Turan Security
2.08K subscribers
236 photos
35 videos
1 file
131 links
Information Security services provider founded by heavily experienced guys | turansec.uz

Aloqa uchun: @turan_admin , [email protected]
Download Telegram
Innovatsion Rivojlanish agentligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi sayti hakerlar hujumiga uchradi.☕️

Saytda ta'qiqlangan qimor reklamasini joylashtirishgani aytilmoqda.

Izoh: Domen tashkilot tomonidan ancha vaqtgacha ishlatilmagan va eskirgan. Natijada boshqa shaxs tomonidan sotib olingan bo'lishi mumkin.

Telegram
😁13👀3🤔1😢1
Barchangizni 14-yanvar Vatan Himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz.

Dunyomiz tinch, yaqinlarimiz salomat bo’lsin.
Telegram | Turansec
👨‍💻9👀6🔥4😁2👍1
#blueteam #analytics
Siz hozir biror resursga DDoS hujumi amalga oshirayotgan bo'lishingiz mumkin...

Bunday holatda, hasker siz adashib o'rnatib olgan o'zining zararli dasturidan ushbu hujumni amalga oshirish maqsadida foydalanadi.
Umuman olganda shunday hujumlarni qayerga,qanday bo'lyotganligini ko'rish qiziq bo'lsa kerak?

- Bunaqa ma'lumotlarni shu tizimdan topishingiz mumkin:

https://dashboard.shadowserver.org/

Telegram | Sayt
🔥6😁4🤔2👍1
#blueteam #analytics
Kecha Blueteamerlarning Analytics tooli haqida yozgandik, davom etamiz.

O'zbekistondagi zararli (malicious) bo'lgan IP addresslar qancha va ulardan qanday yo'llardan foydalishyapti ?

Buni GreyNoise nomli opensource tool orqali bilib olishingiz mumkin.

Buning uchun qidiruvda
metadata.country:"Uzbekistan" classification:"malicious" yozishning o'zi yetarli.

Ko'rib turibmizi bizda Mirai botneti va MYSQL, SSH bruteforcerlari anchagina.

O'rganish o'zingizdan : viz.greynoise.io

telegram | https://turansec.uz
👍5🔥3🤔1
#incident
40 daqiqadan buyon Gollandiyaning OLX Group kompaniyasiga tegishli olx.uz saytida texnik muammolar kuzatilmoqda.☕️

OLX veb-sayti 'Cloudflare' dan 403 HTTP xatoligi qaytarmoqda. Muammo DNS, WAF yoki Balancer Proxydan bo’lishi mumkin.

Telegram | Sayt
🔥6
E'lon 🔥

📢 Endi biz bilan offlayn darslar orqali Kiber Xavfsizlik sohasini o'rganishingiz mumkin! Darslar shu sohaning ikkita muhim yo'nalishlari hisoblanadigan Red va Blue teamni o'z ichiga oladi.

Har doimgidek bizda o'quvchilar uchun qulayliklar mavjud:

- Har bir darsda amaliyot;
- 24/7 yordam olish;
- Yaxshi ko'rsatgichga ega o'quvchilar uchun 50% chegirma;
- Harakatchan o'quvchilar uchun ishga kirishga ko'maklashish;
- Ko'p yillik tajribaga ega mutaxasislar (A. Sodiqov va K. Mirzarahmonov)

Darslar haqida batafsil ma'lumot olish va ro'yhatdan o'tish uchun: havola

Telegram | Sayt
👍11🔥5😁2🌚1
White Hat (TuranSec Group) kompaniyasi va Toshkent shahridagi Amity universiteti o‘rtasida o‘zaro memorandumi imzolandi 🤝🏼

Ushbu memorandum axborot texnologiyalarining dinamik sohasida Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalarining ko‘nikmalar va tajribasini oshirish uchun hamkorlik asoslarini yaratishga qaratilgan.

Telegram | Sayt
🔥12👍64👨‍💻1
Biz kimmiz:
Turan Security Group bu – O’zbekistonda umumiy axborot xavfsizligini mustahkamlashni, xavfsiz va o’zaro bog’langan IT (AyTi) muhitini yaratishni maqsad qilgan jamoa.

Biz texnologiyalardan xavfsiz foydalanish tarafdorimiz. Shu sababli, o’zimizni, oilamizni va barcha tashkilotlarimizni kiberjinoyatlardan qanday himoya qilish haqida doimiy izlanish olib boramiz.

To’plagan tajribalarimiz asosida, hukumatlar va tashkilotlar bilan xavfsiz ma’lumot almashinuvini ta’minlash va “raqamli” yaxshilikni rivojlantirish uchun kuchli hamkorlikni yo'lga qo'yamiz.

Xizmatlarimiz:

Red Teaming - haqiqiy kiber hujumlarni simulatsiya qilish orqali tashkilotlar xavfsizligini tekshirish;

Web pentesting - veb-dasturlardagi mavjud zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga yordam berish;

Mobile app pentesting - mobil dasturlardagi mavjud zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga yordam berish;

Physical pentesting - tashkilot qurilmalarining xavfsizligini tekshirish;

Network pentesting - tashkilot tarmoqlaridagi zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga yordam berish;

Ta'lim xizmati - Tashkilot hodimlariga kiber hujum sodir bo'lish omillarini tushuntirish hamda oldini olishni o'rgatish (Security awareness). Kiber xavfsizlik hodimlari yetishtirib chiqarish.

https://turansec.uz
https://t.iss.one/TuranSecurity
👍81
O'zbekistonda aqlli texnologiyalarni joriy qilishda yetakchilardan biri hisoblangan «Smart Solutions System» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi!

Uchrashuv mobaynida, texnik qurilmalarni tarmoqqa xavfsiz oʻrnatish (ulash), qabul qilinadigan ma'lumotlarni mustahkam himoyalash bo'yicha fikr almashildi va kerakli tavsiyalar berildi.

🤝Yakunda, «Turan Security Group» va «Smart Solutions System» kompaniyalari o'rtasida hamkorlik qilishga kelishildi!  

💡P.S. Aytgancha, bugun oflayn kurslarimizga ro'yxatdan o'tishning oxirgi kuni. Expertlarimizni vaqti tig'isligini hisobga olsak boshqa bunday kurslar ochilmasligi mumkin! Kursda o'zini ko'rsata olgan yoshlarni jamoamizga taklif qilamiz, imkoniyatdan foydalanib qoling :)

🚀Ro‘yxatdan o‘tish: https://academy.turansec.uz/p/darslik-1
👍7🔥51
Lockbit malware as a service kompaniyasi AQSHning federal byurosi xizmati ma’lumotlarini darknetda ochiqladi.


PS: Eslatib o’tamiz Lockbit yaqinda 170 terrabaytdan oshiq ma’lumotlarni ochiqladi bu tarixdagi eng katta data leak deb xabar berilmoqda.
🔥5😁3👀2
Ukrainian Hacker Group nomli hackerlar guruhi Rossiyaning yirik domen registratorini hack qilganini e'lon qildi va uning 500 dan otriq ma'lumotlar bazasini ochiqladi.

Ma'lumotlarni shu havoladan topishingiz mumkin.

https://gofile.io/d/Q3MxxM

Maslahatimiz fayllarni virtual mashinada oching
🔥3
Hakkerlar bir kunda boyishi mumkinmi ?

Mutaxassislar 19 ta nol kunlik zaiflikni aniqlashga va pul mukofotlarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi.
tasvir

2024-yilda Vankuverda o‘tkazilgan Pwn2Own tanlovining birinchi kunida ishtirokchilar Windows 11, Tesla avtomobillari va Ubuntu’da 19 ta nol kunlik zaifliklarni namoyish qilishdi. O'z topilmalari uchun ekspertlar umumiy qiymati 732 500 dollar va Tesla Model 3 ga ega bo'lishdi.

Tanlovni Haboob SA kompaniyasidan Abdul Aziz Haririy ochdi, u macOS’da kodni bajarish uchun API cheklovini aylanib o‘tish va buyruqlar kiritish zaifligini birlashtirgan Adobe Reader ekspluatatsiyasidan foydalangan va 50 000 dollar ishlagan.

Synacktiv butun sonlarni to‘ldirishdan foydalangan holda 30 soniyadan kamroq vaqt ichida Tesla ECU’sini buzib, Tesla Model 3 va 200 000 dollar yutib oldi.


davomi commentda
👍22👨‍💻8
#Deface
Xabar berilishicha Qurilish Vazirligi sayti deface qilingan.
PS: Sayt hozir ishlamayapti
PS/S : Bundan 1 oycha oldin Invistitsiyalar vazirligi sayti buzilgandi.
Bundan kamchilik xabar topgandi.
(RTSM) tomondan qilingan sayt.
Ajoyib a ? Vazirliklar saytlari oddiy nishon bo’lishda davom qilyapti.
😁41🔥1🤔1👨‍💻1
Davom etamiz
Saytlari hakkerlar tomonidan allaqachon buzilgan ammo o’zlarining xabari yo’q davlat universiteti va katta-kichik korxonalarni ko’rsatib o’tyapmiz. Afsuski go’sht bo’lishda davom etishyapti.
👍2
Davom etamiz
Saytlari hakkerlar tomonidan allaqachon buzilgan ammo o’zlarining xabari yo’q davlat universiteti va katta-kichik korxonalarni ko’rsatib o’tyapmiz. Afsuski go’sht bo’lishda davom etishyapti.
👀7🔥2👍1😢1