Markaziy bank Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi
743 subscribers
1.24K photos
72 videos
7 files
1.19K links
Марказий банк Тошкент вилояти Бош бошқармаси расмий телеграм канали
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👉 Пойтахтда пластиклардаги пул маблағлари ва шахсий маълумотларни қўлга киритиш билан шуғилланувчи “Call markaz” фаолиятига чек қўйилди.

Тадбир давомида 20 га яқин шахслар қўлга олиниб, улардан 15 мингдан ортиқ инсонларни шахсий маълумотлари, кўплаб пластик карталар, гиёҳвандлик моддалари ашёвий далил сифатида олинган.
❗️Каналга уланинг 👉 https://t.iss.one/Toshvilmarkazbank
💸 Ушбу валюта курслари операцион кун давомида ўзгариши мумкин.
📍❗️❗️Каналга уланинг 👉 https://t.iss.one/Toshvilmarkazbank
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Bank mobil ilovasi - har kuni sizning ishonchli yordamchingiz.

Birgina urinishda xaridlarlarni amalga oshiring, pul o‘tkazing, moliyangizni boshqaring. Navbatlar va qog‘ozbozlikni unuting - barcha xizmatlar endi qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, doimo qo‘l ostingizda.

Xavfsiz! Qulay! Tezroq!

Ilovani yuklab oling va bugunoq onlayn bankingdan foydalaning!

Finlit.uz bilan moliya olamini o‘rganing
2025-yil 8-aprel kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani "Islomobod" MFYda Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi tashabbusi bilan "Toshkent viloyatida elektr energiya va tabiiy gazni iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish" bo'yicha ko'rgazmali taqdimot, amaliy semenar hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda aholi xonadonlarida energiya samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar, hamda bugungi kunda viloyat tijorat banklari tomonidan ushbu yo'nalishda taklif etilayotgan kreditlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga bank mas'ullari hamda qayta tiklanuvch energiya manbalari qurilmalarini o'rnatuvch tadbirkorlar tomonidan batafsil ma'lumot va tushunchalar berildi.
‼️Эълон‼️

Тошкент вилоятида тадбиркорларни қабул қилиш, мурожаатларини ўрганиш ва бартараф этиш бўйича туну кун ишлайдиган штаб ташкил этилди. Штаб манзили ва телефон рақамлари ҳавола қилинмоқда.
#Ochiq_muloqot

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi


Joriy yilning 10-aprel kuni Toshkent tumanidagi "Gulzor” Madaniyat markazi  binosida Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi  Jasur  Fayzullaxoʻjayev va Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi boshligʻi Abdurasul Abduhalilov boshchiligida “Kichik va oʻrta biznes subʼektlarining mavjud muammo va takliflarini oʻrganish hamda loyihalarini amalga oshirishga amaliy yordam koʻrsatish” maqsadida, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda tadbirkor va eksportyorlarning mavjud muammolari tinglanib, ularga oʻz bizneslarini rivojlantirish uchun bugungi kunda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil tushuncha berildi.

Shuningdek, mamlakatimizda biznes vakillariga yaratilgan imtiyozlar va shart-sharoitlar, mahallalarda rivojlanib kelayotgan kichik ishlab chiqarish va sanoat yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish singari masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda tuman prokurori,  DSI boshlig‘i,  bank boshqaruvchilari, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent tumani boʻlimi rahbari va boshqa mutasaddilar qatnashdi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-50-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-aprel kuni Qibray tumanidagi “Do‘rmon” Madaniyat markazi binosida Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi Jasur Fayzullaxoʻjayev boshchiligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda tadbirkorlarning mavjud muammolari tinglanib, ularga oʻz bizneslarini rivojlantirish uchun bugungi kunda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil tushuncha berildi.
Shuningdek, mamlakatimizda biznes vakillariga yaratilgan imtiyozlar va shart-sharoitlar, mahallalarda rivojlanib kelayotgan kichik ishlab chiqarish va sanoat yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish singari masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va boshqa mutasaddilar qatnashdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ҳурматли тадбиркорлар ва ишбилармонлар диққатига. Сизга қўлайлик яратиш ва вақтингизни тежаш мақсадида Тошкент вилояти прокуратурасининг махсус телеграм боти ишга туширилди.

@prokuror_va_tadbirkorlar_bot ҳаволаси орқали ботга ўланишингиз мумкин.

Вниманию уважаемых предпринимателей и деловых людей!
В целях создания для вас дополнительных удобств и экономии вашего времени создан и начал свою работу специальный телеграм-бот прокуратуры Ташкентской области.

На этот телеграм-бот можно подписаться по следующей ссылке:
@prokuror_va_tadbirkorlar_bot

Attention esteemed entrepreneurs and businesspeople!
In order to provide you with additional convenience and save your time, a special Telegram bot of the Tashkent Regional Prosecutor's Office has been created and launched.


You can subscribe to this Telegram bot via the following link:
@prokuror_va_tadbirkorlar_bot.
⚡️ Марказий банк Тошкент вилояти бош бошқармаси бошлиғи Ж.Файзуллахўжаевнинг аҳоли ва тадбиркорлар учун мўлжалланган сайёр қабули вилоятнинг Бекобод туманидаги "Маллабой" МФЙ биносида ўтказилди.

▪️Сайёр қабулда асосий эътибор аҳолининг банк тизимига оид мурожаатларини ҳал қилишга, банк тизимида юзага келаётган камчиликлар ва банк хизматлари истеъмолчилари ҳуқуқларининг бузилишини олдини олиш масалаларига қаратилди. Сайёр қабулда аҳоли ва тадбиркорлардан мурожаатлар қабул қилинди.

▪️Сайёр қабулда келиб тушган мурожаатларни қонунчиликда белгиланган муддатларда ижобий ҳал этиш бўйича тегишли тижорат банклари раҳбарларига аниқ кўрсатмалар берилди.

👉 https://t.iss.one/Toshvilmarkazbank