IMA Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
684 subscribers
7.12K photos
789 videos
18 files
1.77K links
Download Telegram
#qabul_2025
#ijod_maktablari

🤩 Bugun, 30-iyun kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida 2025/2026-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi.

📸Suratlarda hududlarda boʻlib oʻtgan imtihon jarayonlari.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2025
#Prezident_maktabi

🤩 PREZIDENT MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONLARI BIRINCHI BOSQICHI 6-IYUL KUNI BOʻLIB OʻTADI

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida boʻladi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Termiz_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati BIZNING SHUNDAY O'QUVCHIMIZ BOR

Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-D sinf o’quvchisi Roxatoy Yusupova Westminster International University in Tashkent oliygohiga o'qishga qabul qilindi.
Rohatoy shuningdek Italiyaning yuqori reytinglarda turuvchi The American University of Rome oliygohiga ham muddatdan oldin o'qishga qabul qilingan edi.
🎉 O'quvchimizni, uning ota-onasi va ingliz tili fani ustozlarini chin dildan tabriklaymiz. Yutuqlar soni yana ko'payishi, kelajakda nufuzli oliygoh talabasi bo'lishiga tilakdoshmiz. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Facebook
#Termiz_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati BIZNING SHUNDAY O'QUVCHIMIZ BOR

Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-A sinf o’quvchisi Imomov Shohjahon "Illinois Tech" universitetining Computer and Cybersecurity Engineering yo'nalishiga yillik 30.000$ jami:120.000$ grant bilan o'qishga qabul qilindi. 💫 Shuningdek "Yangi O'zbekiston" va Amerika Qo'shma Shtatlaridagi yuqori reytinglarda turuvchi New Jersey Institute of Technology oliygohiga ham muddatdan oldin o'qishga qabul qilingan edi.

Albatta bu bilan cheklanib qolmasligiga va bundanda yuqori natijalarga ham erishishiga ishonamiz. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram
#Termiz_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati BIZNING SHUNDAY O'QUVCHIMIZ BOR

Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-A sinf o’quvchisi Nurshod Ergashev yangi tashkil etilgan "Al-Xorazmiy" universitetiga o'qish uchun 4 yillik 120 million so‘mlik grant yutdi. 💫 Shuningdek "Yangi O'zbekiston" universitetining Sun'iy intelekt va robototexnika yo'nalishiga 100% grant, Amerika Qo'shma Shtatlaridagi The University of Minessota va Purdue University oliygihlariga ham o'qishga qabul qilingan edi.

Albatta bu bilan cheklanib qolmasligiga va bundanda yuqori natijalarga ham erishishiga ishonamiz. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram
#stop_korrupsiya

Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

☎️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz 1253

📞 Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati: Ishonch telefoni – +998(97) 243-06-43

🌍 Maktab-internatning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram Facebook