O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi
236 subscribers
1.16K photos
234 videos
41 files
979 links
Download Telegram
#YASHIL_MAKON

🌳“Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida OʻzNNTMA Samarqand viloyati hududiy boʻlinmasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi, NNTlar aʼzolari va faollar ishtirokida Jomboy tumanida joylashgan “Zarafshon” o’rmon xo’jaligida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazildi.

🌱Aksiya doirasida dastlab NNT a’zolari va faollar tomonidan koʻchat ekish maydoni obodonlashtirildi va daraxt ko'chatlari ekildi.

☘️Ushbu loyihada O’zbekiston talabalar assotsiatsiyasining a’zolari ham faol ishtirok etdi.

@Talabalar_assotsiatsiyasi
#MALAKA_OSHIRISH

83 nafar NNT rahbarlarining malakasi oshirildi


O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA), Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etildi.

50 soatlik maxsus malaka oshirish kursida O’zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi rahbari Sevinch Muradulloyeva ham ishtirok etdi.

@Talabalar_assotsiatsiyasi
👍1
Talabalar uchun American Councils for International Education Uzbekistan English for IT dasturi uchun amaliyot o’tash imkoniyati

American Councils’ning Toshkentdagi ofisi English for IT dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun yarim stavkali amaliyot o’tashga taklif qilmoqda.

Asosiy vazifalar: haftasiga 25-30 soat amaliyotga kela olish, kundalik faoliyatni yuritish, ma’muriy ishlar, topshiriqlarni boshqarish, ma’lumotlar bilan ishlash va ishtirokchilar bilan aloqa o‘rnatish.


Kimlar uchun: ingliz tili va IT yo’nalishidagi bakalavr 3-4-kurs yoki magistr talabalari uchun

Batafsil ma’lumot: 🔗 https://telegra.ph/Part-Time-Intern-English-for-IT-04-29

Ariza topshirish tartibi:
Iltimos, quyidagi hujjatlarni 2025-yil 7-mayga qadar quyidagi manzilga yuboring: [email protected]
1. Rezyume (CV)
2. Motivatsion xat (Cover Letter) — unda quyidagilarga javob yozilishi kerak:
• Nima uchun ushbu lavozim sizni qiziqtiryapti?
• Nima uchun siz ushbu lavozim uchun munosib nomzodsiz?


E-pochta mavzusi (subject):
ENGLISH FOR IT INTERNSHIP APPLICATION deb yozilishi shart.

Fayllarni nomlash talablari:
• Rezyume: FAMILIYANGIZ-resume.doc (masalan: Kayumov-resume.doc)
• Motivatsion xat: FAMILIYANGIZ-letter.doc (masalan: Kayumov-letter.doc)
.doc yoki .docx formatlarida bo‘lishi lozim.

Muhim: Nomzodlar arizani imkon qadar erta topshirishlari tavsiya etiladi, chunki tanlov bosqichma-bosqich (rolling basis) amalga oshiriladi va mos nomzod topilgach, lavozim darhol band qilinadi.

Eslatma: bu dasturda qatnashgani uchun hech qanday haq to’lanmaydi.


Qo’shimcha murojaatlar uchun [email protected] manziliga yozing.

@Talabalar_assotsiatsiyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓🎓72 soat ichida videorolik tayyorlang va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!

🎓Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Talabalar festivali” doirasida media sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun “Kontent 72” ijtimoiy videoroliklar tanloviga start berilmoqda.

Tanlovda ishtirok etish shartlari oddiy:

💬Telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va 9-may, soat 20:00 da mavzu hamda texnik topshiriqlarni oling;

💬72 soat ichida o‘z kreativligingizni ishga solib, mavzuga mos videorolik tayyorlang va uni Instagram yoki YouTube platformasiga #Kontent72 heshtegi bilan yuklang.

👨‍🎓Kontentlar professional hakamlar tomonidan baholanadi va 20-may kuni natijalarni e’lon qilamiz!

🏆G‘oliblar Iphone 16 ProMax, Dji Pro mikrafoni, noutbuk va boshqa sovg‘alar bilan taqdirlanadi! O‘z kreativligingizni namoyon etish vaqti keldi.

👨‍🎓Hoziroq @Yoshtanlovibot orqali ro‘yxatdan o‘ting va “Kontent 72” ijtimoiy videoroliklar yo‘nalishini tanlang!

#TalabaFest

Ijtimoiy sahifalarimiz👇
Telegram      | 🌐 Instagram
Facebook     |  📹You tube
🇺🇿 O’zbekiston talabalar assotsiatsiyasining Samarqand davlat chet tillar institutidagi faol a’zolari, yoshlar ittifoqi koordinatorlari va “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari “Bog’dod” mahallasida istiqomat qiluvchi faxriylarni 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tabrikladi.

@talabalar_assotsiatsiyasi
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

DIQQAT! DIQQAT!

🇺🇿 Barcha talaba-qizlar uchun ajoyib imkoniyat! 4 kun davomida (online& offline) qizlar shaxsiy rivojlanishi, moliyaviy mustaqillik sirlari , chet elga ta’lim grantlarini yutish bo’yicha ajoyib bilim va ma’lumotlarni endi siz “EmpowerHer: Respublika lider qizlar forumi” orqali o’rganishingiz mumkin.

📣 Online forum 18-19-20-may kunlari 20:00 da telegram kanalda bo’lib o’tadi.

🎙Forumimizning mehmon speakerlari:
18-may-Xurshida Rahmonova
("Qizlar ovozi" klubi bosh koordinatori)


19-may- Saida Abdunazarova
(AQSHning KECTIL va Aspire Leaders program g’olibasi)


20-may- Gulnur Esova
(Buyuk Britaniyaning nufuzli Universiteti Magistranti)


🎓Sizlar uchun muvaffaqiyatli ayol-qizlar tomonidan juda ham foydali bo'lgan Exclusive treninglar tashkil etiladi!!
Ishtirok etish uchun 👇
🔗
@EmpowerHerGirls_bot orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

👉 Shoshiling, ajoyib imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

@Talabalar_assotsiatsiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21👍1🔥1
📣 "EmpowerHer: Respublika lider qizlar forumi”ning birinchi mehmoni – Xurshida Rahmonova

👉O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi hamda Konstitutsiyasining 30 yilligi esdalik nishonlari sohibasi.

👉"Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovi Respublika g'olibi.

👉"Munozara" intellektual turniri Respublika hakami

👉"Qizlar ovozi" klubi bosh koordinatori.

👉Yosh tadbirkor

👉Toshkent Xalqaro universiteti Yurisprudensiya yo'nalishi talabasi

📝 Mavzu: "Qizlarning shaxsiy rivojlanishi va liderlik ko'nikmalarini shakllantirish yo'llari"

Vaqti: 18-may kuni, 20:00
📍Manzil: https://t.iss.one/yoshlar_ittifoqi_samdchti


@Talabalar_assotsiatsiyasi
📣"EmpowerHer: Respublika lider qizlar forumi”ning ikkinchi mehmoni –Saida Abdunazarova

👉“Yil kitobxoni” respublika bosqichi 1-o’rin g’olibasi

👉“Mirzo Ulug’bek vorislari” respublika bosqichi g’olibasi

👉Erasmus+ exchange dasturi g’olibi

👉Polsha, Daniya, Germaniya, Vengriya, Ruminiyada o’qish imkoniyatlarini qo’lga kiritgan

👉AQSHning Kectil, Aspire Leaders dasturlari bitiruvchisi

👉Top100Uni Camp’24
Porla moliyaviy savodxonlik mentori

👉Yil talabasi 2024

👉“Ayollar biznesiga birinchi qadam” 1-o’rin

👉5 yillik tadbirkor, 300dan ortiq talabalar IELTS instruktori

📝 Mavzu: "Startup loyihalarni rivojlantirish va xalqaro ta’lim dasturlariga ariza topshirish yo'llari"

Vaqti: 19-may kuni, 20:00
📍Manzil: https://t.iss.one/yoshlar_ittifoqi_samdchti

@Talabalar_assotsiatsiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1👏1