Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
514 subscribers
845 photos
172 videos
5 files
678 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#BOBOSO‘Z

Bedananing tullagi

Biz odatda yomon fe’lli, ayyor, tuban odamlarga nisbatan tullak so‘zini qo‘llaymiz. Bu so‘zni birovga nisbatan ishlatish haqorat bilan barobar. Holbuki, tullak so‘zi u darajada yomon ma’noni anglatmaydi.

«O‘zbek tilining etimologik lug‘ati»da izohlanishicha, tullak – «bulturgi, bir yoshdan oshgan bedana» ma’nosini bildirib, uning tub ildizi tullagan fe’liga borib taqalar ekan.

Boshqa turkiy tillarda ham bu so‘z mavjud. «Oltoy-Olatog‘ lug‘ati»da tullak so‘zi «tulak» shaklida berilib, mazmuni «yalang‘och», «kal», «tuksiz», «o‘tovda saxtiyon teridan qilingan to‘shama» deb izohlanadi.

Nima bo‘lganda ham, tullak so‘zi tilimizda yomonotliqqa chiqib bo‘lgan. Balki bu so‘zning bunday ramziy ma’noga kelishiga
hayvonlarning tullaganda juda xunuk ko‘rinib qolishi sabab bo‘lgandir. Har holda har kimni «tullak» degan nomdan saqlasin.
«Devon» muallifi tӱlӓk (tülӓk) («tullash») so‘zining «tullamoq» ma’nosini ifodalagan tӱlӓ fe’lidan hosil bo‘lganini qayd etgan: At
tӱlӓdi – ot tulladi.

BOBOSO‘Z IZIDAN
(So‘zlar bilan so‘zlashuv)

✍️Eshqobil Shukur

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Forwarded from Orif Tolib
Koʻplik qoʻshimchali atoqli otlar kichik harfda yoziladimi?

Imlo qoidalariga koʻra, kishi ismlari bosh harf bilan yoziladi. Ularni kichik harfda yozish boʻyicha tartib qoidalarda belgilanmagan. Biroq ism atoqli otlik xususiyatini yoʻqotib, turdosh otga aylansa, oʻz-oʻzidan kichik harfda yoziladi. Chunki turdosh ot jumla ichida kichik harfda yozilishi kerak:

Suv keltiraman deb yeng shimargan farhodlar bormi?
Surxondaryo – alpomishlar yurti.


Yuqoridagi ikki jumlada ajratib koʻrsatilgan soʻzlar ismlik xususiyatini yoʻqotgan. Farhodlar joʻmardlar, himmatlilar maʼnosini, alpomishlar esa polvonlar, kurashchilar maʼnosini ifodalayapti. Ularni sinonimlariga – turdosh otlarga bemalol almashtirish mumkin.

Ammo koʻplik qoʻshimchasi qoʻshilgan har qanday atoqli ot turdosh otga aylanib qolavermaydi:

Bugun Farhodlarnikiga boramiz.
Bu haqda Choʻlpon-u Qodiriylar ham yozgan.


Bu jumlalarda atoqli ot oʻz xususiyatini yoʻqotmagan, kishining ismi ekani namoyon boʻlib turibdi. Farhodlarniki – Farhod va uning oilasi xonadoni, Choʻlpon-u Qodiriylar – Choʻlpon va Qodiriy, Choʻlpon va Qodiriy kabilar.

#Soʻragan_edingiz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kerakli

⚠️Hamma ko’rishi shart bo’lgan animatsion film!

Loyiha :Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
2-02-latin.pdf
18.6 MB
⚡️ “Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Qumanjir🌵
#ajoyib

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (UzPFL) klublardan liboslarda futbolchining ism yoki familiyasini o‘zbek tilida to‘g‘ri yozishni talab etmoqda.

Endi o‘zimizni Milliy chempionatimizda Kholmatov, Kasimov, Khusanov kabilarni ko‘rmaymiz!

O‘zi aslida davno allaqachon bunday bema’nigarchilikdan voz kechish kerak edi.

qumanjir🌵
#Ona_tilim

Bu yerda, O‘zbekistonda do‘stlarim meni Nodira deb chaqirishadi,deydi Bay Yang.

👉davomi

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#ona_tilim_mangu_makonim

TO‘QQIZINCHI FЕVRAL


Men ertaga o‘laman, ona,
Agar sen bu kecha boshimda
O‘zbek tilidagi qo‘shiqlarni aytib turmasang.

Men ertaga o‘laman, ona,
Agar sening kelinlaring bu kecha
Buyuk shoirlarni tug‘masa agar.

Men ertaga o‘laman, ona,
Agar sening baxshilaring bu kecha
Tonggacha tugatolmasa «Alpomish» dostonini.

Men ertaga o‘laman, ona,
Daraxt shoxlarida qushlar bu kecha
«Lison ut-tayr»ni takror etmasa,
Men ertaga o‘laman, ona.

Uxlay olmadim men...
Boshimda qadimiy qo‘shiqlar aytding,
Kelinlaring tug‘di ulug‘ shoirlaringni.

Baxshilar...
Nafasi tiqilib bo‘g‘izlariga
«Alpomish» so‘ngini aytdilar tongda.

Qushlar...
Daraxt shoxlarida titragan qushlar,
Navoiy tilida gapirib chiqdi.
Men hech qachon o‘lmayman, ona!


✍️Eshqobil Shukur

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Forwarded from Qumanjir🌵
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Safsataboz, nomard-u tili botir,
Yoqangga tahqir muhri yorlig‘ini qadaydi.
Chet tilini o‘rgansang, seni “kosmopolit” der,
O‘z tilingda so‘zlasang, “millatchi” deb ataydi...

Erkin VOHIDOV,
O‘zbekiston Qahramoni,
O‘zbekiston xalq shoiri,
"Hushyor bo‘l!" sheʼridan, 1988-yil.
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Axborot kompyuterda ko‘chirilganligi haqidagi qayd».


Ma’lumotlarning kompyuterga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi «Axborot kompyuterga ko‘chirildi» yozuvi, ma’lumotlarni kompyuterga o‘tkazish uchun mas’ul shaxs imzosi va ko‘chirish sanasidan iboratdir.

Bunday qayd hujjatning quyi qismidagi bo‘sh joyga qo‘yiladi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Orif Tolib
Shahari emas, shahri

Shahar soʻziga uchinchi shaxs egalik qoʻshimchasi -i qoʻshilganda bir a tushadi va shahri hosil boʻladi.

Qachon shahari shaklini qoʻllash mumkin? Agar shahar soʻzi joy nomi tarkibida boʻlsa, a saqlanadi:

Toshkentning Eski shahariga sayohat qilamiz.

Eski shahar – Toshkentning qadimiy qismi nomi. Shuning uchun unga -i egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda ham tovush tushmaydi.

Shahar soʻzidan yasalgan hamshahar soʻzida ham shunday holat kuzatiladi:

Kecha tasodifan hamshaharini koʻrib qoldi.

🟢 Qolgan holatlarda esa shahri shaklida yozish toʻgʻri:

Dunyoning eng goʻzal 15 ta shahri.
Oʻzbekistonning 10 ta tumani va shahri.
Dunyoning eng boy shahri.
Toshkent shahri, Fargʻona shahri,
Qarshi shahri, qadimiy Varaxsha shahri.

#Soʻragan_edingiz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Forwarded from OYINA.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rahbarlarimizda millatparvarlik yoʻq. Xizmat koʻrsatish nuqtalari xorijiy tilda nomlangan...

“Oyina podkast“ining 2-sonidan

Toʻliq videoni koʻrish: https://youtu.be/65JmDqwIssM

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBEK TILIM
(Qasida)

Dilbarimsan shu jahonda,
dilrabo o‘zbek tilim,
Ham go‘zalsan, ham asal,
ohanrabo o‘zbek tilim.

Deydilar: forsiy – shakar,
lafzi arab – durri guhar,
Sen shakardirsan, guharsan
bebaho, o‘zbek tilim.

Necha so‘z forsiydin olding,
chun arabdin ham necha,
Baski, turkiy shiddating ul
serjilo, o‘zbek tilim.

Chin nafosat sendadir,
Sehr-u salobat sendadir,
Ul sababdin ham etarsan
mahliyo, o‘zbek tilim.

Gar maqom aytsak, jaranglab,
ko‘kka yetgaydir maqom,
Alla aytsak, ne ajab
shirin ado o‘zbek tilim.


✍️Jamol Kamol

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Emoji (smaylik)ga o‘zbekchada qanday nom berish mumkin deb o‘ylaysiz?
Anonymous Poll
19%
Kulgich
8%
Kuldirgich
25%
Imochi (imo-chi)
60%
Hisbelgi
13%
Boshqa so‘z