Turan Security
2.08K subscribers
236 photos
35 videos
1 file
131 links
Information Security services provider founded by heavily experienced guys | turansec.uz

Aloqa uchun: @turan_admin , [email protected]
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qilib mashinalarni kalitsiz buzish mumkin?

Buni Relaying Attack deyishadi, kiber xavfsizlikda relay degani kalitni yoki parolni o'g'irlab olib boshqa joyga qo'yishga harakat qilish desak bo'ladi..

Aytaylik mashina pulti mashinani ochish uchun signal yuboradi, xaker shu signalni o'zi yozib olishi mumkin maxsus qurilma bilan, keyin o'zi shu signalni mashinaga yuboradi..

Mashina bo'lsa signalni pultdan keldi deb o'ylaydi, aslida bu sohta bo'ladi. Shunday qilib mashinaga buzib kirsa bo'ladi.

Bizda bu uchun himoya bormi?

Hozirgi mashinalarda aynan shu hujum uchun alohida himoya dasturlari bo'ladi, GM da 10 yildan keyinam chiqmasa kerak :)

@TuranSecurity
😁29πŸ‘7πŸ‘¨β€πŸ’»2
RedBull kampaniyasidagi Bug Bounty dasturida qatnashgan seni do'sting... :

P.S: Bug Bountylarda mukofot o'rniga ($) biror narsa berishadi ba'zida, biz buni Swag deymiz.

@TuranSecurity
😁29πŸ€”8πŸ‘4❀1πŸ”₯1
Qurbon Hayiti muborak!

Hammaga bayramni DDoS'larsiz o'tkazish nasib qilsin.

@TuranSecurity
😁20πŸ‘7πŸ‘¨β€πŸ’»3πŸ‘€2
E'tibor bersak dasturlash tillarini ishga tushirgani alohida o'zini IDE'si bo'ladi, masalan python kodlarni yo'q joydan ishga tushirmaymiz, Linux terminalda python alohida tortvolib, keyin kodlarni ishlatamiz:

# python etc.py

Javascript kodlar ham shunaqa, faqat terminalda javascript kodni ishga tushirib ko'rganmisiz? Umuman hayolga kelmagan bo'lsa kerak a?
Ishga tushirishni iloji bor, masalan Node.js yordamida:

# node etc.js

Node.js ni tarixi uzun hullas bu yaqinda chiqqan narsa deylik, unda JS ni oldin qanday ishga tushirishgan?
- Browser orqali, to'g'rida! JS kodni serverdan browserga jo'natsak ishlayveradi.
Demak Browserlar JS ni ishga tushirish uchun qanaqadur joy. Shu yerda XSS ni eslasak, Bu zaiflikda xaker foydalanuvchi Browserida JS kod ishga tushirardiku.. Demak XSS orqali Browserda xohlagancha kod ishga tushiramiz, Browserni bo'lsa o'sha kodlar boshqaradi.

Masalan:
Yangi duplicate oyna ochish: window.open()

Hozirgi oyna haqida ma'lumot: window.location()

window , funksiya() lar JS dasturchilarga tanish a? Hullas shunaqa qilib Browserni boshqarish mumkin.

Xulosa:
XSS zaifligi bilan cookie o'girlashdan tashqari, foydalanuvchini browserini boshqarsa bo'ladi (sandbox yoki shunga o'xshash browser himoyalarini hisobga olmasa).Boshqarish deganda istisnolar bilan aytsak selfi olish, ba'zida RCE gacha yetkazsa bo'ladi.

Shunaqa narsalarni Offensive JS darsligiga qo'shamiz, tayyor turinglar )

@TuranSecurity
πŸ”₯17πŸ‘4😁2πŸ€”1
Forwarded from AppSec Guy
O'zbekistonda Kiber Xavfsizlik haqida shu sohada o'qiyotgan oddiy talaba sifatida fikrim.

