Toshkent shahri | Ixtisoslashtirilgan maktablar
410 subscribers
714 photos
68 videos
21 files
276 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IB #International #Baccalaureate #Xalqaro #hamkorlik #maslahat #tashrif

DASTLABKI MUVAFFAQIYATLAR MUBORAK BO'LSIN!


🇺🇿Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi yana bir maqom - xalqaro maktabiga nomzod nomiga sazovor bo'ldi!

Bu maktab jamoasi uchun juda katta yutuq❗️Uzoq davom etgan harakatlar va izlanishlar o'z samarasini bermoqda. Bunda jamoaning yuqori salohiyati va o'zaro ahilligi katta ahamiyat kasb etadi. Xalqaro bakalavariat tashkiloti vakillarining yuqori bahosi va e'tirofi - Muhammad al-Xorazmiy maktabi jamoasiga berilgan mukofot bo'ldi!

Biz maktabimizning har bir o'qituvchi va xodimlarini hamda o'quvchilarimizni ushbu katta yutuq bilan muborakbod etamiz!

⭐️O'ylaymizki, bu-muvaffaqiyatlarning boshlanishi.
Maktabning bu yo'ldagi keyingi faoliyatida ham zafarlar tilab qolamiz.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI TOMON


Xabaringiz bor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Xalqaro IB dasturini joriy etish bo‘yicha bir qancha bosqichlardan o‘tildi.

🗓Bugun 14-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB xalqaro dasturi ko‘nikmalarini o‘zlashtirish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab fan liderlari bilan birga Mirzo Ulug‘bek maktabi o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.

🔖Seminar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning IB koordinatori Umida Sabirova tomonidan “IB asosidagi o‘rta yosh dasturini joriy etishda qo‘shimcha resurslar va manbalardan foydalanish” mavzusida olib borildi.

Ma’lumotlar har bir fan kesimida, haqqoniy misollar yordamida tushuntirildi. Taqdimot tarzida berilgan ma’lumotlardan keyin o‘qituvchilar (guruhlarda) o‘rtasida musobaqa tashkil etildi. Berilgan ma’lumotlarni tez va to‘g‘ri tushungan guruhlar rag‘batlantirildi. ⬇️

💻Shuningdek, seminarda IB bo‘yicha topshiriqlarni yaratishda Sun’iy intellekdan oqilona foydalanish bo‘yicha ham yo‘riqnoma o‘tkazildi. Bugungi davr talabi bo‘lgan Sun’iy intellektlardan samarali foydalanish nafaqat o‘qituvchining ishini yengillashtiradi balki, moslashtirilgan o'quv materiallari va mashqlarini taklif qilishi mumkin. Sun'iy intellekt o'yinlar, simulyatsiyalar va boshqa interaktiv vositalar yordamida o'rganishni yanada qiziqarli va samarali qilishi mumkin. Bu esa o'quvchilarning motivatsiyasini oshiradi va ularning bilim olishga bo'lgan qiziqishini kuchaytiradi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilar ushbu tadbirga ijobiy munosabat bildirdilar va kelgusidagi treningni qanday mavzuda tashkil etilish haqida taklif berdilar.💡
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro #hamkorlik #IB
#International_Baccalaureate

XORIJDAN TASHRIF


🇺🇿🇷🇺13-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabiga IB (International Baccalaureate) dasturiga asoslangan ta'lim jarayonini yaxshiroq tushunish va baholash maqsadida Rossiya federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi direktori Mixail Mokrinskiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🌏Delegatsiya a'zolari maktab binosining ichki va tashqi qismlarini, o'quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, zamonaviy sinfxonalari va laboratoriyalarni ko'rib chiqdilar. Shuningdek, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasida taklif va tavsiyalar berildi.

Maktab rahbariyati hamda MYP dasturi kordinatori, fan liderlari (ona-tili va adabiyot, ingliz tili hamda matematika, jismoniy tarbiya fanlari) bilan MYP dasturi yuzasidan muloqotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, dars mashg‘ulotlari kuzatildi va o'qituvchilarga muhim tavsiyalar berildi. Dars jarayonida IB dasturining metodologiyasi, talabalarning faol ishtiroki va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.✒️

Tashrif davomida darslar davomida o'quvchilarning mustaqil ishlash, izlanishlar olib borish va turli mavzularni global miqyosda tahlil qilishdagi yondashuvlarini kuzatdi. Shu bilan birga, u o'qituvchilarga o'quv jarayonini yanada interaktiv qilish, talabalarga yaratgan muhitni rivojlantirish va darslarni IB metodologiyasiga to'liq moslashtirish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Bu tashrif o'quvchilarga yuqori sifatli ta'lim berish, shuningdek, o'qituvchilarning malakasini oshirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. Kelajakda ushbu tavsiyalar asosida maktabda dars jarayonlari yanada takomillashib, o'quvchilarning ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM