Ta'limga oid
2.11K subscribers
1.91K photos
442 videos
333 files
2.09K links
—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda

Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Download Telegram
Vazirlik ushbu videomurojaat bo'yicha rasmiy munosabat bildiribdi.

Tahrirlashga qo'shimcha vaqt ochib berilmaydi deyilgan munosabatda.

@Talimgaoid_perevod
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

Qoʻqon pedagogika instituti talaba qizlaridan biri bugun, 4-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy telegram kanalining muloqot botiga qizlar yashaydigan talabalar turar joyi xonalaridan biriga kuzatish kamerasi yashirincha oʻrnatilgani haqida maʼlumot berdi. Vazirlik Axborot xizmati shikoyat qilgan qiz bilan suhbatlashgach, vazirlikning Fargʻona hududiy boshqarmasi masʼullari tomonidan Qoʻqon pedagogika institutiga borib, vaziyat oʻrganildi. Oʻrganish natijasida darhaqiqat qizlarning xonasiga videokamera oʻrnatilgani aniqlangan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi va aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishini maʼlum qiladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
👍1😢1
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

Qoʻqon pedagogika instituti yotoqxonasida boʻlgan voqea yuzasidan qoʻshimcha

Xabar berilganidek, Qoʻqon davlat pedagogika instituti talaba qizlari shikoyatiga koʻra holat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nazoratga olindi.

Vazirlik inson shaxsiy hayotiga oʻzboshimchalik bilan aralashish, shaxsiy maʼlumotlarni ochiqlashga urinish kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, ushbu holatni talaba-qizlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish deb baholaydi. Hech kim inson erki va shaxsiy hayotiga daxl qilishga haqi yoʻq, deb hisoblaydi.

Shu bois, bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan 4 nafar masʼul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etildi va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Shu oʻrinda, voqea ishtirokchisi boʻlgan qizlarning tazyiqsiz taʼlim olishlari kafolatlanadi.

Oʻz navbatida, huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilayotganini maʼlum qilamiz.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook |You Tube
👍15👎2
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta‘lim muassasalari xodimlari talabalarni ularning erkiga zid ravishda referendumda qatnashishga chorlayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Qonunchiligimizga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkindir. Fuqarolarni referendumda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga, shuningdek xohish-irodasini erkin bildirishiga ta‘sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas.

Barcha oliy ta‘lim muassasalari rahbariyati va mas‘ul xodimlari qonunchiligimizdagi ushbu talablardan xabardor etilgan va tizimda mazkur talablarga rioya etilishi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining alohida nazoratidadir. Vazirlik talabalarning referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkin bo‘lishini ta‘minlash borasida qat‘iy pozitsiyaga ega.

Aziz talabalar!
Basharti, bu boradagi huquqlaringiz biron-bir tarzda buzilayotgan bo‘lsa, +998712071762 raqamiga yoki tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Sizning huquqlaringiz qonunga muvofiq himoya qilinadi va aybdorlarga tegishli choralar ko‘rilishi ta‘minlanadi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
👍4
#Rasmiy_Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar aholi va jamoatchilik o‘rtasida turlicha talqin qilinmoqda.

Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Prezidentning 289-son qaroriga asosan 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi (ro‘yxat), qolgan kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilish belgilangan.

Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bular:

1. Boshlang‘ich ta’lim
2. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
3. Musiqa ta’limi
4. Jismoniy madaniyat
5. Texnologik ta’lim

Yuqoridagilardan kelib chiqib, PQ-289-son qarorida ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi barcha (davlat/nodavlat) ta’lim tashkilotlariga taaluqli bo‘lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (o‘tgan yilgi qabullar undan mustasno).

Biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
👍6
#Rasmiy_bayonot

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-sonli Prezident Farmoni noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi va ba’zilarining ayrim bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi.

Xususan, 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.

Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til bo‘yicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas.

Sababi, 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:

🟢xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida C1 darajasida;

🟢gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida B2 darajasida;

🟢boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari boʻyicha — kamida B1 darajasida.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatadi va bu borada tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga e’tibor bermaslikni so‘raydi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2