Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
517 subscribers
846 photos
173 videos
5 files
682 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Munosabat belgisi»

Munosabat belgisi xizmat hujjatlari ustiga mansabdor shaxslar tomonidan muayyan fikr bildirib yoziladigan qaydlardir.

Bunday qaydlar, odatda, nihoyatda qisqa, lo‘nda shaklda, ko‘rsatma tarzida yoziladi; biror qog‘ozga, u xoh yuqori tashkilotdan kelgan yo‘riqnoma yoki buyruq bo‘lsin, xoh muayyan xodimning talabi yoki shikoyati bo‘lsin, munosabat belgisini yozishdan oldin, rahbar u bilan yaxshilab tanishib chiqishi, mohiyatini chuqur anglashi va ijrosini to‘g‘ri belgilashi, vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turishga ham e’tibor berishi lozim.

Munosabat belgisining asosiy tarkibiga quyidagilar kiradi:
– ijrochi yoki ijrochilar familiyasi;
– qisqa ko‘rsatma – mazmuni;
– ijro muddati (zaruriyat bo‘lsa);
– rahbar imzosi (elektron raqamli imzo, QR kod);
– sana.


Ko‘p hollarda hujjatda yakka munosabat belgisi bo‘ladi. Hujjat ijrosi tartibiga yoki uning ijrochilari tarkibiga aniqlik kiritish lozim bo‘lsa, boshqa shaxslarning munosabat belgisi ham qo‘yiladi. Munosabat belgisi umumiy va aniq mazmunga ega bo‘lishi mumkin.

Umumiy munosabat belgilari:

Rahbarlik uchun inobatga olinsin.

Ijro uchun inobatga olinsin.

Ma’lumot uchun inobatga olinsin.


Aniq munosabat belgisida rahbar hujjatning mazmunidan kelib chiqib, bo‘ysunuvchi lavozimdagi shaxslarga tegishli topshiriqlar yozadi.

Ularda, odatda, lavozimlari qayd etilgani holda (kichik tashkilotlarda shart emas) aniq shaxslar ismi va familiyasi ko‘rsatiladi:

Kasaba uyushmasi qo‘mita raisi E. Zokirovga
Qo‘mita yig‘ilishida ko‘rib chiqing va shikoyatga javob xati
tayyorlang.
________________
(shaxsiy imzo, sana)


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Bulduruqmi yoki bulduriq? – Bir so‘z imlosi izidan yoxud adabiy tilda ortogrammalarning mutlaqlashuvi

Adabiy til me’yorlari milliy til xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanishini hisobga olsak, imlo qoidalarimizda bulduriq yozilishi norma deb topilgan so‘z. Shu tilda nashr etilgan barcha lug‘atlarda, jumladan, elektron lug‘atlar, darslik kitoblar, ommaviy axborot vositalari, hatto me’yor uchun asos qilib olingan imlo lug‘atlarimizning bir nechtasida ham bulduruq shaklida berilganini qanday baholaymiz?

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3219

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X
Rasul Hamzatov. Mening Dog‘istonim. Toshkent, 2019.

Dunyoda shunday qarg‘ish-u duoibadlar borki, eshitsangiz, etingiz jimirlab ketadi. Alhazar! Odam bolasining og‘zidan bunday qo‘rqinch so‘zlar chiqishiga ishonmaysiz. Lek til suyaksiz, tig‘i esa qilichdan-da keskir – yurakni shunday jarohatlaydiki, chandig‘i umrbod bitmaydi. “Mening Dog‘istonim”da dahshatli bir lavha keladi: “Iloyo, Yaratganning o‘zi bolalaringni ona tilida gapirishdan benasib etsin! Bir ayol ikkinchisini shu so‘zlar bilan qarg‘abdi”. Agar shu qarg‘ish ijobat bo‘lsa, o‘sha farzand timsolida butun millatning ahvolini tasavvur qildim-u ko‘z oldim qorong‘ilashib ketdi. Ajnabiy lisonda tili chiqqan, ona tilini butkul unutgan millionlab manqurtlarni xayolga keltirishning o‘zi dahshat!

Rasul Hamzatov Parijda asli dog‘istonlik rassom bilan tanishadi. Musavvir qalbida Vatan sog‘inchi yashayotgani, biroq yurtiga qaytolmasligini aytadi. Shoir Dog‘istonga kelgach, rassomning qarindosh-urug‘larini izlab topadi. Qarangki, uning onasi ham hayot ekan. Musofir o‘g‘lining kechmishlarini tinglar ekan, ona to‘satdan “Sizlar avarcha so‘zlashdinglarmi?” deb so‘raydi. “Yo‘q, biz tarjimon yordamida gaplashdik. Men ruscha gapirdim, u fransuzcha” deb javob beradi shoir. Voqeaning davomi bunday: “Ona yuziga qora chodrasini tushirdi, bizda onalar o‘z o‘g‘lining o‘lganini eshitganda shunday qiladi... Uzoq jimlikdan keyin ona dedi: “Rasul, sen yanglishibsan, mening o‘g‘lim allaqachon o‘lgan ekan. Agar hayot bo‘lganda, avar onasi o‘rgatgan tilni unutmagan bo‘lardi”.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zni belgilang.
Anonymous Quiz
60%
ko‘rgulik
40%
ko‘rgilik
“Jadid” gazetasining 48-soni nashr etildi

Gazetaning ushbu sonida:

📌 “O‘qtomir”;
📌 “Vaqt barakasi”;
📌 “Ma’naviy halokat qanday boshlanadi?”;
📌 “O‘zbek tilini internet tiliga aylantiramiz”
kabi maqolalarni o‘qishingiz mumkin.

👉 Pdf

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
#ona_tilim

Kecha bittasi azbaroyi zerikkanidan Fb(!)ga yozibdi: “Xolodes”ning o‘zbekchasi nima bo‘ladi?”

Topqir o‘zbegim bir dunyo variantlarni qalashtirib tashlaganki, o‘qib maza qivorasiz! Mana ular: “liqqildoq”, “kilkildoq”, “qilpildoq”, “bilqildoq”, “jippildoq”, “dirildoq”, “hilhildoq”, “biliq-biliq”, “muzsho‘rva”, “yumshoqsovuq”, “ilvira”, “yaxnama”, “liq-liqa”, “liqliqi”, “aspiq”, “hashlama”, xorazmliklar “do‘ngdirmo” derkan, bittasi jonini ko‘p koyitib o‘tirmay “pishirib, sovutilgan yaxna go‘sht” deb qo‘ya qoldi. Mana sizga olam-olam so‘z! Xalq ziyrak. Xalq dono. Xalq topqir.

Sh.IBROHIMOV
Facebook

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Nazorat haqida qayd

✔️«Nazorat haqida qayd» faqat ijrosi nazorat ostiga olingan hujjatlarga qo‘yiladi. Ushbu qayd rangli qalam yoki maxsus shtamp bilan «N» harfi yoki «nazorat» so‘zi orqali ifodalanadi.

✔️Ushbu belgi hujjatning chap chekkasiga, «Matn sarlavhasi» qismi qarshisiga qo‘yiladi.

✔️Agar hujjat elektron hujjat aylanish tizimi orqali qabul qilingan bo‘lsa, «Nazoratdagi hujjatlar» yig‘majildiga joylashtiriladi va «nazorat» belgisi bilan toifalanadi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#jarayon

🔰Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘linmasi tinglovchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰Dars sifati, ustozlarning kasbiy mahorati, o‘quv kursi bo‘yicha taassurotlari xususida suhbat bo‘lib o‘tdi.

🔰Kurs yakuni bo‘yicha faol tinglovchilar rag‘batlantirildi.


Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#taqdimot

Yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


🔰Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi  munosabati bilan chop etilgan yangi kitoblar taqdimoti tashkil etildi.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr qilingan “Mamleketlik tilde is jurgiziw tiykarlari” va “Davlat tilida ish yuritish asoslari”, “Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalari etnografizmlari” kitoblari bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