Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
514 subscribers
846 photos
173 videos
5 files
681 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#bilib_oling

Oʻzbek tili tarixiy taraqqiyoti va oʻzbеk etnоnimi


Oʻzbek tili eng qadimiy tillardan biri. Albatta, dastavval, mazkur til “oʻzbek tili” deya atalmagani barchamizga ma’lum.

Uning qadimiy bosqichlari haqida turkologlar, tilshunoslar turli fikrlarni, turli tasniflarni qayd etganlar.

Biz ham mazkur monografiyada oʻzbek tilining tarixiy taraqqiyotini an’anaviy tarzda 4 bosqichga ajratishni ma’qul koʻrdik.

1) qadimgi turkiy til;
2) eski turkiy til;
3) eski oʻzbek adabiy tili;
4) hozirgi oʻzbek adabiy tili.


Qadimgi turkiy til hamda eski turkiy til barcha turkiy tillarning taraqqiyotida mavjud boʻlgan bosqichlardir. Chunki bu davrlarda turkiy tillarning hech birisining oʻziga xos xususiyatlari paydo boʻlmagan, barcha turkiy xalqlar yagona tildan foydalangan.

Toʻgʻri, ayrim qabila, urugʻ foydalangan til shakli umumiy turkiy tildan farqlari boʻlgan, ammo ular alohida til sifatida shakllanib ulgurmagan.

XII asr oxiri XIII asr boshlarida asta-sekin turkiy xalqlarning
tillaridagi farqlar, ularning oʻziga xos xususiyatlari yuzaga kela boshlagan.

"OʻZBЕK TILINING SHАKLLАNISHI VА RIVОJLАNISHI TАRIXI"

А.R.MАTNIYAZОV, B.YUSUFOV

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Forwarded from Jadid.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi 32 yoshda

1992-yil 10-dekabr – «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan.

😄Jadid.uz’ga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qish lug’ati

Ayoz – Bu so’z ham turkiy tillarga oid so’z sanaladi. Odatda quruq sovuq , achchiq sovuq uchun ishlatiladi. Bu so’zning tagi qadimgi turkiy tilda ham uchraydigan va “ochiq ko’k yuzi, osmon” ma’nolarini bildiradigan so’zga borib taqaladi.
Ayoz, o'tgan kuningni unutma,
Xom chorig'ingni quritma.

Buyug’ /Buyuq/ – qattiq sovuq.  Bu ot qadimgi turkiy tilda “sovuqdan qotib o’lib qolmoq” ma’nosidagi bud-  fe’lidan yasalgan so’zdir. Buyuq so’zi shevalarimizda ishlatilib kelinadi. Farg’onada, Qo’qon atrofida bu so’zni ko’p eshitganman. Odatda issiqroq havoda qavat-qavat qalin kiyinib olgan odamga e’tiroz ohangida : “Namuncha qalin kiyinib olibsan? Buyug’da qolganmisan?” deyiladi. Bud- so’zi Mahmud Qoshg’ariyning Devonida uch o’rinda keladi. Devonda shunday o’rnak bor: “Er tumlugqa budtı”- Odam sovuqdan qotib qoldi va o’ldi.

Bulduruq - Ayozli, sovuq kunlarda yoki tuman paytlarida nam havo zarralarining muzlashi natijasida hosil boʻladigan mayda qattiq qor; qirov.

Izg’irin -  “sovuqqa shiddat bilan yo’naluvchi shamol” ma’nosida ishlatiladi. Bu ot izg’ir- feliga –ın qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. Umuman olganda sovuq shamol desa bo’ladi.

Qahraton – bu so’z juda ham shiddatli sovuq ma’nosini bildirib, doim “qahraton qish, qahraton sovuq” birikmalari bilan ko’rinadi.

Qirov – sovuq havo natijasida paydo bo’lgan oppoq qorsimon zarralar.  Bu so’z ham Devonda kıragu shaklida uchramoqda.  G’ undoshining v ga o’zgarishi natijasida so’z  “qirov qıråv” ga aylangan

Tuman - atmosferaning quyi qatlamlarida yuzaga keladigan mayda suv zarralari.  Qadimgi turkiy tilda ham bu so’z xuddi shunday tuman shaklida bo’lgan.

