TerDPI rasmiy telegram sahifasi
11.9K subscribers
20K photos
2.1K videos
221 files
6.78K links
Termiz davlat pedagogika institutining ilmiy-tahliliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy telegram kanaliga xush kelibsiz!
https://t.iss.one/Azizbek_Xasanov_Baxtiyarovich

https://instagram.com/terdpi_rasmiy

Murojaat bot: https://t.iss.one/TerDPI_rektoriga_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida JICA tadqiqot guruhi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Sanoat inson resurslarini rivojlantirish boʻyicha tadqiqot guruhi rahbari Eichi Imamura boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda JICAning Yaponiyadagi markaziy ofisi – Sharqiy, Markaziy Osiyo va Kavkaz departamenti direktori birinchi oʻrinbosari Yuka Sonoyama hamda ushbu departamentning Oʻzbekiston boʻyicha masʼul xodimi Shunichi Matsuda onlayn tarzda ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan taʼminlash, ushbu uskunalardan oqilona va samarali foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, ilmiy va muhandislik salohiyatiga ega kadrlarni maqsadli tayyorlash va ularni qayta tayyorlash masalalari muhokama etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/72529

#XalqaroHamkorlik #Uchrashuv #JICA

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1