Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
515 subscribers
845 photos
171 videos
5 files
677 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#Davlat_tilida_ish_yuritish

BLANKALAR – BOSMA ISH QOG‘OZLARI
QANDAY BO‘LISHI KERAK?


O‘zbekiston Respublikasida amaldagi davlat standartiga
muvofiq, tashkiliy-farmoyish hujjatlari uchun zaruriy qismlar
tarkibidan kelib chiqib, xizmat blankalarining 2 turi joriy etilgan:

Xatlar blankasi va Umumiy blanka.


XATLAR BLANKASIGAga quyidagi zaruriy qismlar kiradi:

✔️Tashkilotning ramziy belgisi (agar mavjud bo‘lsa),
✔️ Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi (shunday bo‘ysunish mavjud bo‘lsa)
✔️Tashkilot nomi
✔️ Aloqa bo‘linmasining ko‘rsatkichi, pochta va telegraf manzili, faks, telefon raqami, bank hisobraqami
✔️ Sanasi
✔️Indeksi
✔️Hujjat kelib tushganligi haqida qayd.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish BLANKALAR – BOSMA ISH QOG‘OZLARI QANDAY BO‘LISHI KERAK? O‘zbekiston Respublikasida amaldagi davlat standartiga muvofiq, tashkiliy-farmoyish hujjatlari uchun zaruriy qismlar tarkibidan kelib chiqib, xizmat blankalarining 2 turi…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

BLANKALAR – BOSMA ISH QOG‘OZLARI
QANDAY BO‘LISHI KERAK?


O‘zbekiston Respublikasida amaldagi davlat standartiga
muvofiq, tashkiliy-farmoyish hujjatlari uchun zaruriy qismlar
tarkibidan kelib chiqib, xizmat blankalarining 2 turi joriy etilgan:

Xatlar blankasi 👆 va Umumiy blanka.

Umumiy blankaga quyidagi zaruriy qismlar kiradi:

✔️«Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi» (shunday bo‘ysunish mavjud bo‘lsa),
✔️«Tashkilotning nomi»,
✔️«Hujjat turining nomi»,
✔️«Sanasi»,
✔️«Indeksi»,
✔️«Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi».

⚠️Har ikki turdagi blankada zaruriy qismlar burchakda (hujjatning chapdagi yuqori burchagi) yoki o‘rtada (yuqori chetki bo‘sh joydan pastda) joylashtiriladi.

⚠️Xatlar uchun, umuman, boshqa blankalar uchun ham zaruriy qismlarning burchakda joylashgani qo‘l keladi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Oʻzbek va turk tilidagi aldoqchi soʻzlar tahlili

Bugungi kunda turkiy tillar 35 dan ortiq til va lahjaga boʻlingan boʻlsa-da, ularning barchasi bir ota til – proto-turk tili avlodlari hisoblanadi.

Batafsil: oyina.uz

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#ona_tilim_mangu_makonim

SUF


Talpinarman uchmoq istab, beqanot har onga suf!
Uy faqat tinglovchi bo‘lsa, nolayi afg‘onga suf!

Ne o‘zi poklik, haromlik? Qaydadir sarhadlari?
Rost libosin tanga ilgan serfirib yolg‘onga suf!

Yer kasal... Dengiz ado... Daryolari nimjonlashar,
Malhami bo‘lmoqqa ojiz har yo‘riq, farmonga suf!

Boshidan yog‘sa zaharlar, to‘lsa og‘u oshiga,
Shunda ham mum tishlasa, ul notavon-nolonga suf!

Xalqini ochlikda ko‘rsa, qandayin uxlar, ajab?!
O‘zni dono deb hisoblar rahbari nodonga suf!

Onajon ham o‘z tilimdir, bag‘ri qon ham o‘z tilim,
O‘z tiliga soqchi ermas shoiri davronga suf!

El uchun birlik – najot, birlik – tayanch, Gulchehra, bil,
Birligingdan yuz o‘girsang, sendayin insonga suf!


✍️Gulchehra Nurullayeva

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#taqdimot

To‘rt jildlik “ALISHER NAVOIY ENSIKLOPEDIYASI” kitobi
 taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


👉batafsil

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tilida_ish_yuritish

✔️Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni A4 formatdagi qog‘oz varag‘ining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda joylashishi lozim.

✔️Qoida tariqasida, standart varaq 1,2 qator oralig‘ida yozilishi lozim; har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi lozim.

✔️Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 12 o‘lchamli shriftida yoki shunga o‘xshash shriftni qo‘llagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.

✔️Hujjatlarning aniq turlari (buyruq blankalari, ma’lumotnoma blankalari, dalolatnoma blankalari va b.) bir yilda 200 donadan ko‘proq ishlatiladigan bo‘lsa, shunday blankalar chiqarishga yo‘l qo‘yiladi.

✔️Aksariyat hujjatlarni, masalan, dalolatnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma, shuningdek, hisobxona hujjatlarini va boshqalarni tuzish oson bo‘lishi uchun ulardagi qolip so‘zlar yozilib ko‘paytirilgan ish qog‘ozlari ham odatda blanka deyiladi.

✔️Bulardan farqlash uchun yuqoridagi rasmiy xizmat blankalari «rasmiy ish qog‘ozi» deb yuritiladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🎬 "BEKAT"

🍂Tilimizga munosabat haqida og‘riqli videorolik.

🍃O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram