#xushxabar
#zarb_doirachilar_ansambli
🏆 O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi tomonidan ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, kollej va akademik litseylarning "Yosh ijrochilar" Respublika tanlovida Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Zarb" doirachilar ansambli a'zosi Samig'jonov Nurillo "An'anaviy cholg'u ijrochiligi (Doira)" yo'nalishi bo'yicha 1-darajali diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
➡️ Bundan tashqari, Samig'jonov Nurillo ushbu g'alabasi uchun Madaniyat va Turizm vazirligi tomonidan "An'anaviy cholg'u ijrochiligi (Doira)" yo'nalishining bakalavriat bosqichi uchun to'liq davlat granti bilan taqdirlandi.
💐 Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi Nurilloni ushbu ajoyib g'alaba bilan chin qalbdan tabriklaydi va keyingi tanlovlarda ham yanada ko'proq zafarlar tilab qoladi.
📝 Telegram 💻 Instagram 📝 Facebook 🏵 Artshop
#zarb_doirachilar_ansambli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM