CVE lardan keyin NASAni buzdik🔥
Jamoadoshimiz Jamshid Yergashvoyev NASA da bir necha zaifliklar aniqladi. Zaifliklar orqali NASA Operatsion tizimlarida mavjud fayllarni masofadan yuklab olish, HTML inyeksiya va boshqa hujumlar amalga oshirish mumkin. Zaifliklar Bugcrowd platformasi orqali NASA ga topshirilgan va bartaraf etilgan.
TuranSec uchun bu birinchi natija emas, jamoa NASA da 3 marta *HoF (Hall of Fame) ga kirishgan ulgurgan, birinchi marta 2023-yilda.
HoF - tashkilot xavfsizligini ta'minlashga hissa qo'shgan Xakerlar ro'yxati.
@TuranSecurity | www.turansec.uz | [email protected]

🔥47❤16👍9😱4👨💻2
#KiberXavfsizlik101
#CyberSec101
🛡 Axborot xavfsizligi tuzilishi
Bugungi kunda hayotimizning deyarli barcha qismi raqamli platformalar bilan chambarchas bog‘liq: do‘stlar bilan muloqot qilamiz, bank operatsiyalarini amalga oshiramiz, onlayn xarid qilamiz, biznes yuritamiz. Shu sababli asosiy savol paydo bo‘ladi:
👉 Ma’lumotlarimizni qanday himoya qilamiz?
Shu o‘rinda Information Security (InfoSec) , ya’ni axborot xavfsizligi tushunchasi maydonga chiqadi. Qisqacha qilib aytganda, InfoSec — bu ma’lumotlarni ruxsatsiz ko‘rish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish.
Ammo InfoSec oddiygina antivirus yoki parol qo‘yish emas. Bu butun boshli tizim va tuzilma , ichida turli jamoalar hamda mutaxassisliklar mavjud.
🌍 Raqamli dunyo qanday tuzilgan?
Oddiy qilib tasavvur qiling:
🔹 Client (mijoz) – siz foydalanadigan PC yoki laptop, xizmatlarga internet orqali ulanadi.
🔹 Internet – turli xizmatlar va platformalar (masalan: HackTheBox).
🔹 Servers – xizmat ko‘rsatuvchi kompyuterlar (masalan, web-server orqali siz shu maqolani o‘qiyapsiz).
🔹 Network – server va kompyuterlar o‘zaro bog‘langan tizim.
🔹 Cloud – yirik data-centrelarda joylashgan ulkan server infratuzilmalari.
Xavfsizlik jamoalari:
🔵 Blue Team – kompaniyaning ichki mudofaasini ta’minlaydi.
🔴 Red Team – hujumlarni sinab ko‘radi, zaif joylarni topadi.
🟣 Purple Team – Blue va Red hamkorlikda ishlaydi.
🏰 InfoSec – Qal’a misolida
Axborot xavfsizligini oddiy qilib qal’a sifatida tasavvur qiling:
💎 Xazina – sizning ma’lumotlaringiz.
🧱 Qal’a devorlari – firewalls, shifrlash va boshqa himoya texnologiyalari.
🛡 Qo‘riqchilar – access control va monitoring tizimlari.
⚔️ Penetration Testers – ritsarlar, devorlarning zaif joylarini sinaydi.
👾 Cyber Threats – xazina ortidan quvuvchi dushmanlar.
🏗 Digital Transformation – qal’a kengayishi va yangi zaifliklar paydo bo‘lishi.
🎯 Real misol:
🔶 Bank mijozlarining karta ma’lumotlari onlayn saqlansa, lekin himoya sust bo‘lsa – hackerlar tizimga kirib pul o‘g‘irlashi mumkin.
🔶 Davlat idorasidagi maxfiy hujjatlarni esa insider threat (ichkaridagi xodim) sotib yuborishi mumkin.
🔑 Asosiy xavfsizlik yo‘nalishlari
🔶 Network Security – tarmoqni himoya qilish.
🔶 Application Security – dasturiy ta’minotdagi zaifliklarni yopish.
🔶 Operational Security – kundalik jarayonlardagi xavfsizlik.
🔶 Disaster Recovery & Business Continuity – favqulodda vaziyatdan keyingi tiklanish.
🔶 Cloud Security – bulutli xizmatlarni himoya qilish.
🔶 Physical Security – jihozlarni jismoniy himoya qilish.
🔶 Mobile Security – mobil qurilmalarni himoya qilish.
🔶 IoT Security – aqlli qurilmalar (kameralar, sensorlar) xavfsizligi.
⚡️ Threat, Vulnerability, Risk
🔶 Threat (Tahdid) – zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan sabab (hacker, virus, tabiiy ofat).
🔶 Vulnerability (Zaiflik) – tizimdagi sustlik (eski server, oddiy parol).
🔶 Risk (Xavf) – tahdid + zaiflik birlashganda yuzaga keladigan zarar ehtimoli.
🎯 Misol:
Zaiflik – kompaniya paroli: “admin123”.
Tahdid – brute force hujum qiladigan hacker.
Risk – kompaniya ma’lumotlari o‘g‘irlanishi.
👨💻 InfoSec’dagi rollar
🔶 CISO – xavfsizlik strategiyasini belgilaydi.
🔶 Security Architect – xavfsiz tizim va tarmoqlarni loyihalaydi.
🔶 Penetration Tester – zaifliklarni topadi, hujumlarni sinaydi.
🔶 Incident Response Specialist – hujum sodir bo‘lganda javob beradi.
🔶 Security Analyst – tizimni kuzatadi, threatlarni tahlil qiladi.
🔶 Compliance Specialist – qonun va standartlarga moslikni nazorat qiladi.
📌 Xulosa:
Axborot xavfsizligi – bu faqat texnologiya emas, balki butun boshli tizim. Kimdir devor quradi, kimdir hujum qiladi, kimdir kuzatadi, yana kimdir qoidalarni tekshiradi.
@TuranSecurity | www.turansec.uz

Telegram
Turan Security
Information Security services provider founded by heavily experienced guys | turansec.uz
Aloqa uchun: @turan_admin , [email protected]

👍14🔥9❤5😁3🌚2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#css2025 #cknews
🦁“CYBERKENT 3.0”da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
2025-yilning 7-8 oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2025” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasida “Cyberkent 3.0” respublika musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, Kiberxavfsizlik markazi “Cyberkent 3.0”da ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!
Musobaqada quyidagi 3 ta ko‘rinish bo‘lib o‘tadi:
🔴 Hujumchi jamoa (Red team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.
2025-yil 9-sentabr kuni Hujumchi jamoa (Red team) jamoalari uchun saralash bosqichi o‘tkaziladi va unda ishtirok etish uchun arizalar 25-avgustdan 8-sentabrgacha qabul qilinadi. Hujumchi jamoa (Red team) saralash musobaqalari attack.cyberkent.uz orqali onlayn ko‘rinishida bo’lib o‘tadi.
⏺Himoyachi jamoa (Blue team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.
2025-yil 16-sentabr Himoyachi jamoa (Blue team) uchun saralash bosqichi o‘tkaziladi va unda ishtirok etish uchun arizalar 25-avgustdan 15-sentabrgacha qabul qilinadi. Himoyachi jamoa (Blue team) saralash musobaqalari defence.cyberkent.uz sayti orqali onlayn ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi.
❗️Hujumchi jamoa (Red team) saralash bosqichidan o’tgan jamoalar Himoyachi jamoa (Blue team) uchun bo’lib o’tadigan saralash bosqichida ishtirok eta olmaydi.
🟢Ochiq topshiriqlar – Yakka tartibda ishtirok etadiganlar uchun alohida yo‘nalish.
“Cyberkent 3.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
🔴Hujumchi jamoa (Red team)
🥇1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉3-o‘rin –10 mln so‘m
⏺Himoyachi jamoa (Blue team)
🥇1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉3-o‘rin –10 mln so‘m
🟢Ochiq topshiriqlar
🥇1-o‘rin –15 mln so‘m
🥈2-o‘rin –10 mln so‘m
🥉3-o‘rin –5 mln so‘m
✅Bundan tashqari, g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Batafsil ma’lumot: (55) 502-10-10
Veb-sayt: cyberkent.uz
🌐Website

| 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube🔥12👍5❤4👨💻2👀1
Mustaqillik kunimiz muborak!
34 yil avval xalqimiz o'z taqdirini o'zi hal qilish huquqiga erishdi. Bugun biz mustaqil, rivojlanayotgan va raqamli texnologiyalar sohasida oldinga intilayotgan davlatmiz.
Turan Security jamoasi sifatida biz mamlakatimizning kiberxavfsizlik sohasidagi rivojlanishiga hissamizni qo'shishdan faxrlanamiz.
Vatanimiz gullab-yashnashi va raqamli kelajagi xavfsiz bo'lishi uchun ishlaymiz!
#Mustaqillik34
#Ozbekiston
#TuranSecurity
Ananamizga sodiq qolgan tarzda BASH tabrigini izohlarda qoldirdik.

🔥18❤6👍5👀2
Juniorlarimizning harakatlari natijasi :
kiberxavfsizlik sertifikatlarini olgan 5 mutaxassisimizni faxr bilan taqdim etamiz.
https://youtu.be/QQLQU61TBfE
@TuranSecurity | www.turansec.uz
kiberxavfsizlik sertifikatlarini olgan 5 mutaxassisimizni faxr bilan taqdim etamiz.
https://youtu.be/QQLQU61TBfE
@TuranSecurity | www.turansec.uz
YouTube
Results by Turan Security interns
Ushbu videoda biz xalqaro kiberxavfsizlik sertifikatlarini olgan 5 mutaxassisimizni faxr bilan taqdim etamiz.
___________
In this video, we proudly present our 5 experts who earned international cybersecurity certifications.

🔥27❤4👍4👀3
🔴 Red Team – team1337
team1337 — команда, представляющая киберсообщество, объединённое общим интересом к информационной безопасности и наступательным практикам.
Для участников команды важны не только соревнования, но и вклад в развитие комьюнити: обмен знаниями, совместные проекты и повышение уровня экспертизы в сфере кибербезопасности.
📅 17–19 сентября
📍 Алматы | Sadu Arena
#KazHackStan #CyberKumbez #RedTeam
🔴 Red Team – team1337
team1337 — axborot xavfsizligi va hujumkor amaliyotlarga qiziqishi umumiy bo‘lgan kiberjamiyatni ifodalaydigan jamoa.
Jamoa aʼzolari uchun musobaqalar muhim bo‘lishi bilan birga, hamjamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi ham katta: bilim almashish, hamkorlikdagi loyihalar va kiberxavfsizlik sohasidagi mahoratni oshirish.
📅 17–19 sentyabr
📍 Olmaota | Sadu Arena

🔥16❤7👍2👀1
🚀 CyberSafe: Digital Security & Awareness Program!
C5+1 Yoshlar Kengashi tomonidan AQSh Elchixonasi ko‘magida Qirg‘izistonning Osh shahrida “CyberSafe: Raqamli xavfsizlik va ogohlik” mavzusida workshop va seminarlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ingliz tilida so‘zlashuvchi eng faol 30 nafar universitet talabalari va xalqaro mutaxassislar ishtirok etishdi.
⚡️Kompaniyamiz asoschisi Akmaljon Sodiqov ham xalqaro ekspert sifatida taklif qilindi!
📌 Eslatma: Navbatdagi tadbir shu yilning 11–12-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Workshopda qatnashish uchun 28-sentabrgacha shu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.
#TuranSecurity #CyberSafe #DigitalSecurity

🔥14❤6👍6😁2🤔1
Turan Security'da amoliyotchidan Team Lead gacha 🚀
Bizning jamoadagi yo'li:
✅ Stajyor sifatida boshladi
✅ Kiberxavfsizlikni o'zlashtirdi
✅ Jamoa rahbari bo'lib o'sdi
"Asosiysi — hech qachon o'rganishni to'xtatmaslik" 💪
📺 To'liq intervyuni YouTube'da ko'ring.
#TeamLead #Osish #TuranSecurity #KiberXavfsizlik #KaryeraSayohati
https://youtu.be/9xHdnR10zsw?si=Wos0lH93xKYG_lR4

Career Journey in cybersecurity
Meet Yoldoshali Esonaliyev, our Team Lead who transformed from a curious intern into a cybersecurity expert leading team at Turan Security.
About Turan Security:
We're a cybersecurity company specializing in SOC-as-a-Service solutions for small and medium…

🔥25👍7❤5
Flagshare - TuranSec (Shaptoli) jamosining kichik guruhi Qirg'iziston, Bishkek shahrida o'tkazilgan Cyber Ordo CTF musobaqasida 1-o'rinni qo'lga kiritdi, musobaqa Cyber Kün 2025 xalqaro konferensiyasi doirasida bo'lib o'tdi.
Junior jamoamizni birinchi xalqaro yutug'i bilan tabriklaymiz🔥
______
Our team Flagshare - junior branch of TuranSec (Shaptoli) took 1st place at Cyber Ordo part of Cyber Kün 2025 international conference which organized at Bishkek, Kyrgyzstan.
We congratulate them with first international win🔥

🔥42👍16😁5👨💻2🤔1
E'lon
Biz Kiberxavfsizlik bo'yicha Foundation kursimizni yakunladik. Sohani tezroq o'rganishni xohlovchilar uchun Turan Security kompaniyasi tomonidan 6 oylik blue team va red team kurslarini taklif qilamiz.
Mentor bilan o‘rganishning afzalliklari:
✅ Tajribali mutaxassis sizga doim tez va to‘g‘ri yo‘nalish beradi.
✅ Amaliy loyihalar, real ish tajribasi va maslahatlar olasiz.
✅ Xatolaringizni tezda tuzatasiz.
✅ Eng asosiysi vaqtdan yutasiz va sohani tezroq o'rganasiz.
P.S. Bu yangilikni tajribali mentor qidirib yurgan yaqinlaringizga yuborib qo'ying.

🔥23😁7👍3👀3
7-8-oktyabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, Cyberkent 3.0” doirasida tashkil qilingan CTF musobaqasida Turan Security kiberxavfsizlik tashkiloti mutaxassislari muvaffaqiyatli qatnashdi.
Jamoamiz a'zolari musobaqaning final bosqichida "Blue team" yo'nalishida 1-o'rin, "Red team" yo'nalishida 2-o'rin va "CTF MASTER" yo'nalishida 3-o'rinni egallashdi.
Bu xabarni tashqaridan o'qigan odamga bu shunchaki yaxshi xabar bo'lib eshitiladi. Lekin, bu natijalar jamoani tinimsiz mehnati va uzoq muddatli tayyorgarligi sababli.
Tadbir tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Musobaqada qatnashgan jamoalarni va eng asosiysi Turan Security jamoamizni tabriklaymiz.

🔥48👍15🌚7😢1👀1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kiberxavfsizlik va ma'lumotlarning maxfiyligiga Prezidentlar ham e'tibor berishi bu quvontiradi. Mamlakatimizda 3-noyabr kuni Prezidentimiz bilan uchrashuvda shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlashda kiberxavfsizlik talabini, bunday ma’lumotlarni shifrlab saqlash tartibini joriy etish, ma’lumotga ishlov beruvchi shaxslarning reyestrini yuritish, sohadagi huquqbuzarliklar uchun jazo choralarini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Bank sohasida onlayn-mikroqarz ajratishda firibgarlar ta’sirini cheklovchi zamonaviy himoya tizimlarini joriy etish, firibgarlik natijasida jabrlanuvchining nomiga olingan mikroqarzni undan undirmaslik, shubhali bank hisobvaraqlarini bloklashni tun-u kun rejimda yo‘lga qo‘yishning mexanizmlari taklif qilindi.
Kiberjinoyatchilikning yangi turlari – smart qurilmalarga hujumlar, kriptoaktivlarni noqonuniy egallash kabi tahdidlarning oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
Prezidentimiz takliflarni ma’qullab, Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazining salohiyatini oshirish va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini kuchaytirish, jumladan, ularni tezkor fosh etish bo‘yicha 7 turdagi yangi ekspertizani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Credits: president.uz va kun.uz

🔥11❤7👍3👨💻1 1