Tumov - burundan suv yoki nazla oqish kasalligidir. Umuman olganda burundan suyuqlik oqishidir. Bu so’z Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni Lug’ati’t turk” asarida tumagu shaklida keladi.  G’ undoshining v ga o’zgarishi natijasida so’z  “tumov tumåv” ga aylangan (qadimgi turkiy tildagi buzagu- buzåv kabi).

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Ilova mavjudligi haqidagi qayd».


Agar hujjatda matnda ko‘rsatilgan ilova bo‘lsa, u holda ilovalar borligi to‘g‘risidagi belgi quyidagi shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi:
Ilova 10 varaqda, 2 nusxada.

Agar hujjatda matnda ko‘rsatilmagan ilova bo‘lsa, ularning nomi, har bir ilovadagi varaqlar soni va nusxalar soni ko‘rsatilgan holda sanab o‘tilishi kerak.

Masalan:

Ilova: 1. Yangi o‘quv yiliga maktablarning tayyorgarligi to‘g‘risida ma’lumotnoma – 8 varaqda, 2 nusxada.
2. Maktablar ro‘yxati – 3 varaqda, 2 nusxada.


Agar ilova hujjatda ko‘rsatilgan barcha manzillarga jo‘natilmayotgan bo‘lsa, u holda ilovalarning borligi to‘g‘risidagi belgi quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi:

Ilova: 5 varaqda, 2 nusxada birinchi manzilga.

Agar hujjatga ilovasi bor boshqa bir hujjat ilova qilinsa,
u holda ilovaning borligi to‘g‘risidagi boshqa belgi quyidagi
shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi:

Ilova: Millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha doimiy
komissiyasining 2015.18.03. dagi xulosasi va unga ilova – jami
21 varaqda, 2 nusxada.


Basharti ilova tikilgan (broshyuralangan) tarzda bo‘lsa, u
holda varaqlar soni ko‘rsatilmaydi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#Taqdimot

Yangi nashr qilingan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorlikda universitetda “Oʻzbek tili sinonimlarining oʻquv lugʻati” hamda “O‘zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishi” qo‘llanmalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet xodimlari, kitob mualliflari, talabalar hamda Jamg‘arma mas’ullari ishtirok etishdi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#seminar

Xodimlarning davlat tilida ish yuritish malakasi va bilim salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari tashkil etildi.

“Toshkent metropoliteni” DUKda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 11-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mutaxassislari G.To‘ychiyeva va D.Yusufovalar ishtirokida metropoliten xodimlarlarining malakasi va bilim salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar va o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
​​#bilib_oling

Farmoyish hujjatlarining bir-biridan qanday farqi bor?

Farmoyish hujjatlariga buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabi hujjatlar kiradi. Bu hujjatlar barchasi buyruq berishga asoslangan hujjatlardir, lekin o‘z ichida ma’lum farqlarga ega. “Davlat tilida ish yuritish” kitobida bu hujjatlar haqida shunday tariflar berib o‘tilgan:

Buyruq
muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadi. Mohiyat-e'tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi.

Ko‘rsatma – idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek, lozim bo‘lsa, bosh muhandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega.

FarmoyishMuassasa ma'muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi.

Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqadigan bo‘lsak, buyruq asosiy va kundalik vazifalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, farmoyish amaliy masalalar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ko‘rsatmada esa axborot-metodik tusdagi masalalar yuzasidan buyruq beriladi. Va yana ko‘rsatma mustaqil holatda tayyorlanmaydi, balki qaysidir hujjat asosida chiqariladi. Vazifa yuklash uchun buyruqda “Buyuraman”, ko‘rsatmada “Yuklayman”, “Tavsiya etaman”, farmoyishda esa “Tavsiya qilaman”, “Ruxsat beraman” kabi so‘zlardan foydalaniladi. Bu hujjatlar qolip jihatda bir-biriga o‘xshashdir.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Bugun shoir va dramaturg Hamid Olimjon tavallud topgan kun (1909–1944)

Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbda ishq boʻlar mehmon.
Har yurakda gullar muhabbat,
Boʻston etar uni begumon
.

“Har yurakning...” sheʼridan olingan misralar.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
🏫 Qoʻqon universitetida davlat tili maslahatchilari uchun amaliy seminar boʻlib oʻtdi

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilari ishtirok etishdi.

Seminarda asosan davlat tili va reklamaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosiga e'tibor qaratilib, oʻzbek tili xalqimiz uchun bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyat ekanligi ta'kidlandi.

Shuningdek, seminar davomida Qoʻqon shahrida davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