Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
16.7K subscribers
30.8K photos
3.1K videos
539 files
9.6K links
Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси.

Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй.

Электрон манзили: [email protected]

Телефон — (+998) 71 237 08 01
Download Telegram
Bugun poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli umumta'lim maktabi faollar zalida “Korruptsiyaga qarshi kurashish — taraqqiyot kafolati” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

❇️Tadbirni Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Ravshanbek Ergashev ochdi va olib bordi. Unda poytaxtimiz umumta'lim maktablari va davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari ishtirok etdi.

👉Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash va ularga chek qo'yish, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi, Toshkent shahar Kengashi deputati, shahar Korruptsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi vakillari so'zga chiqdilar.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.iss.one/ToshkentshaharXTBB
#Xalqaro_konferensiya

"O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya boshlandi

Ayni vaqtda O‘zbekiston Kinematografiya agentligining Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlamoqda.

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari Haftaligi doirasida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova,

YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade,

TUM International tashkiloti boshqaruvchi direktori Friderike Hettinger,

Cambridge Assessment Markaziy Osiyo davlatlari uchun ta’lim xizmatlari departamenti direktori Stiv King,

Massachusets texnologiya instituti Ta’lim va innovatsiya departamenti direktori, J-WEL laboratoriyasi asoschisi Vijay Kumar,

Rossiya ta’lim akademiyasi Vitse-prezidenti, Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Vladimir Filippov,

“KEI Advanced, Inc. Kawaijuku-group” direktori Hiromitsu Sakata,

YUNISЕF Texnik Maslahatchisi Metyu Goldi-Skot ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Xalqaro_konferensiya

“O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya davom etmoqda

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirdan asosiy maqsad, Yangi O‘zbekistonda inson kapitali, uning shakllanishi va rivojlanishida ta’lim-tarbiya hamda ilm-fanning o‘rni va rolini muhokama qilish, ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy tendensiyalari, jahon tajribasini o‘rgangan holda ularni amaliyotga tadbiq etish va buning samarasi borasida fikr almashish, keng jamoatchilikni Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirishdan iboratdir.

Konferensiya avvalida so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tadbir ishtirokchilarini bugungi tadbir bilan qutladi va mavzuga doir o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Bugungi O‘zbekiston davlati joylashgan zamin qadimda ikki buyuk uyg‘onish davriga beshik bo‘lgan. Bu qutlug‘ maskanda Farg‘oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Buxoriy, Termiziy, Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy kabi buyuk daholar yetishib chiqqan.

Ushbu ulug‘ ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish uchun so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga katta e’tibor berilmoqda. Aholisining 50 foizdan ortig‘i 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston uchun ta’lim katta strategik masala ekanligini aytsam mubolag‘a qilmagan bo‘laman.

2030-yilga qadar ta’lim tizimida qanday ishlar amalga oshirilishi xususida “Ta’lim — 2030” konsepsiyasida aniq belgilab olingan. Ushbu konsepsiya doirasida hozirga qadar sohada ko‘plab natijalar qayd etildi”.

Batafsil: 👉 https://www.uzedu.uz/uz/news/1135

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Iqtibos
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Iqtibos
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Fotoreportaj
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi jarayonidan fotoreportaj.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Iqtibos
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilarining tadbirdagi nutqlaridan iqtibos.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 126-sonli umumta'lim maktabi qoshida faoliyat ko'rsatayotgan “Qaldirg'och” yozgi sport-sog'lomlashtirish maydonchasi bolajonlarning sevimli maskanlaridan biriga aylangan.

❇️Hozirda bu yerda ellik nafardan ziyod o'g'il-qiz o'zlarining bo'sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o'tkazishmoqda. Maktab ma'muriyati tomonidan kitobxonlik, kompyuter savodxonligi, san'at, turli kasb-hunar, rassomlik va sport to'garaklari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Unda o'quvchilar faol ishtirok etishayotganligi quvonarlidir.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.iss.one/ToshkentshaharXTBB