Turan Security
2.07K subscribers
229 photos
35 videos
1 file
127 links
Information Security services provider founded by heavily experienced guys | turansec.uz

Aloqa uchun: @turan_admin , [email protected]
Download Telegram
Turan Security asoschilaridan biri 17-dekabr kuni Markaziy bank va “Kapitalbank” tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda spiker sifatida ishtirok etdi. Kun quyidagi mavzularga bag‘ishlandi: “Axborot xavfsizligi va firibgarlikka qarshi kurashish" Cyber Security Baseline systems.

Tadbir esa kengroq va nihoyatda dolzarb mavzu doirasida o‘tkazildi: “Axborot xavfsizligi va firibgarlikka qarshi kurashish: 2025-yilga kelib natijalar, tendensiyalar va transformatsiya.” Muhokamalar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi: Kiberxavflar va firibgarlik sxemalarining ortib borishi; avtomatlashtirish va kirishlarni nazorat qilishning operatsion hamda regulyator risklarni kamaytirishdagi roli; moliya sektorida axborot xavfsizligiga yondashuvlarning transformatsiyasi. Tadbir tashkilotchilariga amaliy tajriba bilan o‘rtoqlashish imkoniyati uchun, shuningdek, ishtirokchilarga professional muloqot va mavzuga bo‘lgan katta qiziqishlari uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.

_______________________________

One of the founders of Turan Security participated as a speaker on December 17 at an event jointly organized by the Central Bank and Kapitalbank.

The presentation was dedicated to the topic:
“Information Security and Countering Fraud: Cybersecurity Baseline Systems.”

The event itself was held within a broader and highly relevant agenda:
“Information Security and Countering Fraud: Results, Trends, and Transformation Towards 2025.”

During the discussions, special attention was given to the following issues:

the growing number of cyber threats and fraud schemes;

the role of automation and access control in reducing operational and regulatory risks;

the transformation of information security approaches in the financial sector.

We would like to express our sincere gratitude to the event organizers for the opportunity to share practical experience, as well as to the participants for the professional dialogue and strong interest in the topic.

@TuranSecurity | www.turansec.uz
33👍126🔥6👨‍💻2
#KiberXavfsizlik
#BirgaKuchliroqmiz
Kiberxavfsizlikda yangi hamkorlik


“Cyber university” davlat universiteti va Turan Security o‘rtasida kiberxavfsizlik sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

➡️Hamkorlik doirasida kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, trening va master-klasslar o‘tkazish, CTF musobaqalarini tashkil etish, kiberxavfsizlik klubini yo‘lga qo‘yish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar uchun amaliyot dasturlarini amalga oshirish belgilandi.

😑😑😑😑

A New Milestone in Cybersecurity Cooperation

TASHKENT – Cyber University and Turan Security have officially entered into a strategic partnership by signing a Memorandum of Cooperation (MoC) today. This alliance aims to significantly advance the cybersecurity landscape through academic and industrial synergy.

@TuranSecurity | www.turansec.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1615👍52
#KiberXavfsizlik
#BirgaKuchliroqmiz
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bilan Turan Security o'rtasida memorandum imzolandi.


Turan Security va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan Memorandumning asosiy maqsadi — kiberxavfsizlik ta’limini real amaliyot bilan uyg‘unlashtirish orqali yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. Hamkorlik doirasida talabalar uchun amaliyot va stajirovkalar, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari hamda mutaxassislar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Turan Security’ning xalqaro tajribasi va e’tirof etilgan yutuqlari yoshlar uchun real kiberxavflar bilan ishlash imkonini yaratadi. Ushbu hamkorlik kiberxavfsizlik madaniyatini rivojlantirish va sohaga kuchli kadrlar yetishtirishga xizmat qiladi.


-—-—-—-—-—-—-—-—-—-—-—-—
#CyberSecurity
#StrongerTogether
Memorandum signed between the Public Security University of the Republic of Uzbekistan and Turan Security.

The main goal of the Memorandum signed between Turan Security and higher education institutions is to train highly qualified specialists by integrating cybersecurity education with real practice. Within the framework of cooperation, internships and practical training for students, joint scientific research projects, and expert exchanges will be organized. Turan Security’s international experience and recognized achievements provide young people with the opportunity to work with real cyber threats. This cooperation serves to develop a cybersecurity culture and train strong personnel for the sector.

@TuranSecurity| www.turansec.uz
30🔥9👍74
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pwn2Own 2025: Samsung S25 Ultra zero-click orqali buzildi - $100 000 mukofot

Pwn2Own 2025 xalqaro xakerlik musobaqasida tadqiqotchilar Samsung S25 Ultra qurilmasini zero-click zaiflik orqali 1 daqiqadan kam vaqt ichida komprometatsiya qilishdi va $100 000 mukofotni qo‘lga kiritishdi.

Muhim jihatlar:
▫️Foydalanuvchidan hech qanday harakat talab qilinmadi;
▫️Link bosish, fayl ochish yoki ilova o‘rnatish bo‘lmadi;
▫️To‘liq masofaviy ekspluatatsiya;
▫️Qurilma flagman bo‘lishiga qaramay buzildi;

Texnik xulosa:
Zero-click hujumlar bugungi kunda mobil OS, xizmatlar va kommunikatsiya steklari uchun eng xavfli tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. Qurilmaning yangiligi xavfsizlik kafolati emas.

Tavsiyalar:
Mobil qurilmalar uchun Threat Model’ni yangilash
MDM / EMM siyosatlarini qayta ko‘rib chiqish
Zero-click ssenariylarini incident response rejalariga kiritish

😎Turan Security eslatib o'tadi:
Hujum uchun foydalanuvchi xatosi shart emas.


#TuranSec #Pwn2Own2025 #ZeroClick #MobileSecurity #Samsung #Infosec #CyberThreats

Komprometatsiya - Tizim egallab olinishi

@TuranSecurity| www.turansec.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28👍13🔥91😁1
Bayram muborak!

📖Bugun 14-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 34 yil to‘ldi. Vatani va oilasini himoya qilayotgan har bir erkakga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va farovon hayot tilaymiz.

Do'stlar, tashqi tahdidlar kibermakonga ko'chib ulgurdi! Raqamli dunyoda yurtimiz xavfsizligini oshirish yo'lida, sizga sabr-toqat va kuch-quvvat tilab qolamiz. Ilm olishdan, o'z ustingizda ishlashdan to'xtamang!

Sizlarga mustahkam sog‘lik va yurt ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, 
Turan Security jamoasi

www.turansec.uz | [email protected]
🔥221413
⚠️ AuraAudit (AuraInspector): Salesforce Aura muhitidagi noto‘g‘ri sozlamalarni aniqlovchi ochiq manbali xavfsizlik vositasi

Kiberxavfsizlik sohasida yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan Mandiant Salesforce platformasida xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan yangi ochiq manbali vositani taqdim etdi. AuraInspector (ko‘pincha AuraAudit deb ham ataladi) — bu buyruqlar satrida ishlovchi (CLI) audit vositasi bo‘lib, Salesforce Aura framework’idagi kirish huquqlarining noto‘g‘ri sozlanishini aniqlash va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan.

⚠️ Mazkur vosita, ayniqsa, Salesforce Experience Cloud muhitlarida tez-tez uchraydigan va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik bo‘shliqlarini aniqlashga yordam beradi.

📱 Batafsil

PS : UZCERTning rasmiy kanaliga a'zo bo'lishni maslahat qilamiz.

#AuraAudit #AuraInspector #Salesforce #Aura #xavfsizlik #vosita
🚀 UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1174👨‍💻1