TerDPI rasmiy telegram sahifasi
12K subscribers
20K photos
2.09K videos
221 files
6.78K links
Termiz davlat pedagogika institutining ilmiy-tahliliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy telegram kanaliga xush kelibsiz!
https://t.iss.one/Azizbek_Xasanov_Baxtiyarovich

https://instagram.com/terdpi_rasmiy

Murojaat bot: https://t.iss.one/TerDPI_rektoriga_murojaat_bot
Download Telegram
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Qashqadaryo

Bugun, Qashqadaryo viloyati Qarshi davlat universitetida "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalari rahbarlari xususan, Termiz davlat pedagogika instituti instituti rektori A.Xasanov ham ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimidan so'ng, A.Xasanov musobaqada faol ishtirok etgan talabalarimiz va murabbiylari bilan uchrashib, stritbol bo'yicha faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritgan talabalarimizni tabrikladi va bundan keyingi musobaqalarda omad tiladi.

❗️Ma'lumot o'rnida, "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqasining respublika final bahslarida Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi 4 ta sport turi bo'yicha ishtirok etishdi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram Telegram
👍17👏2🏆1
Forwarded from Edu.uz
Prezident Qarshi davlat texnika universiteti bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan elektrotexnika korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-iyun kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi. Davlatimiz rahbari tashrifni Qarshi shahridagi “Alp texno servis” elektrotexnika korxonasi bilan tanishuvdan boshladi.

#Mirziyoyev #Safar #Qashqadaryo #Korxona #DualTaʼlim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1
Forwarded from Edu.uz
#XizmatSafari #Vazir #Qashqadaryo #Texnikum

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qarshi transport va servis texnikumiga tashrif buyurdi.

Ushbu ta’lim muassasasida 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Germaniya Federativ Respublikasi Hunarmandchilik palatasi va Avestos kompaniyasi bilan hamkorlikda to‘liq nemis ta’lim standartlariga asoslangan “Metallar texnologiyasi” kasbi bo‘yicha “Ausbildung” tizmi joriy qilinadi.

Vazir Germaniyalik hamkorlar tomonidan qo‘yiladigan talablar, yangi o‘quv yiliga qadar bajariladigan ishlar bilan tanishib, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Ta'kidlash joizki, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Qashqadaryo viloyatining 6 ta kasbiy ta’lim muassasasida to‘liq nemis ta’lim standartlari joriy qilinadi va joriy yilning iyul-avgust oylarida 24 nafar o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalari Germaniyada malaka oshirishga yuboriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#XizmatSafari #Vazir #Qashqadaryo

Vazir: Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari Qashqadaryoning barqaror rivojlanishida faol ishtirokchiga aylanishi kerak!


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qashqadaryo viloyatidagi oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashib, ular oldiga aniq vazifalarni belgilab berdi. Uchrashuvda taʼlim va ilm-fanning hududni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishdagi roli, bu boradagi aniq chora-tadbirlar va istiqbolli yoʻnalishlar keng muhokama qilindi.

Yirik korxonalar va iqtisodiyotning drayver sohalari bilan “taʼlim – fan – innovatsiya” integratsiyasini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirish kerakligi qayd etildi. Yigʻilishda, shuningdek, Qarshi va Nishon tuman hokimlari oʻrinbosarlarining innovatsion rivojlanish boʻyicha hisobotlari eshitilib, kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/62881

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2👍1