Forwarded from Замонавий бошқарувда янги таълим
#Maktabimiz_haqida
#Quyi_Chirchiq_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Ta’limga qaratilgan e’tibor o‘z samarasini bermoqda.
Iqtidorli yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, ta’lim jarayoniga malakali pedagog kadrlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘z faoliyatini boshlagan.
Ayni vaqtda ta’lim maskanida 435 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.Ularga 34 nafar pedagog saboq bermoqda. Kelajak avlod vakillariga aniq va tabiiy fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladi.
Maktab zamonaviy binoga ega. Mashg‘ulot xonalari zarur o‘quv, ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan. Boy kitob fondini o‘zida jamlagan kutubxonasi va faollar zali, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriyalar, chet tillari xonalari, oshxona va sport zaliga ega.
Muassasada yaratilgan zamonaviy sharoitlar va o‘ziga xos muhit o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga, har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash va mustaqil fikrga ega yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
✍️Quyi Chirchiq tuman IM