Manguning muvaqqat strukturalari
...Doimiy patriarxal bo‘lib kelgan jamiyat buyog‘iga
ham shunday davom etishi shartmas, bu konstruktni
buzish, erkak va ayol o‘rtasidagi iyerarxiyani yo‘qqa
chiqarish mumkin. Iyerarxiyaning boshida na erkak, na
ayol, na nabobat va tabobat turishi shartmas, ular o‘zaro
tengdir...
Tillanisoning ushbu maqolasi Ma'rifat gazetasining 21-sonida e'lon qilindi.
Maqolani to'liq shaklda o'qish uchun link:
https://telegra.ph/Manguning-muvaqqat-strukturalari-06-07

Telegraph
Manguning muvaqqat strukturalari
Mazkur maqola biroz miyani qiynashi mumkin. Tan olish kerak, material yig‘ish davomida o‘zimda ham ko‘p ikkilanish bo‘ldi, chunki XX asr dunyo miqyosidagi eng katta nazariyalardan birini bitta yoki ikkita gap bilan tushunish oson emas ekan, inchunin tushuntirish…
❤6
Forwarded from Sukut Saqlama (NeMolchi.uz o'zbek tilida)
«Feminizmni dekolonizatsiya qilish: tenglik haqida o‘z tilingda qanday gapirish mumkin» — sizni o‘zbek tilidagi panel muhokamaga taklif qilamiz.
Feminizm albatta “g‘arb” tilida so‘zlashi shart emas. O‘z tilimiz va o‘z tenglik tushunchamizni qanday topamiz?
Madaniyat, tarix, jismoniylik va shaxsiy tajriba bilan aloqani yo‘qotmasdan, tenglik haqida qanday fikr yuritish mumkin?
Ishtirokchilar:
🎓 Almira Tabayeva — Nazarboyev Universiteti doktorantkasi, O‘zbekistonda tug‘ilgan.
Hindiston va Angliyada feminizmni o‘rganib, Janubiy va Markaziy Osiyo ayollari an’analarini tadqiq qilgan.
Ilmiy maqolalar muallifi, gender tadqiqotlari va ijodiy ta’lim bilan shug‘ullanadi, ishlarini dekolonial yondashuv orqali olib boradi. Almira Markaziy Osiyoda feministik til izlash va postkolonial meros sharoitida tenglik haqida qanday gapirish mumkinligi haqida so‘z yuritadi.
🌟 Tillaniso Nuryo‘g‘di — shoira, yozuvchi, filolog. «Dilxat», «Olovrang tuyg‘u», «Qon», «Sunbula», «Shakl» kabi kitoblar muallifi. Documenta 15 (Kassel) va Venetsiya Biennalesi ishtirokchisi. Ijodida mifologiya va ayollarning she’riy tajribasini o‘rganadi.
🕕 Dushanba, 9-iyun, soat 19:00
📍 139 Documentary Center (Taras Shevchenko ko‘chasi, 8 — “Patriki” qahvaxonasi yonida)
💸 Kirish — donation
🗣 Til: o‘zbek tili
#SukutSaqlama

❤15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Remarkning "Umid uchquni" romani haqidagi Tillanisoning fikrlari.
"Remarkni yoqtirmayman lekin kitobni oxirida yig'lab yopdim baribir".
"Remarkni yoqtirmayman lekin kitobni oxirida yig'lab yopdim baribir".
❤25
Inson individuallashmoqda. Indivuduallashuv bizning bosib o'tadigan muqarrar yo'limiz. To'g'ri, aynan bizning hozirgi jamiyat, hozirgi biz individuallashyapti, yo individuallashadi deyolmayman. Ammo vaqti kelib nechadir o'n yilliklardirdan keyin shu hol sodir bo'ladi. Individuallashuv jamoa bo'lib yashashdan qa'tiy yuz berish demak. Ruhan yuz buradi odam bundan. Bu degani oila qatriyatlarigayam keskin putur yetadi. Nasl qoldirish ehtiyoji o'shanda qanday hal qilinar ekan? Bu men uchun so'roq. Lekin bir yo'lini o'ylab topishadi o'sha odamlar. Ular ong jihatdan hozirgi odamdan ko'ra baland bo'ladi. Individuallashuv orqali jamoaviylikni rad etgan inson jamoa himoyasidan ham mosuvo bo'ladi. Bunga sari u o'ziga suyanadi. O'ziga suyangan sari O'zligini ko'p taniydi. U yolg'izlikdan qochib, erkinligini qurbon qilib jamoaviy hayotga qayta o'zini urmoqchi bo'lganida ham, bunga erisholmaydi. O'sha individual hayotga butun jamoaviy ong qaror qilgan bo'ladi chunki. Kollektiv ong individuallikka o'tadi. Individuallashgan sari esa inson kollektiv ongning ham qaysidir qismlaridan uziladi. Yung ong ufqlari hali endigina ochildi degandi. Ong ufqlari ochila borishida individuallashuv zaruriy, kutilayotgan bosqich nazarimda. Bu yerda yaxshimi, yo bu yomonmi degan savolga o'rin yo'q. Tabiatning inson ruhi, ongi borasida o'z tadrijiy yo'li bor. Bir to'ppak san'at ahli kollektiv ongdan chiqish yoki indivuallikni targ'ib qilish bilan necha yuz yillardan beri aytib keladi. Ammo tabiatga bir to'ppak odam va uning rivojining qizig'i yo'q. Yaxlit ong (Yerdagi butun insoniyat ongi) shu bosqichga o'tgandagina yangi rivojlanish yo'li boshlanadi, evolyutsiya bo'ladi. Ongning ilk ufqlari butun odamzot tomonidan anglangan holda ochilishiga ming yillar kerak bo'lganidek bungayam anchayin muddat kerak. Lekin jarayon endi tez kechadi. Birinchi qadamlar qo'yish doim qiyin bo'lgan. Insoniyat ong rivojidagi dastlabki bosqichlardan o'tgan. Demak, buyog'i anchayin tezlashadi. Hozirgi odamga bir kun kelib oila hech qanday ahamiyatga ega bo'lmay qoladi, jamoaga o'z o'zidan talpinmay qo'yasang desang, ahmoqqa qaragandek qarashini tushinaman. Ammo hechqisi yo'q, men tug'ilganimdayoq paranji chimmat ichida yashamaslikni, matriarxatda umrguzoronlik qilmaslikni, odam go'shtini yemaslikni juda tabiiy qabul qilganman. O'ylab ham ko'rmagan bu narsalar haqida. Kelajak odami ham bu individuallashuvni juda tabiiy qabul qiladi. Chunki u shunday ong bosqichida tug'iladi va o'tmish ongining hayot tarzi haqida kamdan kam savollar beradi. Dinning mazmuni ham chuqurlashadi. Hozirgi din kollektiv ongga moslashgan umumiy streotip bo'lsa, individuallashgan bosqichda boshqa mazmun ochiladi. Bu tabiat istaydigan, Yaxlit ongni o'sha bosqich sari yetaklaydigan muqarrar jarayon. O'ylab qolaman, tabiatga u qadar ham insonning qizig'i yo'q. Unga o'zi istaydigan evolyutsiya, rivojlanish yo'li muhim.
Tillaniso
Tillaniso
❤27
...Mening leksikonimdagi bo'shliqning ma'nosi shundayki, odam bo'shliqda tug'iladi. Ona qornidagi suvda emas, bo'shliqda suzib yuradi. Badiiylashtirmayapman, mubolag'ayam qilmadim. Ishoning mubolag'a va badiiyatdan mening ham ensam qotadi. Tug'ilgach, o'sha bo'shliq ichiga ko'chadi. Katta bo'lgach, ulg'ayadi. Ko'pchilikni bo'shliq yutib yuboradi. Omadi kulganlar, tavakkalchilar bu bo'shliqni moddiylashtira oladi. Masalan, hech bo'lmaganda, qotillik qilib. Qotillik orqali bo'shliq moddiy olamda shakl topadi. Men bunday qotillarni oqlamayman. Lekin havasim keladi...
Shakl
Tillaniso
Shakl
Tillaniso
❤18
Tillanisoning ushbu sheʼr Ohista Jamshid tomonidan kuylandi.
Isitma aralash...
1
Bag‘rim orasidan taraladi isitma,
Olov, cho‘g‘ bo‘lib yerga tortar loshimni.
Ko‘zlarimda olovning tafti.
Bag‘rim bilan ohista sirlashar
Yerda yotgan bargi xazonlar.
Sariq rangli bargi xazonlar
Bag‘rimdagi harorat bilan
O‘tli sirlashar.
Bunday o‘tni ko‘rmagan dunyo,
Dunyo ko‘rmagan bu sakiynatni.
Ohista shivirlar bargi xazonlar.
2
Hammasi isitma aralash bir xayol…
Sen chiqib kelasan yo‘qlik qa’ridan,
Isitma aralash bir tush hammasi.
Biz titrab turamiz — zamonning qa’rida — juft sharpa.
Ustimizda ma’budlar g‘azabidek huvillagan bir dunyo.
Bir yoy kabi ustimizga egiladi cheksizlik.
Isitmadan qaqshayman men o‘sha damda ham.
Sen quchoqlab olasan meni —
Bag‘ringda tug‘ilar yana bir dunyo.
Bizni qurshab yotar zamon, yo‘qlik va dunyo.
3
Men seni bo‘salarga ko‘maman
Va tunning badanini ham.
Bo‘sadan ketar u yorishib.
Hamdardlikning eng go‘zal shakli bo‘lar bo‘salarimiz.
Yuqtiraman senga hatto tanamdagi issiq dardimni ham.
Va balki jismimizni yechib yotoqqa
Keturmiz ikkimiz ko‘chalarda sayr etib.
Bir-birini suyib yalagan ikki it kabi,
Dardimizni ko‘zlarga surtib,
Keturmiz.
Men seni bo‘salarga ko‘maman.
Link ustiga bosing!

Ba’zida nega keskin qaror qabul qilganingni yoki maqsadingdan chekinganingni, orzungdan voz kechganingni tushintirib bolmaydi. Shunchaki qalbing ozing kutmagan, oylamagan, xohishingdan boshqa bir narsaga rozi bolib qoya qoladi. Anglamaysan: bu rozilik, xotirjamlik qaydan keldi (keladi)? Chindan ham qalbning odam ozi aralasha olmaydigan Hayoti bor.
Ayriliqqa rozilik ham shunday, oz-ozidan sodir boladi. Yaqinidan ajralgan odamga sabr emas, Rozilik beriladi. Bolmasa buning dahshatiga… chidash mumkinmas.
“Mana shunday bolmasa, hayotim izdan chiqib ketadi” deb oylagan rejalaring, orzularing amalga oshmasligidan ham qo`rqmay qolarkansan. Qalbga qaydan va qanday kelishi noma’lum Rozilik kelsa, hammasi iziga tushib ketaveradi.

❤28
Forwarded from Where is Heaven? (dilrabo)
❤16
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uolt Uiotmen "Mening qo'shig'im"
Tillaniso tarjimasi, Zarkent, 2025, 18 aprel
Tillaniso tarjimasi, Zarkent, 2025, 18 aprel
❤28
"ON" dostonidan
1.
Tun qiyqimlari orasidan onimni topib oldim.
Otamni topib oldim.
bahor yomg'iri bilan yuvib qo'ydim
qalbimdagi otam siymosin
Bahor ildiziga tutashdim ilk bor
Tomirlarim yugurik bo'lib tongga tutashdi
Ildiziga tutashdi tomirlarim -
Onga tutashdim.
Keyin jim yula boshladim o'tlarni.
2.
Sevging bo'lsa...
Uxlasang bag'riga berib bag'ring,
Chiqsa charchog'ing...
"Hayot qanday go'zal, a?!"
Hozir go'zalmi hayot?
-HA!
Qovushadi onga onsizlik.
3.
Kapalakning qanot qoqishi
Borib kelardi
Deraza ortidan
Yomg'ir tovshiga
Yurak urishi kabi
Hurkitadi yomg'ir yarqiroq yolg'izlikni.
(davomi bor)
2025
Tillaniso.

❤20
Hid Gallyutsinatsiyasi
"ON" dostonidan 1. Tun qiyqimlari orasidan onimni topib oldim. Otamni topib oldim. bahor yomg'iri bilan yuvib qo'ydim qalbimdagi otam siymosin Bahor ildiziga tutashdim ilk bor Tomirlarim yugurik bo'lib tongga tutashdi Ildiziga tutashdi tomirlarim - Onga…
"ON" dostonidan
Faqat o'tgan kundan yodgorlik
Uzilmagan elas-elas
hali xotira
Tashlab ketilgan kabi qolgan
huvillab
Bir onsan
O'tmishdek turasan tuynuk qoshida
Litseyni bitirganda tuyganing
Universitetni bitirganda tuyganing
Onangdan ilk ketganda tuyganing
Va qaytganda ko'zlaringga
gupirib to'lgan yuraging
Terak soyasiga yashirganing
artganing
Sidirganing ariqdagi suv g'ussasiga
Tuyqus qayrilib ko'rgani onang
Bir onsan - yurak gupirgan
Qolgan vayrona
"O'tgan" qismatidan oqib ketasan
Elanasan xotiradan o'tganning
Jimgina vaqt yoqasidan olasan -
xayolni elab
Xotiringni buncha to'ldirar
Yashalgan yo'qlik
Buncha yanchib tashlar
O'tgan - yashalgan yo'qlik
Buncha huvillatar yo'qlik bo'lib onda yashalgan
Buncha huvillatar, buncha bor qilar
Buncha yashatar seni boshdan oyoq
yashalgan yo'qlik!

❤21
Virjiniyaning (Vulf) kundaliklarini o'qiyotgandim. Ayol ijodkor ruhiyati, vijdon azobi chizilgan o'rinlar juda ko'p. Aslida ijodkor, san'atkor, olim agar professional bo'laman desa, u Vijdon azobini bir umr chekishga majbur. Eng yaqinlari oldida, hayotida uchraydigan har bir odam oldida. Virjiniya ham shu azobdan qattiq qiynaladi. Lekin nima qilsin, axir "sen Prometey bo'lsangu, qoya mustahkam, so'nalar qonxo'r bo'lsa, na minnatdorchilik, na muhabbat va na boshqa oliyjanob hislarga o'rin qolmaydi." U bu gaplarni bir umr Virjiniyani qo'llab kelgan, injiqliklarini og'rinishsiz qabul qilgan, kitoblarining nashr ishlari bilan shug'illanib kelgan eriga nisbatan yozadi. Afsuski, professional bo'lish ko'plab oliyjanob hislarning yuzaga chiqishiga yo'l qo'ymasligini u yaxshi tushunadi. Eri ham. Bizning jamiyatimizda esa professionallikni qadrlash, professionallarni tushinish, qabul qilish tajribasi yetishmaydigandek tuyilaveradi menga. Garchi taraqqiyotning bugungi sur'atiga yetib olish uchun professionallarga katta ehtiyojimiz bo'lsa-da... Aytgancha, yuqoridagi va quyida keltiriladigan gaplar faqat ijod sohasidagi professionallik haqida emas. Chunki professional bo'lishni istagan har bir soha odamiga bugun qiyin ekanligini ko'ryapmiz.
Quyidagi qaydnomani elektron kundaligimdan topdim. To'g'rirog'i, Virjiniyani o'qiyotib esimga keldi. Bilaman, siz buni "Kim bo'libsanki..." degan istehzo bilan o'qiysiz. To'g'ri, professional emasman. Lekin professional bo'lgim keladi. Bu yo'lda hech kimdan hech narsa kutishga haqqim yo'q. Faqat atrofingdagilar oldidagi vijdon azobi alamzadaga aylantirib qo'yarkan. Bunday bosim ham yana bir og'irlik bo'lib,ichingdagi bosimga singadi.
Ming istehzo bilan o'qimang, siz bu diydiyolar ortidagi ilmiliqlikdan charchash va professionalizm so'g'inchini his qila olishingizga ishonaman. Imlo xatolari uchun ma'zur tuting.
Fabianella:
Ilmiliq odam bo'lmasang, odamlarga yoqmaysan. Seni nima ish qilishish, nima maqsad uchun kurashayoyganing ahamiyatsiz. Xohishlaring bir tin. Muhimi ilmiliq bol, yaxshi odam bol, odamlarning kongliga qara. Lekin ichdan qurib, nevroz bolib o'lsang, uyingda , ishingda halovat topmay, chorasizlik va kimsasizlikdan ko'chalarda itdek sang'isang, hech kim bu bilan qiziqmaydi. Albatta , qandaydir fojeaga boglashadi kasalligingni. Yaqinda o'qigandim, nega bizdan o'z kasbining ustasi bo'lgan professional odamlar chiqmaydi deb? Sababi oddiy , bizda professional bolish emas, ilmiliq bolish rag'batlantiriladi. Professionalizm uchun alohida sharoit, kayfiyat, fe'l kerak. Shu sabab professionalni shaxsi uchun qatagon qilamiz. Ular boshqa ilmiliqlarga, yacshilarga o'xshamagani uchun. Professionallik uchun kurashadiganlarning yaxshi bolishga, birovlarning kongliga qarashga vaqti bolmaydi. Aksar holda ular shu uchun ham yolg'iz. Lekin professionallarsiz ham dunyo dunyo bo'lmasdi. Xullas, ilmiliqlardan, ilmiliqlikdan charchadim. Hamma nasihat o'qiydi. Menga xayrixoh bir kimsa yoqdek. Bu yolg'izlikdan ham og'ir. Birovlarga o'z fe'ling, xotirjamligingni o'ylab yaxshilik qilolmasliging, yomonliklaring alamzada qilib qo'yar ekan. Alamzada bo'lgan sari hammasi battar bolib boraveradi...

❤29
Bugun opalarning sarasi - Nodirabegim Ibrohimova va Anifning tug'ilgan kuni. Tabriklaymiz, qutlaymiz. Barcha yaxshi niyatlar Opa uchun. Dunyo turgunicha tursin shu sokin shiddatida. Ijodi ham. Yurak sizga❤️
Anif she'rlari haqida yozganimni quyida o'qing:
https://t.iss.one/TillanisoEN/5290
Anif she'rlari haqida yozganimni quyida o'qing:
https://t.iss.one/TillanisoEN/5290
❤17
Hid Gallyutsinatsiyasi:
Yaqinginada Navoiydan bir ayol keldi. Ko'rikdan o'tishi uchun. Saraton ekan. Navoiyidagi og'ir havo tufayli uyerda saraton normal ekan. Avvalgi hukumat davrida 3 mln miqdorida oyiga kompensatsiya to'lanarkan. Hozir shu ham kesilibdi. Ayol shubhasiz poytaxtdan davo izlab kelgan. Tekshiruv nima bo'lgan, nima qo'ygan bilolmadim. Umuman davolanishga-chi? Puli bormi? Saratonni davolash bitta uy narxidaku?! Shularni o'ylab yurganimda taq etib xabarlar chiqdiku: Navoiyni texnogen zahar qopladi degan. O'zi havosi zaharli edi. Yana bir necha barobarga oshibdi. Bu sizu men uchun hech narsadekdir, ammo qanchadan qancha yosh jonlar uchun saraton degani. Ha, aytgancha, tekshiruvga kelgan ayol hali qirqqa yetmagandi😢.
O'sha kuniyam, hozir ham darg'azabman - kim qaysi kalla bilan shahar markaziga taq etib shunaqa zaharni qurib qo'ygan?! Xo'p, Ssrda davrida qurilgandir, lekin 35 yil nima qilindi - nahotki davlatda atrofi cho'ldan iborat shahardan shu zaharli jahannamni ko'chirish bo'yicha bir fikr yo mablag' yo'q edi?!
Bunday desam, hamma bitta javob beryapti - hukumatdagilarning bolasi bu yerda yashamaydi kelajakda, shuning uchun ularga farqi yo'q...
Bizga Orol yetarli edi, Xorazmga tutash tumanda yashaganim uchun Orol fojeasini tanamda sezib o'sganman. Endi esa ketma-ket fojealar - Navoiy azot, iqlim fojeasi bo'lgan issiq, o'ylamay qilingan qurilishlar ( Toshkentdagi daraxt kesish holva, Buxoroga boring, shahar markazida urug'likkayam daraxt topmaysiz, hammayoq beton, beton, qurilish - 40 gradus issiq 60 ning hovurini beradi), chang, har ikki odamdan birida uchrayotgan allergiya, ayovsiz va o'ylovsiz kesilayotgan daraxtlar, zabtiga olayotgan qurg'oqchilik va mana endi Chorvoq suvi ham ifloslanishi mumkin bo'lgan bir holat...
Ayni damda biz hammamiz - kasbimiz-u yoshimizdan qat'i nazar ekofaol bo'lishimiz kerak. Ortiq jim turish yaramaydi.
Navoiy azotni shahar markazidan ko'chirtirish, qurilish va daraxt, changni, issiqxona gazlari, ko'mir va mazut muammosini to"liq nazoratga olish, Chorvoqda jiddiy ekologik tekshirish o'tkazish kerak.
Tinimsiz buni gapiraverish, hisoblashishga majbur qilish shart - zero biz ekologik fojeani endi har kun tanasida yashayotgan insonlarmiz!
#savenavoi
#savecharvak
#savenature

❤36
3-,
4-,
10-,
20- dunyo urushlari nima bo'libdi
Ichimda butun sayyoralar urushi kechdi
Ehtimol, 18 ming olamning qiyomati,
Necha bor sulh tuzdim, murosa qildim
Lekin xiyol o'tib o'zim tashladim
Ichimga yadroviy bombalarni -
Yordamga kelmadi hech kim.
So'ng kulim bilan to'zg'ib bordim poyingga
Muztar urib bosh
Vayron hissiyotning kullari bilan
Qo'pay deb poyingda
O'pay deb oyog'ingni
Dunyoni qoshingda qo'ptirayin deb...
Sen kulimdan ham murosa kutding -
Sovugan kulimdan ham sovuqlik kutding Sevgilim!

Kimsaga dardingni so'zlama,
Kimsaning ham kimsasi bor ichida
Dardi yetar o'ziga.
"Men ko'p gapiraman,
Netay, baxtli bo'lgim kelar sen bilan sevgim"*-
Qoidaga qilma rioya.
Baribir sevging uchun bo'lar shunchaki bir mag'zava.
Kimsaga fosh qilma o'zingni,
Suvga ham aytma,
Kim biladi, to'fon bilan suv yuzingga urar tarsaki.
Kimsadan kutma bir shirin so'z, e'tibor.
Sevgingdan ham.
Baribir band u.
Tashvishlari muhim, muhtasham.
O'zi bilan band u.
O'zi bilan band suv.
Senam o'zi bilan band qorong'i odam.
Goh sevgi, goh kulgi, goh hazil, goh g'amni tusar ko'ngling.
Ishq ulashga odam yo'q,
Kulishishga ko'z,
Yig'lashishga dil
Yo'q, ikki dil bir bo'lgan dunyo.
Burchak-burchaklarda pisib bekinib,
Goh quvlashmachoq o'ynayotgan, tush ko'rayotgan,
Goh alahsigan turmay kurakda.
Hammaning o'z dardi bor bitta uyda ham -
Alohida - Alohida dardi burchak-burchakda.
*Abduvali Qutbiddin satriga ishora.

❤22
Bookuzdan CHILLA chegirmasi. Keb qolinglar, ob qolinglar.
Telegram
BOOK.UZ
🏷CHE-GIR-MA! BOOK.UZdan ob-havo kabi issiiiiiq chegirma!
🔥 BOOK.UZ kitoblar do'koni 25-31-iyul kunlari MEGA-CHEGIRMA e'lon qiladi.
📦 Qo'shimchasiga, 100 000 so'mdan ortiq xaridlarga yetkazib berish bepul!
• «Yangi asr avlodi» va «Yoshlar matbuoti» — 30%…
🔥 BOOK.UZ kitoblar do'koni 25-31-iyul kunlari MEGA-CHEGIRMA e'lon qiladi.
📦 Qo'shimchasiga, 100 000 so'mdan ortiq xaridlarga yetkazib berish bepul!
• «Yangi asr avlodi» va «Yoshlar matbuoti» — 30%…