Урал Ўразбоев
132 subscribers
24K photos
2.08K videos
191 files
11.6K links
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутати
Download Telegram
Forwarded from O`zXDP Jizzax
#Jizzax_2024
#Saylov_2024

Mening tanlovim, obod vatanim!

O'zbekiston Xalq Demokratik partiyasidan ko'rsatilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlarga ko'rsatilgan nomdozlarga tavsiyalar berish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O'.O'razbayev, M.O'razaliyeva hamda partiyaning viloyat kengashi raisi N.Xolmatovlar ishtirokida o'quv-seminari o'tkazildi.
https://t.iss.one/xdp_jizzax
Forwarded from O`zXDP Jizzax
#Jizzax_2024
#Saylov_2024

Mening tanlovim, obod vatanim!

O'zbekiston Xalq Demokratik partiyasidan ko'rsatilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlarga ko'rsatilgan nomdozlarga tavsiyalar berish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari U.Vafoyev O'.O'razbayev, M.O'razaliyeva hamda partiyaning viloyat kengashi raisi N.Xolmatovlar ishtirokida Zomin hamda Do'stlik tumanlarida o'quv-seminari o'tkazildi.
Forwarded from O`zXDP Jizzax
#Jizzax_2024
#Saylov
#Baxmal_tumani

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi deputatligiga qo'yilgan nomzod bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zXDPning Jizzax viloyat kengashi tomonidan Baxmal tumani hududidagi aholilar bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘. O‘razboyev ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda nomzod  tomonidan partiyaning yangi Saylovoldi dasturi, nomzod saylovchilarga tanishtirildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirish, xalq farovonligiga erishish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda saylovlar fundamental ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi uzoq yillik tajribaga ega bo‘lib, yurtimizda o‘tkazilgan barcha saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelgan.

Kuchli jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlashdek umuminsoniy g‘oyalarga tayangani uchun partiyamiz g‘oyalari har doim dolzarb bo‘lib kelmoqda.

Shuningdek, uchrashuvda ishtirokchilarga siyosiy tushunchalar berilib targ'ibot vositalari tarqatildi.
Forwarded from O`zXDP Jizzax
#Jizzax_2024
#Baxmal_tumani

Nomzodlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Baxmal tumanidagi 16-sonli Musiqa va sanʼat maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga va mahalliy Kengashlar deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarning targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi.

Saylovchilar bilan muloqotda nomzod O'ral O'razbayev Kamalovich tomonidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy g‘oyalari, yangi Saylovoldi dasturidagi eng muhim tashabbuslari to‘g‘risida, shuningdek, nomzodlar haqida ma’lumotlar berildi.
https://t.iss.one/xdp_jizzax
Forwarded from O`zXDP Jizzax
#Jizzax_2024
#Baxmal_tumani

Baxmallik aholi ham partiyamiz gʻoyalarini qo'llab-quvvatlashmoqda.

O‘zXDPing Jizzax viloyat kengashi faollari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari, volontyorlik guruhlari ham faol targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda.

Baxmal tumanida joylashgan. Kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan muloqotda partiyaning yangi Saylovoldi dasturi, nomzodlar saylovchilarga tanishtirildi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda partiyaning Saylovoldi dasturidagi eng muhim yo‘nalish, xalq manfaatlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan g‘oya va takliflar yig‘ilganlarga tushuntirib berildi.