Toshkent shahar FVB | Rasmiy kanal
2.25K subscribers
10.7K photos
2.19K videos
5 files
4.27K links
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar

✔️ Sergeli tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Kuni kecha Sergeli tumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan daxldor tashkilotlar rahbar xodimlari hamda barcha texnika vositalari ishtirokida kuz-qish mavsumida betalofat va xavfsiz faoliyat yuritishni ta’minlash bo‘yicha o‘quv-taktik mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi hamda mutasaddi tashkilot vakillarining bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

📹 Batafsil lavhamizda

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida Toshkent shahar Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, shtab boshlig‘i polkovnik M.Musaxojayev, tuman hokimi o‘rinbosari M.Toshov, IIB, MG, FVB, MV boshliqlari bilan Qo'mondonlik shtab o‘quv mashqlarini o‘tkazish oldi tuman hokimligining majlislar zalida FVDT xizmatlari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi va topshiriqlar berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Respublikamizda ''Yong'in xavfsizligi oyligi" va "Elektr tejamkorligi oyligi" doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumani Mudofaa ishlari bo‘limida, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar taqdirlandi!

Sergeli tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Mudofaa ishlari bo‘limi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Sergeli tumani qo‘riqlash bo‘limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda O‘zbekiston Milliy gvardiyasiga qarashli 81140-sonli harbiy qismida sidqidildan mehnat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari O‘. Mahkamov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan yig‘ilganlarni samimiy tabriklab, tuman hokimining tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng, Vatanimiz tinchligi hamda xavfsizligi yo‘lida mehnat qilib kelayotgan harbiylarga tuman hokimining tashakkurnomasi va sovg‘alari topshirildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida "Yosh qutqaruvchilar" musobaqasi bo'lib o'tdi

📌Sergeli tumanidagi maktablar o'quvchilari o'rtasida "Yosh qutqaruvchilar" musobaqasining tuman bosqichi o'tkazildi. Tadbirda o'quvchilar sog'lom turmush tarzini tatbiq etish, qutqaruvchi kasbiga qiziqtirish, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish, o'zi va boshqalarga yordam berish, fuqaro muhofazasi hamda yong'in xavfsizligiga oid bilim va ko'nikmalarini namoyish etdilar.

👥Musobaqa davomida jamoalar dala chodirini yig'ish kabi 5 ta shart bo'yicha bellashdilar.

Natijada, maktablar o'rtasida:

1⃣-o'rin: 6-maktab
2⃣-o'rin: 76-maktab
3⃣-o'rin: 352-maktab

Texnikumlar o'rtasida esa:

1⃣-o'rin: Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
2⃣-o'rin: Sergeli tumani politexnikumi
3⃣-o'rin: Toshkent tibbiyot texnikumi

G'olib jamoalar shahar bosqichiga yo'llanma oldilar. Ushbu musobaqa o'quvchilarning favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish ko'nikmalarini oshirish va ularni qutqaruvchi kasbiga qiziqtirishga xizmat qiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida "Yig‘in" signali asosida saf ko‘rigi o‘tkazildi

Toshkent shahar hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2025-yil 22-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i hamda Sergeli tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2025-yil 27-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, Respublikamiz hududida 15-martdan 15-aprel kunigacha o‘tkazilayotgan "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida tumanda fuqaro muhofazasi tuzilmalari saf ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tadbir davomida mexanizatsiya ishlari yig‘ma komandalarining kuch va vositalari "Yig‘in" signali asosida tayyor holatga keltirildi. Shuningdek, yig‘ma komandalarga xabar berish va boshqarish sxemasi, ularning vazifalari va tarkibi, me’yoriy hujjatlar, texnikalardagi asbob-anjomlar ro‘yxati ko‘rib chiqildi. Yig‘ma komandalar tarkibidagi shaxsiy tarkib hamda texnika va asbob-uskunalar jamlanganligi bo‘yicha ham tegishli nazorat o‘tkazildi.

Mazkur saf ko‘rigi fuqaro muhofazasi tizimining tayyorgarligini oshirish hamda favqulodda vaziyatlarga samarali javob berish imkoniyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Hamkorlik yangi bosqichda!


Sergeli tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sergeli tumani bo‘limi o‘rtasida 2025-yilda amalga oshiriladigan hamkorlikning yangi bosqichi sifatida muhim hujjat — o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

🤝 Memorandum asosida tuzilgan chora-tadbirlar rejasi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish belgilab olindi:

Favqulodda vaziyatlarning oldini olishda aholining huquqiy va ma’naviy madaniyatini oshirish;
Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tizimli olib borish;
O‘zaro tajriba almashish, seminar-treninglar, davra suhbatlari, profilaktik uchrashuvlar tashkil etish;
Milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash.

📌Ushbu memorandum ikki tashkilot o‘rtasidagi barqaror hamkorlikni yanada mustahkamlash, ijtimoiy barqarorlik va fuqarolarning ongini yuksaltirishga xizmat qiladi.

📢 Ma’naviyat va xavfsizlik – jamiyat taraqqiyotining asosi!

✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM