Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi
986 subscribers
5.03K photos
1.08K videos
2 files
2.13K links
Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining sahifasi.

Instagram: https://instagram.com/tosh.babm

Facebook: https://facebook.com/toshbabm

☎️ +998712373442
Download Telegram
#bizning_faxrimiz

❇️ “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan, Karim Zaripov nomidagi Respublika Estrada-sirk kollejida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan va partiyaning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan "Saylovoldi dasturi“ Ko‘p millatli yagona oila” loyihasi doirasida “Mustaqillik oliy neʼmat” shiori ostida millalatlararo totuvlik, birdamlik va yakdillikni yanada mustahkamlashga qaratilgan festival o'tkazildi.

🔗 Festivalda Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Vokal" to'garagi rahbari Janar Mixayeva Bakram qizi faol ishtirok etganligi uchun diplom va esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_faxrimiz
#Toshkent_teleminorasi
#kulolchilik

🏺 Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi kulolchilik to'garagi rahbari Jo'rayev G'ayratdan navbatdagi ekskluziv mahorat darsi.

Telegram | Instagram | Facebook
#bizning_faxrimiz

📆 8-sentabr kuni soat 10:00 da Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh avlodni ilm-fan va innovasiyalarga keng jalb qilish maqsadida Alisher navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining media zalida “Iqtidorli yoshlar-millat g‘ururi, mamlakat tayanchi” nomli davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi xuzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati intistituti iqtidorli yoshlari, pedagoglari, talabalari va magistrlari ishtirok etdi.

🔗 Ishtirokchilar orasida Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Vokal" to'garagi rahbari Mixayeva Janar ham bor.

🖇 Yuqorida Mixayeva Janarning "Dunyo bo'ylab" teleradiokanaliga bergan intervyusini tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook
#xushxabar
#bizning_faxrimiz

📆 Joriy yilning 9-11-sentabr kunlari Chexiyaning Pardubitse shahrida shotokan karate-do boʻyicha XII Jahon chempionati bahslari boʻlib oʻtdi.

🥋 Unda jami 32 davlatdan 717 nafar sportchi gʻoliblik uchun tatamiga chiqishdi.

🥇 Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan 14 nafar sportchi musobaqada yuqori natijalarni qayd etdi va yakunda jami 20ta medalni qoʻlga kiritishdi.

🏆 Ushbu chempionatda Toshkent shahar Yashnobod tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Shotokan Karate-Do" to‘garak rahbari Xoʻjaqulov Muhammadabdulaziz4 ta oltin hamda mutloq chempion sifatida kubok bilan taqdirlandi.

🎉 Muhammadabdulazizni chin dildan tabriklaymiz va kelajakda ulkan zafarlar tilab qolamiz!!!

Telegram | Instagram | Facebook
#e’tirof
#1_oktabr
#bizning_faxrimiz

🔸 Urazbayeva Mavluda Anvarovna - Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Gazetadan buyumlar to'qish" to'garagi rahbari

🔸 Maktabimizning tajribali to'garak rahbari ko'p yillardan beri "Gazetadan buyumlar to'qish" bo'yicha ko'plab mehribonlik uylarida va imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatlarida tarmoq to'garaklarini yuritib kelmoqda.

🔸 Uning samarali va beminnat mehnatlari Davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlanuvchilar ro'yxatiga qo'shildi.

💬 Telegram 📹Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_faxrimiz

📆 Joriy yilning 29-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining "Xalq diplomatiyasi markazi" tomonidan tashkil etilgan "Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida madaniy-gumanitar hamkorlik vektorlari" Xalqaro konferensiyasida Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining direktori Mirsagatova Tamara Maxamatovna ishtirok etdi.

🏅 Konferensiya davomida Mirsagatova Tamara Maxamatovna tashkilot tomonidan "Xalq diplomati" ko'krak-nishoni bilan taqdirlandi.

💬 Telegram 📹Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_faxrimiz
#hunarmandchilik

🇺🇿 Joriy yilning 20-oktabr sanasida Sankt-Peterburg shahrining Tashqi aloqalar qo'mitasi, Toshkent shahar hokimiyati va Toshkent shahar "Hunarmand" uyushmasi hamkorligida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida "O'zbekiston Respublikasi hunarmandchiligi va milliy buyumlarining savdo markazi" ochilishi bo'lib o'tdi.

🇺🇿 Ushbu ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasidan hamkor tashkilotlar, hunarmandlar va ommaviy-axborot xodimlari hamda Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Kulolchilik" to'garagining tajribali rahbari Jo'rayev G'ayrat ishtirok etishdi.

Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi Media bo'limi

💬 Telegram 📹Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_faxrimiz

Hozirda Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining Rubik kubigi, mental arifmetika va robototexnika to'garaklarida tahsil olayotgan Ibragimova Ibodat "Bolajon" telekanalining "Bolajon mehmonxonasi" ko'rsatuvida ishtirok etdi.

💬Telegram 📹Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_faxrimiz
#xalqaro_tanlov

👍👍👍👍👍👍👍
🔝 Joriy yilning 29-noyabr kuni Uchtepa tumani "Barakamol avlod" bolalar maktabining "Karate" to'garagi a'zosi Ibroximov Xojiaxror 16-17 yosh bolalar o'rtasida 61kg vazn toifasida, Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo'lib o'tgan "MOSKVA UNIVERSE-2022" musobaqasida faxrli 3-o'rinni egalladi.

🔝 Xojiaxrorga bundan keyingi musoboqalarida ham zafarlar tilab qolamiz.

🔝 Telegram 🔝 Instagram 🔝Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#gimnastika
#bizning_faxrimiz

🗣 2022-yil 30-noyabr kuni Buxoro shahrida sportning "Badiiy gimnastika" turi bo'yicha "Oltin kuz" shiori ostida bo'lib o'tgan Respublika ochiq turnirida Toshkent shahar Yashnobod tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabining Asatova Dilnoz rahbarligidagi "Badiiy dimnastika" to'garagining 6 nafar a'zolari faxrli o'rinlarni egallashdi.

🔝 Natijalar quyidagicha:
Mindubayeva Milana - 1-o‘rin
Usmonjonova Madina - 1-o‘rin
Mirxoliqova Komila - 2-o‘rin
Rustamaliyeva Robiya - 2-o‘rin
Abdubokiyeva Mohinur - 2-o‘rin
Hudoyorova Gulnoza
- 2-o‘rin

🔝 Telegram 🔝 Instagram 🔝Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM