Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
514 subscribers
849 photos
176 videos
5 files
688 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#savollar

2-savol

O‘zbekiston Respublikasining qaysi yilgi Qonuniga asosan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni sifatida nishonlanadi?

📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi.

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
​​#bilib_oling

“Parol” so‘zining o‘zbekchasi

Bu so‘zni bugun ham ishlatamiz. Lekin parol maʼnosida qo‘llamaymiz.

Gap imo, imo-ishora, imlamoq, im qilmoq, im qoqmoq so‘zlari tarkibidagi im haqida ketyapti.

Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘atit turk”
da im so‘zini shunday sharhlaydi: shoh askarlariga qo‘yilgan, tayinlangan yashirin belgi, parol. Bu belgi qush yoki qurol nomi, yoki biror so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. To‘qnashganda uni aytib o‘zlarini tanitadilar. Maqolda shunday kelgan: “Im bilsa, er o‘lmas”. Yaʼni kishi yashirin belgini bilsa, nohaq o‘lmaydi.

Bu izohdan im so‘zi parol maʼnosini to‘la-to‘kis ifodalashini anglash mumkin.

Im so‘zi ishora maʼnosida qadimda ham qo‘llangan. Jumladan, “Devon”da imlamoq imlash, ko‘z yoki qo‘l bilan ishora qilish deb sharhlangan.

Bugun parol so‘zi ko‘p ishlatiladi. Ayniqsa, internet va texnologiyalar bilan bog‘liq matnlarda, dastur va ilovalarda unga albatta yo‘liqasiz. Mana shu joylarda im so‘zini parol so‘zi o‘rnida bemalol qo‘llash mumkin.

Lekin uni asl egalari, yaʼni biz qabul qila olamizmi-yo‘qmi – shudir masala.

manba

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Javoblar

✔️

2- savolning javobi: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020-yil 10-apreldagi O‘RQ-615-son Qonuniga asosan.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

Eng qadimgi harf

Mutaxassislarning fikricha, dunyodagi eng qadimiy harf — "O" harfi. Miloddan avvalgi 1300-yillarda finikiya alifbosida ilk bor paydo bo‘lgan bu harf hozirgi kundagi deyarli barcha alifbolardan joy egallagan.

Ayni damda dunyoda 65 turdagi alifbo mavjud.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#savollar

3-savol

Turkiy tilda yaratilgan ilk doston qaysi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

⚠️Savollar haftaning dushanba va payshanba kunlari sahifamizga joylab boriladi.

📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
💐BUGUN TUG'ILGAN KUN

💐 O‘zbek tilining rivoji, boy til ekanligi hamda jozibasining to‘la namoyon bo‘lishiga, o‘zbek tilini davlat tili sifatida oʻrgatish uchun o‘zining sa’y-harakatlari bilan xizmat qilayotgan fidoyi inson Inomjon Mamasodiqovich Azimov ko‘p yillardan buyon ushbu sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

💐Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori f.f.n., dotsent Inomjon Mamasodiqovich Azimovning tavallud topgan kuni.

💐Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi jamoasi Inomjon Mamasodiqovichga sihat-salomatlik, ilmiy faoliyatiga cheksiz muvaffaqiyat, oilaviy totuvlik hamda xotirjamlik tilab samimiy qutlaydi.
#Davlat_tili

🔰Oksford universitetida o‘zbek tili kursi ochiladi

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#Taqdimot

🔰Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

🔰Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Jonuzoq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining direktori Azizjon Eminov va boshqalar ona tilimizni asrab-avaylash  dolzarb ekanini, bunda ustoz-pedagoglarga tayanish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi.

🔰Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ona tilimizdagi har bir so‘zni avaylash, uning ma’nolarini o‘rganish va targ‘ib etish borasida ko‘plab ma’rifiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#javoblar

✔️3-savol(Turkiy tilda yaratilgan ilk doston qaysi?)ning javobi:

✔️Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#savollar

4-savol

Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-bir voqеa va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot xatiga nima deyiladi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi

Osilmagan qozonga otilmagan quyon tushibdi

Baʼzan shunday ham boʻladiki, hech bir oʻylanmagan, xayolga keltirilmagan, kutilmagan vaqtda biror foydali holat yuzaga kelib qoladi. Bu endi tasodif boʻlib, hamma vaqt ham shunday boʻlavermaydi, albatta. Mazkur maqolni mana shunday tasodifiy omad kelib qolganda ajablanish, quvonish maqomida yo hazil-mutoyiba tarzida aytadilar.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#javoblar

✔️4-savol(Muayyan muassasa rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-bir voqеa va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot  xatiga nima deyiladi?)ning javobi:

✔️ Bildirishnoma

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#taqdimot

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔰2023-yil 27-iyulda Milliy kutubxonada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining frazelogik lug‘ati”, “O‘zbek xalq so‘zlari” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram