17 MB
🔰“Yangi O‘zbekiston” gazetasi endi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida.

📝Bugun, 2023-yil 2-iyundan boshlab gazetxonlarga qulaylik yaratish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” gazetasi lotin alifbosida ham sahifalanib, elektron gazeta sifatida o‘quvchilarga taqdim etib boriladi.

👆Yuqorida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi “Yangi O‘zbekiston” elektron gazetasining dastlabki sonini o‘qishingiz mumkin.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili

📜O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilini yanada tivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni 3-ilovasi 11-bandi boʻyicha tasdiqlangan nazorat rejasining 24-bandi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 117-son qarori to‘g‘risida”gi 170-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida "O‘ZBEK ADABIY TILI ME’YORLARI VA NUTQ MADANIYATI KURSI" tashkil etilgan edi.

📝Navbatdagi o‘quv kursini tamomlagan O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi suxandon-boshlovchilari va sharhlovchilari sertifikatlar topshirildi.

🔰Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov va O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A. Eminovlar ham tinglovchilarni kurs yakuni bilan tabriklab esdalik sovg‘alari topshirdilar.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram