Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
11.2K subscribers
38.3K photos
3.58K videos
540 files
11.2K links
Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси.

Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй.

Электрон манзили: [email protected]

Телефон — (+998) 71 237 08 01
Download Telegram
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasining maktabgacha ta'lim yo'nalishi sho'ba rahbarlari tomonidan “Jayxun” qo'g'irchoq teatrining badiiy rahbari, mashhur hunarmand, milliy qo'g'irchoqlar ustasi Mansur Kuryazov bilan milly qo'g'irchoqlarning bolalar hayotidagi o'rni haqida yangi loyiha ustida uchrashuv o'tkazildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.iss.one/ToshkentshaharXTBB
👍2👏1
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 153-sonli umumta'lim maktabida bo'ldi.

❇️Tashrif chog'ida mazkur ta'lim muassasasida yangi 2023/24-o'quv yiliga ko'rilayotgan hozirlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan joriy ta'mirlash ishlari sifati o'rganildi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.iss.one/ToshkentshaharXTBB
👍2
Yozgi ta'til kunlarida poytaxtlik o'quvchi-yoshlar turli nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etishmoqda.

❇️Jumladan, kuni kecha Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkekda badiiy gimnastika bo'yicha bo'lib o'tgan xalqaro turnirda poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 345-sonli umumta'lim maktabi 6-"B" sinf o'quvchisi Diyora Zaripova vatanimiz sharafini himoya qildi. Umidli va iqtidorli yosh sportchi nufuzli musobaqada faxrli ikkinchi o'rinni egallab, kumush medal bilan taqdirlandi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.iss.one/ToshkentshaharXTBB
👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2023

Якшанбани оилангиз даврасида ўтказинг. Яқинларингизни зиёрат қилинг. Ўтганларни хотирланг. Кино кўринг, китоб ўқинг. Анчадан буён кўрмаган дўстингизни йўқланг. Яқинларингизни бағрингизга босиб, қаттиқ қучоқланг. Аммо энг асосийси — сайловда қатнашишни унутманг.

🇺🇿 9 июль — Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловида қатнашинг!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🙏1
Kuni kecha Yoshlar press klubida umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan yosh qahramonlarning iste’dodini namoyon etishga bag’ishlangan “Yengilmas” motivatsion filmining 3-soni premyerasi bo’lib o’tdi.

❇️Loyihaning 3-sonida yillar sinovida sinalgan, ammo sinmagan, tengdoshlari orasida kitobxonlik madaniyatini targ’ib qilayotgan, 300 dan ortiq kitoblarni mutolaa qilgan, 2 ta kitobini chop ettirishga ulgurgan, “Yosh kitobxon” tanlovining faol ishtirokchisi - Asal Ravshanxonovaning kichik tarixini tomosha qilishingiz mumkin.

👍E'tiborlisi, ayni paytda Asal Ravshanxonova Chilonzor tumanidagi 114-sonli umumta'lim maktabining 11-“A” sinfida ta'lim oladi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.iss.one/ToshkentshaharXTBB
👍1👏1
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Bolaning ota-onasi chet elda, jiyanimni 1-sinfga qabul qilish uchun o‘zim ariza topshirsam bo‘ladimi?
Ha, albatta topshirish mumkin. Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirganingizdan so‘ng, tegishli maydonni belgilab, vasiylik bo‘yicha qarorni biriktirasiz va keyingi jarayonlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan harbiy xizmatchilar farzandini umumta’lim maktabiga o‘qishga joylashtirish uchun qanday tartibda ariza topshirishlari mumkin?
Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirgandan so‘ng, harbiy xizmatchi katakchasini belgilaysiz. So'ngra yashash joyi bo‘yicha davlat soliq idoralari ro‘yxatidan o‘tgan ijara shartnomasi yoki tegishli harbiy qism (muassasa) tomonidan yashash manzili ko‘rsatilgan ma'lumotni tizimga yuklagan holda ariza topshirishlari mumkin.

Ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Siz tanlagan manzilga biriktirilgan maktab topilmadi” degan xatolik chiqqanda nima qilish kerak?
Ushbu holatda siz shaxsiy kabinetingizga kirib, "Mening ma’lumotlarim" bo‘limidan yashash manzilingizni tahrirlab, saqlash tugmasini bosishingiz va qayta ariza yuborishingiz kerak.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍1👏1
#Вы_спрашивали
#Колл_центр

Родители ребенка находятся за границей, могу ли я подать заявление на прием племянницы в 1 класс?
Да, конечно, можно подать заявку. После формирования персональных данных на электронной платформе вы можете прикрепить решение об опеке, указав соответствующее поле и выполнив дальнейшие процессы.

В каком порядке военнослужащие, не прошедшие регистрацию по месту жительства, могут подать заявление на зачисление ребенка в общеобразовательную школу?
После формирования персональных данных на электронной платформе вы устанавливаете флажок военнослужащий. Затем можно подать заявление по месту жительства в государственные налоговые органы, загрузив в систему информацию о зарегистрированном договоре аренды или адрес проживания соответствующей воинской части (учреждения).

Что делать, если при попытке отправить заявку выдается ошибка “школа, прикрепленная к выбранному вами адресу, не найдена”?
В этом случае нужно зайти в личный кабинет, отредактировать свой адрес проживания из раздела "Мои данные", нажать кнопку "Сохранить" и отправить повторное заявление.


Ссылка на официальные страницы министерства:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1