Davlat kiber xavfsizlik bo'yicha saviyasini undagi xavfsizlik tizimlari ko'rsatib beradi adashmasam, Masalan Germaniya, Angliyada davlat tizimlarini tekshirish uchun RDP dasturlari bor.

Bunda xavfsizlik hodimlari Bug Bounty'ga o'xshab zaiflik topib berishadi davlatga tizimlaridan, lekin oddiy rahmat olishadi. To'g'ri hechnarsa bermasa nima keragi bor deyishadi, lekin katta foydasi borligini ularda bemalol ko'rsak bo'ladi! Biz o'zimizni ITHub (IT davlati) qilmoqchimiz lekin aynan shu sohada ancha oqsayabmiz.

Pastroq tushamiz - tashkilotlar. Amerika misolida ko'rsak ular tashkilotlarga o'zlari kiber xavfsizlik bo'yicha talablar beradi va hamma shu talablarni bajarishi kerak. Hatto o'zlari xavfsizlik bo'yicha muhim tizimlar ko'tarib, o'zlari tekinga o'qitishni ham yo'lga qo'yishgan. Bizda bo'lsa talablar faqatgina 1ta moddada qo'shib o'tilgan halos.

Shu yerda, talablar bo'lmasa, hechkim xavfsizlikni tushunmasa qo'shimcha mablag' ajratishni xohlamaydi. Natijada tashkilotlar o'rtasida xavfsizlik yomon bo'lgan xizmatlar ko'payadi. Bu xizmatlarda bo'lsa butun davlat, aholining eng kerakli ma'lumotlari, mablag'lari bo'ladi.

Talab, qiziqish, mablag' bo'lmagandan keyin kiber xavfsizlik uchun ish joylari kamayadi, rostdan davlatimizda ish joylari judaa kam, yashirib o'tirmaslik kerak.
Tanishlarim kiber xavfsizlik bo'yicha tashkilot ochishni rejalashtiryabdi, faqat boshqa rivojlangan dalvatda, o'zini davlatida emas. Sababi xavfsizlik hechkimga qiziq emas.

Ko'zga ko'ringan yangilik bo'lsa tahminan $150,000 mablag' bilan yaxshi loyixalar uchun tashkillanyotgan 'President Tech Award' bo'lyabdi, eng yaxshi loyixa bo'lsa online ovoz berish orqali tanlanadi. Huddi OpenBudget'ga o'xshab ovoz toplanadi..

Umuman agar davlatimizga kiber urush boshlansa, bir haftada tugasa kerak butun davlat .. Buni mendan kattalaram gapirgan) Insop berib qolar.
😁12πŸ”₯4😒4πŸ‘2πŸ‘¨β€πŸ’»1
Portswiggerda yangi API dasturlar xavfsizligi bo'yicha labaratoriyalar chiqarilibdi.

GraphQL API yirik tashkilotlar o'rtasida ko'p ishlatiladi, xavfsizlik hodimlari ham bu API uchun alohida dasturlar ishlab chiqishgan, umuman APIda grafik oyna bilan nima qayerda ishlashini ko'rishdan yaxshi narsa bormi ..

Web dasturdan tashqariga chiqib turinglar ;)

https://portswigger.net/web-security/graphql
πŸ”₯5πŸ‘3❀1
Bizda yangi loyiha!πŸ”₯

Kiber xavfsizlik va Xakerlik haqida hazillar uchun alohida kanal ochdik, qo'llab-quvvatlaysizlar degan umiddamiz✊

Spoiler:
Kanaldagi kantentlarni hamma yoshga birdaniga to'g'rilash qiyin
.

Ulanish: @meme0x00
😁28πŸ‘4πŸ‘¨β€πŸ’»1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯ KIOPTRIX level 2 (1.1) πŸ”₯

- SQL Injection β€” Login bypass -
- OS Command Injection -
- Web site Deface -

❗️Manba bilan tarqating ❗️
β€” @TuranSecurity β€”
πŸ”₯22πŸ‘3πŸ‘¨β€πŸ’»2
πŸ”₯ - Solstice vm - πŸ”₯

- 2.5 soatlik dars -

- 12-avgust 16:00 -

❗️Bizni qo'llab quvvatlang ❗️
❗️Yaqinlaringizga ulashing ❗️

@TuranSecurity
πŸ”₯30πŸ‘7❀1
Forwarded from #MEME
Dunyoda sendan keraksiz odam yo'q deb o'ylasang, Haskerlarni esla.
- Men.

@meme0x00
😁50πŸ‘€4πŸ‘3πŸ”₯2🌚2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xavfsizlik 101 - 0 dan boshlab Kiber Xavfsizlik darsligi.

O'zbek tilida birinchi - xar hil sohalar, sohadagi asosiy ustunlarni misollar bilan tushuntirib beriladigan darslik. (Batafsil video orqali bilib olishingiz mumkin)

@TuranSecurity
πŸ‘103πŸ”₯29πŸ‘¨β€πŸ’»8🌚2
Auditoriyamizda kimlar ko'p?
Anonymous Poll
46%
Talaba
18%
Maktab o'quvchisi
36%
Boshqa
Hasker kim?

Kimlardur hazillarimiz orqali Hasker kimligini allaqachon tushinib oldi. Lekin yana kimlardur bizni: 'Noto'g'ri yozdi', - deb Hacker deb o'qishibdi..

Hasker bu o'zi hechnarsani bilmasligini bilmaydigan odam. Kiber xavfsizlikda bunaqa odamlar talaygina - amerika raqami sotishadi, bioga soat qo'yishadi va boshqa ishlar qilib ohirida o'zini Xaker deb hisoblaydi.

Hasker bo'lish unchalik yomon narsamas va bu kiber xavfsizlikka birinchi qadam deb hisoblasak bo'ladi ba'zida, eng yomoni shu botqoqda ohirigacha qolish - o'smaslik, o'rganmaslik.

Shu postni har qanday haskerlarni forumiga yetib borishini xohlardik, kimnidur o'zini-o'zi aldab yurishidan qutqarib qolishga yordam bergan bo'lasiz.

@TuranSecurity
πŸ‘28πŸ”₯5😁2πŸ‘¨β€πŸ’»2🌚1
Aldanyabsiz | Bizdagi majburiyatlar

1. Soha ko'p kiber xavfsizlikda, huddi dasturchilikka o'xshaydi. Dasturchilik o'rganaman deb kelishsa - backend, frontend deb so'ramasdan o'zimizda borini sotib yuborolmaymiz. Threat hunting, GRC, etc lar balki sizga qiziqdur? Soha tanlashga yordam berib, keyin bor bo'lsa sotamiz.
2. Sifatli darsliklar - xalqaro darajaga mos tushadigan, har bir kurs darajaga bo'lingan (boshlang'ich, o'rta, yuqori), amaliyot bilan.
3. Hasker kimligini tushuntirish.
4. Keyingi qadamlar uchun Roadmaplar bera olish.
5. Kerakli vaqtda yordam bera olish.

etc.

Agar siz boshqa joydan kiber xavfsizlik kursi so'rasangiz va ular sizni to'g'ri kelgan, o'zida bor darsga qo'shib yuborsa yaxshigina aldanyabsiz...

Bu post orqali boshqa akademiyalarni tomirini chopish niyyatimiz yo'q, lekin bu Kiber xavfsizlik sohasidagi yozilmagan standartlar va har bir o'quv tizimlari shunday tuzilgan.

@TuranSecurity | Kiber xavfsizlik
πŸ”₯18πŸ‘8😁7
Bir marta bitta scammer bizni adminga Surhandaryodanligini, ancha og'ir kasalligini, boqadigan odami yo'qligini aytib isbot uchun hujjatlarini tashlab bergandi. Keyin yordam uchun pul so'radi.

Hujjatlar orasida eng qizig'i "O'lganligi Haqida guvohnoma" bor ekan, kasalligini isbotlash uchun... XD

Scammer rus tilida gapirganligi uchun hujjatda nima borligini o'zi ham tushunmagan.

Keyin biz ham uni qo'lida qanaqa telefon turganligi va aslida u Angrenda o'tirganini tashlab bergandik))

@TuranSecurity
😁71πŸ‘11πŸ”₯2🌚2πŸ‘¨β€πŸ’»2
Turan Security
#Bug_Bounty #Alibaba Shogird ustozdan o'tmasa shogird emas✊πŸ”₯ Bug bounty dastur - sizga yirik kampaniyalar o'zlarini tizimini buzib ko'rish taklifini beradi. Buzib kira olsangiz va ularga qanday buzib kirganingizni ko'rsata olsangiz sizni pul yoki boshqa narsalar…
Bug bounty sohasini Kiber xavfsizlikdagi frilanserlik deb atasak bo'ladi.Hechkim sizni ishga olishi shartmas, hechqanday qo'shimcha qog'ozbozliksiz istagan vaqtingizda ishlay olasiz, xohlasangiz yarim kechasi yoki dam olish kuni...

Muhimi ish vaqtida qanaqadur zerikarli ish emas - yirik,jiddiy tashkilotlarni buzyotgan bo'lasiz. Keyin bizni shogirdlarga o'xshab maqtanib yurasiz. ;)

@TuranSecurity
πŸ”₯12😁10πŸ‘5
#OS #Linux

Mobexler - Ubuntu tizimi ustiga ko'tarilgan Mabil dasturlar xavfsizligini tekshirish uchun ishlab chiqilgan tizim.

Mabil dasturlar xavfsizligi sohasi uchun dasturlar hodimlar kam e'tibor bergani uchun odatda eski bo'ladi. Natijada tizimni har doim yangilab turish o'ta katta muammolarga sabab bo'ladi. Mobexler aynan shu muammolarga yechim bera oladi.

Tizim ichida maxsus mabil dasturlar xavfsizligi uchun dasturlar mavjud, masalan, MobSF, drozer, objection, Frida va h.k. Bu o'ta katta qulaylik degani...

Tizimni yuklash uchun link qoldirmaymiz, google.

Web dastur xavfsizligidan tashqariga chiqib turinglar!


@TuranSecurity
πŸ”₯4πŸ‘3😁2😒2
Apache serverda Nginx server?

Web dasturlar xavfsizligini tekshirish davomida 100% hodimlar shunaqa narsaga duch kelishgan.

Ba'zi holatlarda Nginx/1.18.0 serveriga duch kelamiz, keyin exploit topib uni ishlatib ko'ramiz. Ishlamagandan keyin tekshiruv davomida hatolik orasidan (banner) chiqib keladi qarasak serverni Apache deb ko'rsatiladi)

Buni bug deb qabul qilamizmi?

Yo'q! Balki tizim egasi atayin server sozlamasini o'zgartirib, Nginx chiqadigan qilgandur? Bunaqa bo'lish ehtimolini 10% deb hisoblaymiz, qolgan 90% chi?

Reverse proxy serverlar haqida gapirib o'tiryamiz,qisqacha aytsak Reverse proxy server haqiqiy server va bizni o'rtamizda turadi huddi Burp Suite dasturidek va xavfsizlik ta'minlash uchun ishlatiladi,hullas javob oddiy: Haqiqiy server Apache sifatida ko'tariladi va Reverse Proxy serverini Nginx sifatida ko'tarishadi. (2 - rasm)

Natijada Orqa tomondagi server Apache va o'rtadagi server Nginx sifatida ko'rinadi.

@TuranSecurity
πŸ‘3πŸ”₯2