Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
517 subscribers
846 photos
173 videos
5 files
682 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#taqdimot

Navoiy asarlarini raqamli shaklda tayyorlash taklifi ilgari surildi
.

🔰Raqamli texnologiyalar vazirligida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi va qator hamkor tashkilotlar ishtirokida to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida toʻrt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi.

🔺Batafsil

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
Forwarded from Orif Tolib
Juda iliq havo qanaqa boʻladi?

#Amaliyot

Xatosi bor jumlani qadamma-qadam tuzatamiz:

Hafta davomida juda havo iliq boʻlishi kutilmoqda
Hafta davomida havo juda iliq boʻlishi kutilmoqda

Bu oʻrinda soʻzni yanglish oʻrinda qoʻllash bilan bogʻliq xato tuzatildi.

Endi ikkinchi xatoni tuzatamiz. Juda iliq degan ibora toʻgʻrimi oʻzi? Iliq soʻzi biroz, sal-pal issiqni bildiradi. Juda ravishi haddan tashqari, ortiq darajada ekanlikni anglatadi, uni biroz, sal-pal sifati bor soʻzga nisbatan ishlatish mantiqan toʻgʻri emas. Juda iliq deyish oʻrniga shunchaki issiq deyish yetarli va toʻgʻri.

📌 Demak:

Hafta davomida havo issiq boʻlishi kutilmoqda

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Forwarded from Qumanjir🌵
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

Qozoq futbol jamoatchiligi o‘zbek tilida O‘zbekiston terma jamoasiga g‘alaba tiladi!

Bugun, soat 21:00 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu muhim bahs oldidan qozoq futbol jamoatchiligi vakillari qo‘shni O‘zbekiston jamoasiga omad tilab, iliq tilaklarini bildirishdi.

Qardosh xalqlar birligi sport maydonlarida ham namoyon bo‘lishi quvonarli hol. Jamoamizga g‘alaba va JCH-2026 sari muvaffaqiyat tilaymiz!

qumanjir🌵