USV (Universe school of volunteers)
596 subscribers
183 photos
9 videos
35 links
✔️"Universe volontyorlar maktabi" (USV) 2-mavsumi yoxud "Shaxsiyatni rivojlantirish maktabi"
📆09.10.2021 - 18.12.2021
15:00 - 17:00

🔥Birgalikda bir nuqtada birlashamiz!
Download Telegram
🚀Tadbir boshida Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev soʻzga chiqib, bitiruvchilarni bayram bilan tabriklab, ularga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

🏵Dastlab loyiha tashkilotchilari tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Soʻngra loyihani muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga qizil diplomlar, faol ishtirokchilarga esa koʻk rangli diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

🔎 @usv_channel
🤩Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasining "Dutorchi qizlar ansambli" tomonidan chalingan ajoyib kuylar, "Artist" loyihasining yarim-final ishtirokchisi Husnida Abdurashitova hamda "Artist" loyihasining final bosqichi ishtirokchisi Muhammadali Jo'rayev tomonidan ijro etilgan ajoyib taronalar bitiruvchilar kayfiyatiga kayfiyat ulashdi!

❤️Tadbir so'ngida bitiruvchilar oʻz taassurotlari bilan o'rtoqlashib, loyihaning kelgusi faoliyatiga omad tilab qoldilar!

🔎
@usv_channel
"Universe volontyorlar maktabi" 2-mavsum yoxud "Shaxsiy rivojlanish maktabi" sizga manzur boʻldimi?
Anonymous Poll
56%
Xa, albatta
8%
Yo'q, manzur boʻlmadi
12%
Ishtirok etmadim
25%
3-mavsumni kutyabman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Universe volontyorlar maktabi" 2-mavsum yoxud "Shaxsiy rivojlanish maktabi"ning yopilish marosimiga tayyorlangan ajoyib video-rolikni eʼtiboringizga havola etamiz!

🚀"UNIVERSE" - cheksiz imkoniyatlar kaliti!

🔎
@usv_official
🔥42👍1
Bu haqida uzoq yozgim kelyabdi, lekin barchasini bittagina jumla bilan nomlamoqchiman: "MISSIYA BAJARILDI!"

2 kun ichida 400 dan ortiq ro'yhatdan o'tgan yoshlarning ichidan 100 nafarini saralab, ularni turli yo'nalishlarda bilim va ko'nikmaga ega bo'lishlari uchun imkoniyat yaratish, spikerlarni taklif qilish, taklifnomalar tayyorlash, kutib olishdan tortib joy masalalari, ekranning fonida qanday surat turishi bilan bog'liq shirin "bosh og'riqlar" o'z nihoyasiga yetdi.

Jamoa juda katta mehnat qildi. Juda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tdi.
Qanchadan qancha qiyinchiliklar, qanchadan qancha sinovlarga duch keldik, lekin barchasini yengib o'tdik. Jamoamdagi birorta inson meni tashlab ketmadi. Sinovli kunlarda, omad mendan yuz o'girgan damlarda ham menga tirgak bo'ldilar. Bunday jamoa hech qayerda, hech kimda yo'q! Rahmat jamoa, boringizga shukur deyman! Biz buni uddaladik!

Shu o'rinda hurmatli spikerlarimiz bilan birgalikda yana bir guruh insonlarga rahmat aytmoqchiman. Meni doimo qo'llab-quvvatlagan, menga ishongan Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Sh.Joldasovaga, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi xodimi B.Aralbaevaga, O'zbekiston volontyorlar assosiatsiyasi direktori Sh.Abidavaga o'zimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman.

Yana bir inson bor. U haqida juda uzoq gapirishim mumkin, lekin bir so'z bilan aytganda meni qadrdon akam O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi Sh.Anvarov. Meni shahar kengashiga ishga taklif qilib, katta imkoniyatlar yaratib bergani uchun rahmat aytaman. Loyihaning barcha moliyaviy va tashkiliy ishlarida aynan Shukurulloxon Anvarovning o'rni va roli beqiyosdir. Spiker bilan bog'liq muammo bo'lsa, darhol uni hal qilib bergan ham, joy masalasi muammo bo'lsa, darhol boshqa joy topib bergan ham, loyihaning saviyali o'tishida juda katta mablag' sarflagan ham aynan Sh.Anvarov bo'ladilar. O'zbekiston yoshlar ittifoqi haqida gapirishsa, salbiy fikrlar eshitishga o'rganib qolganman, lekin tizimning ichiga kirilsa, chindan ham yoshlar uchun, Vatan uchun yonib ishlayotgan insonlar borligini nafaqat ko'rish, balki xis etish ham mumkin bo'ladi.

