To'ra Sulaymon
109 subscribers
140 photos
37 videos
27 files
58 links
Rasmiy kanal
Download Telegram
O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab “Ketma, bahor, mening bog‘imdan” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir hamda “To‘ra Sulaymon zamondoshlari xotirasida” nomli kitob taqdimotidan fotolavhalar.

Fotolar muallifi – Ahmad To'ra.
O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab “Ketma, bahor, mening bog‘imdan” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir hamda “To‘ra Sulaymon zamondoshlari xotirasida” nomli kitob taqdimotidan fotolavhalar.

Fotolar muallifi – Ahmad To'ra.
To'ra Sulaymon zamondoshlari xotirasida

Qozoqboy Yo‘ldosh:


...To‘ra Sulaymon butun tuyg‘uga, butun yurakka ega bo‘lishga intiladi:

“Menga butun ko‘ngil kerak, kun kerak,
Menga tutash yulduz to‘la tun kerak.
Men yortilab muhabbatni olmayman,
Men yorti do‘st xonasida qolmayman”.


U chala suymaydi, chala yashamaydi, chala dovlashmaydi, chala yovlashmaydi, chala do‘stlashmaydi. O‘zining butun so‘ziga, yirik tuyg‘usiga ega bo‘lganidan g‘ururlanadi. Tuyg‘ular o‘ziniki bo‘lgani bois “yuqumli”. Birovdan tuyg‘u olib, birovning ovozi bilan kuylab, birovning so‘zi-la tasvirlab, e’tirof qozonish mumkin emas. Shoirning: “O‘zga sozni chalgulik qilma”, – deya iltijo etishi shundan. To‘ra Sulaymon butun ijodiy umri mobaynida o‘z sozini chalishga urinib keldi...
Forwarded from Nazokat
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/tora-sulaymon-zamondoshlari-xotirasida-kitobi-taqdimoti_714343
Sirdaryolik shoira Bahor Xolbekova To‘ra Sulaymon haqida o‘qishli, samimiy xotira yozgan. Buni "To‘ra Sulaymon zamondoshlari xotirasida" kitobidan o‘qishingiz mumkin.
To'ra Sulaymon zamondoshlari xotirasida

Bahor Xolbekova:

  ...Vafotlaridan sal oldin bir guruh ijodkorlar ustozni ko‘rgani bordik. Hamma bir-bir ko‘rishdi. Men hazil aralash “Singillar og‘alar bilan qo‘l berib emas, yelka olib ko‘rishadilar” deb yelkalariga qo‘limni qo‘ydim. So‘rashib bo‘lganimizdan keyin To‘ra aka menga qarab:
   – “Yelka” deganida gap ko‘p. Yigitning yelkasi bo‘lsin ekan. Elu-yurtning og‘irini yengil qilishga, tashvishu g‘amni ko‘tarishga, to‘n kiyishga, opa-singillari bilan ko‘rishishga, suyanch bo‘lishga yigitning yelkasi bo‘lsin, keng yelkasi bo‘lsin, – dedi-da, sal narida turgan xontaxta ustida turgan qog‘oz-qalamga ishora qildi:
   – “Yelkasi yo‘q yigitlar” degan bir narsa yozayapman. Xudo xohlasa, o‘qib, fikrlaringizni aytasizlar.
   O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon hatto bemor holida ham ijoddan to‘xtamagan. Hanuz o‘sha qoralamalarga qiziqaman. Nafaqat u, xalq shoirining hali biz o‘qimagan qancha asarlari bor.
To‘ra aka oylab ko‘rinmay qolardi. Kun kelib paydo bo‘lardi-da, yangi asarlarini qo‘limizga tutqazardi. Bilsak, yozuvchilarning ijod bog‘i – Do‘rmonga ketgan, o‘sha yerda yozib-chizib qaytgan bo‘larkan.
   Nazarimda To‘ra aka qaysidir bog‘da ijod qilib yurganday. Hali-hamon bir dasta she’rlari, dostonlarini ko‘tarib, “Bu eng yangilari” deb kirib keladiganday...
Ketma bahor (www.Moqina.net)
Sherali Jo'rayev
To‘ra Sulaymon
🎙 Sherali Jo‘rayev