Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
413 subscribers
2.45K photos
74 videos
2 files
258 links
Download Telegram
#Bizning_maktab

       🔰Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ta'lim samaradorligi oshirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga ishirilmoqda.
       🎗O'quvchi-yoshlarda Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga xurmat tuyg'ularini mustahkamlash maqsadida, ona tili va adabiyot fan o'qituvchisi Elbek Keldiyev boshchiligida 8-"G" sinf o'quvchilariga Mashhur o'zbek adibi Said Ahmadning "Ufq" romani mavzusida dars mashg'uloti o'tkazildi.
       ❇️Dars davomida:
-Zakovat time
-Aqliy hujum
-Mantiq vaqti
-Zinama-zina
-Teatr jamoasi ishtirokida sahna ko‘rinishlari hamda metodlaridan foylalanildi. Ushbu metodlar orqali dars samarali tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.iss.one/Chinoz_im_piima
#Bizning_maktab

🔰O'quchi-yoshlar rasm chizish vaqtida miyaning har ikki yarimshari faol holatda boʻladi. Rasm chizish diqqatni bir yerga jamlashga oʻrgatadi, xotirani kuchaytiradi, kreativlikni oshiradi.
      ❇️Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tasviriy san'at fan o'qituvchisi Nazokat Baxadirovna boshchiligida 6-"A" sinf o'quvchilariga "3D uslubida rasm ishlash" mavzusida dars mashg'uloti o'tkazildi. O'quvchilar 3D usulida rasm ishlashda eng avvalo yorug'lik va soyalarni to'g'ri etkazish uchun istiqbol asoslarini aniqlab olishdi. Yorug'lik va soyalarni to'g'ri aniqlashda, chizayotgan ishlari qaysi burchakdan ko'rinishini tasavvur qildilar.  O'quvchilar ushbu jarayonda  obyektga tushadigan yorug'lik manbasini topishdi. Yorug'lik manbasini to'g'ri aniqlab, soyalar yanada aniqroq ko'ringandan keyin rasm chizish jarayonini boshlashdi. Ushbu jarayon muvofaqiyatli amalga oshirildi. O'quvchilar topshiriqni a'lo darajada uddalashdi.
Forwarded from Chinoz tumani IM 🇺🇿 (Олимжон Исоқов)
#Bizning_maktab

       🔰Tarbiya — shaxsda muayyan
jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayondir.
      🎗Psixologiya-shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganuvchi fan hisoblanadi.
      ❇️Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabining psixologi Rushana Alisherxonovna tomonidan ertalab yaxshi kayfiyat ulashish va stresslarning oldini olish maqsadida,  "Kayfiyatni ko'taramiz" nomli trening mashg'uloti o'tkazildi.
      Ta'kidlash joyizki, ta'lim va tarbiyada samaradorlikka erishishda bola ruhiyatidagi muamolarni bartaraf qilish va ta'lim-tarbiyaga to'g'ri yo'naltirishga chambarchas bog'liqdir. Yuqoridagi trening esa, o'quvchilarga katta motivatsiya bo'lib xizmat qiladi.
Forwarded from Chinoz tumani IM 🇺🇿 (Олимжон Исоқов)
#Bizning_maktab
SPORT-SOG'LIK GAROVI

      🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbusning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish haqidagi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 13-fevral sanasida  jismoniy tarbiya fan o'qituvchisi Matnazar Davlatnazarovich boshchiligida 8-11-sinf og'il bolalari o'rtasida basketbol musobaqasi o'tkazildi.
      Bellashuv natijalariga ko'ra:
🥇1-oʻrin 10-"A" sinf o'quvchilari;
🥈2-oʻrin 9-"B" sinf o'quvchilari;
🥉3-oʻrin 8-"A" sinf o'quvchilari g’olib bo’lishdi
#Bizning_maktab
SPORT-SOG'LIK GAROVI

      🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbusning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish haqidagi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 14-fevral sanasida  jismoniy tarbiya fan o'qituvchisi Matnazar Davlatnazarovich boshchiligida 8-9-sinf qiz bolalari o'rtasida basketbol musobaqasi o'tkazildi.
      Bellashuv natijalariga ko'ra:
🥇1-oʻrin 8-"G" sinf o'quvchilari;
🥈2-oʻrin 9-"A" sinf o'quvchilari;
🥉3-oʻrin 9-"V" sinf o'quvchilari g’olib bo’lishdi
Forwarded from Shahnoza Kasimjanovna
#Ota_onalar_yigʼilishi
#Bizning_maktab

❇️Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabida barcha sinflar ishtirokida 2024 yil fevral oyi davomida "Oila-mahalla-taʼlim muassasasi" hamkorligini kuchaytirish maqsadida “Farzand tarbiyasi va kelajagiga barchamiz birdek ma'sulmiz” shiori ostida navbatdagi ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
❇️Maktab ma'muriyati maktab va o'quvchilarni ota-onalar o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini ,ota-onalarning majburiyat va ma‘suliyati to‘g‘risida tanishtirib chiqildi.
❇️Yig'ilishda maktab rahbariyati, fan o'qituvchilari tomonidan har bir o' quvchining I-II chorak natijalariga birma-bir izoh berib, ota-onalar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berib o'tildi.
❇️Ushbu jarayon maktabimizdagi barcha sinflarda navbat bilan amalga oshirilmoqda.

❇️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
❇️https://t.iss.one/+AUqMWn5uVBM0M2My
#Bizning_maktab

       🔰Soʻngi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarning salomatligini mustahkamlash, iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishga doimiy ravishda eʼtibor qaratilib kelinmoqda.
      🎗Ayniqsa aholining keng qatlamlari, jumladan, ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari o'rtasidagi jismoniy tarbiyani ommalashtirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
        ❇️ Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jismoniy tarbiya fan o’qituvchisi Matnazar Davlatnazarovich boshchiligida 8-10-sinf o'quvchi og'il bolalari  o'rtasida jamoaviy hamjihatlikni ta'minlash maqsadida, sportning "Futbol" turi bo'yicha do'stlik uchrashuvi o'tkazildi.                            Bellashuvning natijalariga ko'ra:
🥇1-o'rin: 9-"B" sinf o'quvchilari
🥈2-oʻrin: 9-"V" sinf oʻquvchilari
🥉3-oʻrin: 10-"A" sinf oʻquvchi yigitlariga nasib etdi

Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.iss.one/Chinoz_im_piim
Forwarded from Shahnoza Kasimjanovna
#Tarixiy_muzeylarga_tashrif
#Bizning_maktab

📌 "Sohibqiron Amir Temur -markazlashgan milliy davlatchilik asoschisi" g'oyasi asosida o'quvchilarda mustaqillikni qadrlash, xalqparvarlik, adolatparvarlik va bunyodkorlik tuyg'ularida tarbiyalash maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent viloyati Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 7-B sinfning iqtidorli hamda bilimdon o'quvchilar sinf rahbari N.Burxanova va maktab amaliyotchi psixologi Sh.Qoldevalar bilan birgalikda Toshkent shahridagi Amir Temur muzeyiga tashrif buyurdilar.

📝 Muzeyni o'quvchilar tomosho qilar ekanlar tarixiy va buyuk sarkarda Amir Temur bobomiz haqida ko'plab ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

👉 Telegramm| Instagram| YouTube
🌐 https://t.iss.one/+AUqMWn5uVBM0M2My
Forwarded from Shahnoza Kasimjanovna
#Bizning_maktab_jurnali
#Bekobod_shahar_IM

📖 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent viloyati Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabda "Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabning" jurnali tashkil etildi.

📌 Ushbu jurnal maktab hayoti, pedagog kadrlar faoliyati va yutuqlari, o'quvchilar ijod namunalari, maktabda yutuqlarga erishgan o'quvchilar, shuningdek maktabning tashkil etilishi va erishgan yutuqlari kabi sahifalardan tarkib topgan.

✍️ Jurnal muallifi Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabning AKT vazirlari 8-B sinf o'quvchilari S.Raxmonberdiyeva va G.Jo'rayevalar.

📚 Jurnal barcha pedagog kadrlar va o'quvchilarga tanishtirilib, keyingi sonlarida o'quvchilarning ijod namunalari ketma-ketlik sahifalardan o'rin olishlari lozimligi aytib o'tildi.

👉 Siz aziz kitobxonlarni ham bizning ixtisoslashtirilgan maktab jurnali bilan tanishib chiqishingizga chorlab qolamiz.

🌐https://t.iss.one/+AUqMWn5uVBM0M2My
Forwarded from Shahnoza Kasimjanovna
#Bizning_maktab_faoliyati
#Test_sinovlari

♻️ Joriy yilning 31 mart kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent viloyati Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabda 2024-2025 o'quv yili uchun Bekobod shahar umumta'lim maktablarining 4-6 sinf o'quvchilari bilimini sinash maqsadida sinov testi o'tkazildi.

Ushbu test jarayonida maktab hududiga ota-onalarimiz ham tashrif buyurishdi. Maktab ma'muriyati va ustozlari ota-onalar bilan tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari to'g'risida suhbat olib bordilar.

📩 https://t.iss.one/+AUqMWn5uVBM0M2My