100 nafar yoshlar asta-sekin saralanib, yakunda 50 nafar yosh maktabni bitirganligi to'g'risida sertifikatlarga ega bo'ldilar. Qolgan 50 nafar yoshdan uzr so'ramoqchiman. Dilingizni og'ritgan bo'lsam, kechiring. Mayli meni yomon ko'ring, mayli mendan nafratlaning, lekin shunday qilmasam bo'lmasdi. Loyihaning qadri, saviyasi uchun ham shunday qilishim kerak va shart edi.

Yopilish marosimida o'zim istamagan holda biroz ko'zimga yosh keldi. Auditoriya oldida yig'lashga o'rganmaganman, lekin bu safar o'zimni tiyib turolmadim. Chunki jamoamni, bitiruvchilarimni juda qattiq yaxshi ko'raman.

Ota-onamga alohida rahmat aytaman.
Meni hamisha o'z duolarida eslab, menga jismonan, qalban, ruhan yordam berayotganliklari uchun cheksiz tashakkur aytaman. Bugungi kunga qadar birorta loyihamga ota-onamni taklif qilmaganman. Lekin niyat qildim, keyingi loyihamga albatta ota-onamni taklif qilaman.

Umumiy olib qaraganda loyiha muvaffaqiyatli o'tdi. Hozirdanoq 3-mavsumni so'rab, murojaat qilayotganlar bir talay. Hozirda jamoa bilan 3-mavsum haqida bosh qotiryabmiz. Uni yanada saviyali va natijaviy bo'lishini istaymiz va shuning uchun ham harakat qilyabmiz.

"Universe" tugamaydi, "Universe" to'xtamaydi. Insonlar bizdan eng yaxshilarini kutishga o'rganib qolishdi va biz ham ularga eng yaxshilarini taqdim etishda davom etamiz!

Mehr uchun, muhabbat uchun, e'tibor va ishonch uchun alohida rahmat, azizlarim!

Hurmat bilan
Azizbek Ochilboyev

🔎
@Ochilboyev_Azizbek_official
🔥4👍2🥰2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Universe volontyorlar maktabi" 2-mavsum yoxud "Shaxsiy rivojlanish maktabi" muvaffaqiyatli yakunlandi!

🔎 @usv_channel
5
"Universe volontyorlar maktabi" 2-mavsum yoxud "Shaxsiy rivojlanish maktabi"da qaysi spikerning treningi sizga koʻproq manzur boʻldi?
Anonymous Poll
14%
Ulugʻbek Ismatov
15%
Jamshid Umurzoqov
19%
Nuriddin Ubaydullayev
9%
Feruz Allayev
7%
Shahnoza Soatova
5%
Dilobar Mirvosilova
6%
Ikram Xudaybergenov
25%
Hasan Mamasaidov
#tayyormisiz
#kutyabsizmi

🧐"Shaxsiy rivojlanish maktabi"ning 2-mavsumi qanday boʻlishini istaysiz?

Oʻz fikr va takliflaringizni "chat" guruhimizda yozib qoldirishingiz mumkin!

🤩"Universe" sizga eng yaxshilarini taqdim etishda davom etadi!

🔎 @USV_channel
👍4
🟦🟦🟦🟦 #volontyorlar_maktabi

🟦 Volontyorlik sohasiga qiziquvchi, shaxsiy rivojlanish istagida bo'lgan barcha yoshlar diqqatiga!

🇺🇿 Yangi formatdagi "Universe" volontyorlar maktabi o'zining 1-mavsumiga start berish arafasida. Ushbu loyiha orqali shaxsiy rivojlanish istagida bo'lgan yoshlarga 2 oylik o‘quv kurslari va amaliyot dasturlari tashkil etiladi.

📝 Imtihon jarayonlari 4 bosqichdan iborat bo'lib, loyihada faqatgina eng kuchli 50 nafar yosh tahsil oladi!


#yoshlaragentligi #universe #uva #seminar

🕊@universe_volontyorlar_maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM